|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 17/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari15-variant
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning moxiyati nimadan iborat?
O’zbekiston Respublikasining ―Davlat kadastrlari to’g’risida‖gi qonuni (15.12.2000 yil № 171-II).
Binolar va inshootlar davlat kadastri necha bosqichda amalga oshiriladi?
босқич – бинолар ва иншоотларнинг туман, шаҳар даражасидаги ҳуқуқий, хўжалик ва меъморий-қурилиш мақоми тўғрисида маълумотлар тўплаш ва кадастр китобида рўйхатдан ўтказиш;
босқич – объектларни чизмада жойлаштирган ҳолда кадастр планини тузиш;
3 босқич – олдинги босқичларда олинган маълумотларни ҳисобга олган тарзда маълумотларнинг компьютер базасини яратиш.
Davlat kadastri yagona tizimini yuritishning asosiy mazmuni?
Tarmoqlar davlat kadastrlari davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi, hamda u tabiiy, xo’jalik ob‘ekti yoki boshqa ob‘ekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilanib turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo’ladi. Kadastr tushunchasining zamonaviy ta‘rifi sifatida aytish mumkinki, kadastr - mamlakatimiz hududidagi tabiiy resurslar va inson yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklarning joriy holatiga oid ma‘lumotlarni yig’ish, saqlash va foydalanuvchilarga havola qilish tizimidir. Tabiiy va moddiy boyliklar bir qancha turlarga bo’linganligi uchun mutanosib ravishda davlat kadastrlari tizimi ham bir qancha tarmoq kadastrlarini o’z ichiga oladi. Masalan, yer kadastri, energetika resurslari kadastri, hayvonot olami kadastri, temir yo’llar kadastri, bino va inshootlar kadastri, suv resurslari kadastri, o’rmon kadastri, arxitektura yodgorliklari va tarixiy obidalar kadastri, aloqa kadastri va h.k. Mamlakat hududidagi har qanday boylik yoki yer ostida, yoki yer ustida joylashganligi tufayli mazkur kadastrlar ichida yer kadastri alohida o’rin tutadi. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning rivojlanishini hisobga olib, tabiiy va xo’jalik resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini majmuaviy tahlil qilish va baholash eng zarur masalalardan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan hisoblangan kadastr tizimi O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy tamoyillariga va mazmuniga to’la muvofiq keladi, bugungi kunda iqtisodiy sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirishda muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000- yil 15-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining ―Davlat kadastri to’g’risida‖gi qonuni mazmuni va mohiyati bilan mamlakatimizda Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish tomoiyllarini to’liq belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 16- fevralda qabul qilingan ―Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 66-sonli qarori asosida respublikamizda 21 ta davlat tarmoq kadastrlarini yaratish va yuritish bo’yicha tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar mas‘ul etib tayinlangan. Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYT) davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko’p maqsadli axborot tizimi bo’lib uni yuritish ―Davyergeodezkadastrqo’mitasi zimmasiga yuklatilgan. ―Davyergeodezkadastrqo’mitasi o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarini davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi yuritish metodologiyasini, ilmiy prinsiplarini va konsepsiyalarini ishlab chiqish davlat kadastrini yurituvchi manfaatdor vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan belgilangan bo’lib bugungi kunda davlat kadastrlarini yaratish va yuritish borasida to’laqonli normativ-huquqiy baza shakllantirildi va hukumatimizning tegishli qarorlari bilan davlat kadastrlarini yuritish va yaratish to’g’risida nizomlar tasdiqlanib ishga tushirildi. Hozirgi paytda davlat kadastrlari; yer, konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri; davlat o’rmon kadastri; qo’riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri; avtomobil yo’llari davlat kadastri; temir yo’llar davlat kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari davlat kadastri; chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlar bo’limi) kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo’yicha tematik qatlam ko’rinishidagi ma‘lumotlar DKYT markaziy ma‘lumotlar bazasiga kirtib kelinmoqda. Bugungi kunda Davlat kadastrlari ma‘lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratilmoqda. Bu o’rinda davlat er kadastri ma‘lumotlari alohida muhim ahamiyatga ega. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning kafolatlarini ta‘minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish uchun kadastr ma‘lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida joylashgan yer uchastkalari bo’yicha kadastr hujjatlari tayyorlanib, yuridik va jismoniy shaxlarni yer uchastkasiga tegishli bo’lgan huquqlari davlat ro’yxatidan o’tkazilmoqda, shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilar kesimida tuman, shahar hokimliklarning tasdiqlangan qarorlari asosida yer hisoboti tayyorlanib, viloyatda umumlashtirilgan holda ―Davyergeodezkadastrqo’mitasiga har yil yakuni bo’yicha 1- yanvar holatiga taqdim etilib borilmoqda. Hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarni yer uchastkasiga bo’lgan huquqlari davlat ro’yxatidan o’tkazilib, ro’yxatga o’tkazish jarayonidagi ma‘lumotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar (tuman va shaharlar kesimida) va Toshkent shahri bo’yicha navbatchi elektron xaritalarga kiritilmoqda. Bugungi kunda barcha tuman, shahar yer tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatlari qishloq xo’jaligi ekinlarini tezkor va aniq o’lchovini o’tkazish, topogeodeziya ishlarining sifatini oshirish maqsadida eng zamonaviy 160 ta komplekt yo’ldosh tizimli geodezik asbob-uskunalar hamda ularga tegishli dasturiy ta‘minotlar, zamonaviy kompyuterlar, shuningdek yagona dasturiy tizimni joriy qilish maqsadida viloyat boshqarmalari hamda tuman bo’limlari ArcGIS dasturiy ta‘minoti bilan ta‘minlangan. Davlat yer kadastri ma‘lumotlari har bir yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalariga bo’lgan huquqlari belgilangan tartibda tuman va shaharlarda davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan so’ng, joylarda ma‘lumotlar bazasi yaratilmoqda va koordinatlar sistemasida jadval shaklida davlat kadastrlari yagona tizimi ma‘lumotlar bazasiga kiritib borilmoqda. Hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda qabul qilingan qarorlarga muvofiq, hozirgi paytda, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona milliy tizimini yaratish bo’yicha, ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda ko’chmas mulk to’g’risida atributiv va grafik ma‘lumotlarni o’z ichiga olgan yagona ma‘lumotlar banki yaratilishi ko’zda tutilmoqda.
Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri;
Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, o’lchashlar, tadqiqotlar hamda axborotlar to’plash natijalari bo’yicha tayyorlanadigan texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarning unifikatsiya qilingan qisqacha tavsiflari va tasvirlari to’plamidan iborat bo’ladi. Kadastr ob‘ektlarini hisobga olishni, ularning holatini va ro’y bergan xavfli texnogen hodisalar oqibatlarini baholash maqsadida yuritiladi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritish texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarni xatlovdan o’tkazish, uning tavsiflari va parametrlarini baholash, kadastr axborotlarini hujjatlashtirish, hisobga olish hamda undan texnogen avariyalar va halokatlarni oldini olish bo’yicha profilaktika va ogohlantirish choralarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish, ular vujudga kelgan taqdirda esa - ularni tezkorlik bilan mahalliylashtirish va bartaraf etish orqali ta‘minlanadi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri ob‘ektlari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob‘ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish ob‘ektlarida ro’y berishi mumkin bo’lgan texnogen hodisalar (yong’inlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari: Radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil bo’ladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilib tashlanadigan ob‘ektlar; barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qo’llanadigan ob‘ektlar; gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan ob‘ektlar; ionli nurlanishlar manbalaridan foydalaniladigan ob‘ektlar; favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi ta‘minotining to’xtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ob‘ektlar hisoblanadi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi bo’linmalar tomonidan: Ishlab chiqarish ob‘ektlarida, portlash-yong’in chiqishi va radiatsiya xavfi mavjud bo’lgan ob‘ektlarda avariya hollari sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yuqori xavfli zonalar, sanoat, konchilik va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishi bo’yicha davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalarining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalari bosh kadastr markazi; odamlarni evakuatsiya qilishni yoki ko’chirishni talab qiladigan xavf yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastri markazi; portlash va yong’in chiqishi xavfi yuqori bo’lgan zonalar (ob‘ektlar) bo’yicha -O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong’in xavfsizligi xizmatining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr markazi; kuchli ta‘sir qiluvchi zaharli ximikatlar, pestitsidlar, radioizotop buyumlar, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ob‘ektlari bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va uning hududiy markazlari Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarning kadastr markazi; yadro fizikasi korxonalarida radiatsiya xavfi yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastri markazi tomonidan amalga oshiriladi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar bosh kadastri markazi kadastrni yuritishni muvofiqlashtiradi. Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarni to’la respublika butun hududida qamrab olishi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; barcha ob‘ektlar metodologiyasining yagonaligi; makon koordinatalari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanishi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi: Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar to’g’risidagi axborotlarni to’plash, tahlil qilish, ishlash, hisobga olish, tizimlashtirish, saqlash, yangilab borish; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar pasportlarini tuzish va yuritish; kadastr daftarini yuritish, kadastr plan va haritalarini tuzish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni zarur kadastr axborotlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta‘minlash. Kadastrni yuritish bo’yicha ishlar davlat byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Kadastrni tegishli vakolatli organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar va jadvallar asosida yuritiladi, ularda kuzatishlar, zonalarning boshlang’ich va joriy kadastr axborotlarini to’plash, ishlash, tadqiqotlar tartibi belgilanadi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini ob‘ektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar: ob‘ektlarni identifikatsiya qiladi; boshlang’ich va joriy kadastr axborotlari hamda miqdori va sifat holati, iqtisodiy bahosi, atrof muhitga ta‘sir ko’rsatishidagi o’zgarishlarni to’plash va tizimlashtirishni amalga oshiradi; kadastr daftarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to’ldiradi va tizimlashtiradi hamda texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini avtomatlashtirilgan ahborot tizimiga kiritish uchun ushbu kadastrni bosh markaziga beradi; texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr pasportlarini ishlab chiqadi; o’zgarishlarni kadastr pasportlariga o’z vaqtida kiritishni ta‘minlaydi; texnogen xavf yuqori bo’lgan yangi zonalar hisobini yuritadi, ular to’g’risidagi axborotlarni to’playdi. Har qaysi texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar uchun "Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda belgilangan namunadagi kadastr pasporti rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Quyidagilar ob‘ektning kadastr pasportini tuzish uchun boshlang’ich ma‘lumotlar hisoblanadi: kuzatishlar, o’lchashlar va tadqiqotlar natijalari bo’yicha olinadigan ma‘lumotlar; sanitariya-texnika pasportlari, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi, ishlab chiqarish-texnika, konstruktorlik, texnologik, foydalanish hujjatlari; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar to’g’risida korxonalar, tashkilotlar va boshqa rasmiy manbalardan olinadigan axborotlar. Kadastr pasportlarini ishlab chiqqan vakolatli organlar 5 kun muddatda ulardan bir nusxadan: Ushbu bosh kadastr markaziga; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar bosh kadastr markazining tegishli mintaqaviy bo’linmasiga; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr markaziga; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr markazining tegishli mintaqaviy bo’linmasiga taqdim etadi.
|
| |