|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 18/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari16-variant
Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiga qaysi davlat kadastrlari kiradi va ular qaysi mas’ul vazirlik tomonidan yuritiladi?
1. Davlat yer kadastri; 2. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; 3. Davlat suv kadastri; 4. Davlat o‘rmon kadastri; 5. O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri; 6. Hayvonot dunyosi davlat kadastri; 7. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; 8. Binolar va inshootlar davlat kadastri; 9. Davlat shaharsozlik kadastri; 10. Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; 11. Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri; 12. Avtomobil yo‘llari davlat kadastri; 13. Temir yo‘llar davlat kadastri; 14. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri; 15. Aloqa ob’ektlari davlat kadastri; 16. Energetika ob’ektlari davlat kadastri; 17. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; 18. Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 19. Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 20. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri; 21. Hududlar davlat kadastri.
Bino va inshootlar davlat kadastri tamoyillari?
1. Республикадаги барча кўчмас мулк объектларини қамраб олиш;
2. Бино ва иншоотлар бўйича кадастр ишларини юритишнинг услубининг ҳамда фазовий координатларнинг ягона тизимини бирлиги;
3. Бино ва иншоотларнинг кадастр ахборотларини аниқлиги ва хужжатлилиги;
4. Кадастр ахборотининг ишончлилиги ва тежамлилиги.
5. Кадастрни юритиш ва ахборотларни янгилаб туришнинг узлуксизлиги;
6. Давлат кадастри ягона тизимининг талабаларига мос келиши;
7. Автоматлаштирилган ахборотлар тизимини йўлга қўйилганлиги;
8. Чегараланган тарзда фойдаланиладиган ахборотларнинг махфийлиги.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishdan maqsad?
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilab turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.
Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha ob‘ektlarini kadastr bilan qamrab olish; kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to’ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to’g’risidagi hisobotlarni tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o’z ichiga oladi. O’zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zga madaniy qimmatiga ega bo’lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Ushbu kadastrni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishini nazorat qiladi; mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to’g’risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi miqdor va sifat axborotini to’playdi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatini tuzadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlari bo’yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini tuzadi. Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yig’iladi.
Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri;
Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, tadqiqotlar hamda axborotlar to’plash natijalari bo’yicha tayyorlanadigan, doimo yangilab boriladigan va zarurat bo’lganda aniqlashtiriladigan tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalarning unifikatsiya qilingan tavsiflari va tasvirlari, har yili ro’y bergan xavfli tabiiy hodisalar to’g’risidagi ma‘lumotlar to’plamidan iborat bo’ladi. Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri kadastr ob‘ektlarini hisobga olishni, ularning holatini va ro’y bergan xavfli tabiiy (geologik, gidrometeorologik) jarayonlar (hodisalar) oqibatlarini baholashni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi vakolatli organlar tomonidan: Davlat geologiya qo’mitasining "O’zbekgidrogeologiya" davlat geologiya korxonasi xavfli geologik jarayonlar ro’y beradigan zonalar bo’yicha; O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti seysmik xavf yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha; "O’zgidromet" markazi gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha amalga oshiriladi. Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritish: kadastr axborotlarini to’plash, tizimlashtirish, saqlash, hisobga olish va baholash; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun har yilgi axborot hisobotlarini tuzish; foydalanuvchilarni Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri bo’limlarini yuritish bo’yicha vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta‘minlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Kadastr ob‘ektlarini hisobga olish to’g’risidagi, har yili ro’y bergan xavfli tabiiy jarayonlar, ularning miqdor va sifat tavsiflari, xavfli tabiiy jarayonlar (hodisalar) oqibatlari to’g’risidagi muntazam ravishda yangilab va to’ldirib boriladigan ma‘lumotlar: xavfli geologik jarayonlar ro’y beradigan zonalarda - zilzilalar, ko’chkilar, yemirilishlar, cho’kishlar, o’pirilishlar, suffoziyalar, karstlar va boshqalar; gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo’lgan zonalarda - suv toshqinlari, sellar, qor ko’chkilari, kuchli shamollar, jalalar, qurg’oqchilik, suv bosishi va boshqalar Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrining asosini tashkil qiladi.
Quyidagilar Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrining asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab olish; koordinatlar yagona tizimi va topografiya asoslarini qo’llanishi; hisobga olish yagona tizimini, kadastr axborotlarini ishlash va taqdim etish metodikasini qo’llanishi; avtomatlashtirilgan geoaxborot texnologiyalarini qo’llanishi; ma‘lumotlarning ishonchliligi va ko’rgazmaliligi, kadastr axborotlarini har yili to’ldirib va yangilab borilishi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yaratish va yuritish bilan bog’liq ishlar tegishli vazirliklar va idoralarga maqsadli foydalanish uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladi. Quyidagilar Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xavfli geologik jarayonlar ro’y beradigan zonalar bo’yicha - xavfli geologik jarayonlar ro’y berish zonasi (daryolar havzasi) elementlari - xavfli geologiya jarayonlari rivojlanadigan kichik zonalar (soy havzasi), uchastkalar; seysmik xavf yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - zilzila markazlari paydo bo’lishi muqarrar zonalar (seysmogen zonalar) va turlicha toifadagi seysmik ta‘sir zonalari; gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - xavfli gidrometeorologiya hodisalari ro’y berish zonalari (daryolar havzasi), elementlari va xavfli gidrometeorologiya hodisalari rivojlanadigan kichik zonalar. Quyidagilar hisobga olishning boshlang’ich hududiy birligi hisoblanadi; xavfli geologik jarayonlar ro’y beradigan zonalar bo’yicha - 1000 m3 dan ortiq hajmli xavfli geologiya jarayonlarining nomuntazam ro’y berishi. Shuningdek kadastr ob‘ektlari doirasida xavfli geologiya jarayonlariga har yili duch keladigan maydon ham hisobga olinadi. Grafik hisobga olish tegishli shartli belgilardan foydalangan holda 1:25000 va 1:200000 masshtabli topografiya haritalarida amalga oshiriladi;
seysmik xavf yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - zilzilalar ro’y beradigan zona va 25km2 maydondagi turlicha toifada ta‘sir ko’rsatish zonasi hududi. Shuningdek seysmogen zonadan tashqarida yoki seysmik xavfi ancha past bo’lgan zonada zilzila ro’y berganda seysmik xavfning yuqori toifasiga o’tadigan maydonlar ham hisobga olinadi. Seysmik xavfli zonalarni tasvirlash uchun kartografik materiallar belgilangan shartli belgilardan foydalangan holda 1:1000000 yoki 1:500000 va 1:200000 (ayrim hududlar uchun) masshtabda tuziladi; gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - xavfli gidrometeorologiya hodisalari sodir bo’ladigan zona hududi, daryo havzasi (yuqori, o’rta, quyi oqim), tog’ massivi (yonbag’ir ekspozitsiyasi). Xavfli gidrometeorologiya zonalarini tasvirlash uchun kartografik materiallar belgilangan shartli belgilardan foydalangan holda 1:1000000 yoki 1:500000 va 1:200000 (ayrim hududlar uchun) masshtabda tuziladi. Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri ma‘lumotlari tarkibiga quyidagilardan iborat bo’lgan hisobga olish va baholash axborotlari kiradi:
|
| |