|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 21/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari19-variant
Davlat kadastrlari obyektlarini aytib bering?
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, о‘rmonlar, о‘simliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bо‘lgan tegralar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini kо‘mib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yо‘llari va temir yо‘llar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi. Qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari nimalardan iborat bo’ladi?
Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari quyidagilardan iborat bo’ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to’g’risidagi ma‘lumotlar; muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari, shuningdek hududlarning obodonlashtirilganligi to’g’risidagi ma‘lumotlar; hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to’g’risidagi ma‘lumotlar; hududlarni zondlash va hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ma‘lumotlar; uy-joy fondining texnik holati to’g’risidagi ma‘lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob‘ektlari monitoringi ma‘lumotlari.
Kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish kimning hisobiga amalga oshiriladi?
Kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi
Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan Fanlar akademiyasi ishtirokida yuritiladi va tabiiy muhitning muhofaza etiladigan toifalariga kiritilgan ob‘ektlari bo’yicha birxillashtirilgan ma‘lumotlar to’plamidan iborat bo’ladi, u O’zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ana shunday hududlar tarmoqlarini rejalashtirish, ularni muhofaza qilishni ta‘minlash, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tegishli tartibga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy tavsiflari bilan tezkorlik bilan tanishish, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchi kuchini va joylashtirishni rivojlantirishdagi rolini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Quyidagilar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga olish ob‘ektlari hisoblanadi: davlat qo’riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog’lar, davlat tabiat yodgorliklari, tabiat pitomniklari, tabiiy kurort hududlari, dam olish hududlari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirg’oqbo’yi polosalari, yer usti va yer osti suvlari hosil bo’ladigan hududlar (daryo vodiylari, surilma konuslari, tog’ etaklari) baliqchilik xo’jaligi hududlari, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan muhofaza etiladigan toifaga kiritilgan boshqa tabiiy hududlar. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar o’zining faoliyat ko’rsatish maqsadi va rejimiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi: davlat qo’riqxonalari; kompleks (landshaft) zakazniklar; tabiiy bog’lar; davlat tabiat yodgorliklari; alohida tabiiy ob‘ektlar va komplekslarni saqlash, ko’paytirish va tiklash uchun hududlar; muhofaza etiladigan landshaftlar; alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’ysunishi, muhimligi, shuningdek tabiiy ob‘ektlarning noyobligiga ko’ra mahalliy va umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lishi mumkin. Faqat qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ob‘ektlargina ro’yxatdan o’tkaziladi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastriga kiritiladi. Ob‘ektlarni kadastrga kiritish uchun zarur bo’ladigan hujjatlar ro’yxati Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri quyidagi asosiy shakllarni o’z ichiga oladi: 1-shakl (yig’ma) - "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro’yxati"; 2-shakl - "Davlat qo’riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog’lar, davlat biosfera rezervatlarining yer-suv resurslari"; 3-shakl - "Davlat qo’riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog’lar, davlat biosfera rezervatlarining o’simlik dunyosi"; 4-shakl - "Davlat qo’riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog’lar, davlat biosfera rezervatlarining hayvonot dunyosi"; 5-shakl - "Davlat tabiat yodgorliklarini, alohida tabiiy ob‘ektlar va komplekslarni saqlash, ko’paytirish va tiklash uchun hududlarni umumiy tavsifi"; 6-shakl - "Muhofaza etiladigan landshaftlarning, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlarning umumiy tavsifi"; 7-shakl - "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy natijalari". Shakllarning tuzilishi va mazmuni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
7-shakldan tashqari, barcha shakllar bo’yicha ma‘lumotlar tuman ("T" literli shakl), viloyat ("V" literli shakl) va respublika (litersiz shakl) darajasida ishlab chiqiladi. 7-shakl bo’yicha ma‘lumotlar faqat tuman darajasidagina beriladi.
|
| |