• Ishdan maqsad
  • 1-mustaqil ish Ma’lumotlarni tiklash Guruh: 216-21guruh Bajardi: Suvonqulov Jahongir Tekshirdi: Muxtarova Gulnor Mavzu: Ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan operasion tizimlar parametrlari Ishdan maqsad




    Download 1,15 Mb.
    bet1/6
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #105041
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ma\'lumotlarni tiklash 1-mustaqil ish




    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    1-mustaqil ish

    Ma’lumotlarni tiklash


    Guruh: 216-21guruh
    Bajardi: Suvonqulov Jahongir
    Tekshirdi: Muxtarova Gulnor

    Mavzu: Ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan operasion tizimlar parametrlari..
    Ishdan maqsad: Mazkur amaliy ishni bajarish jarayonida talabalar ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlari va uning amaliy ahamiyati haqida amaliy ko‘nikma hosil qiladilar.
    Amaliy qism. Biz ko‘pincha – “Men Windows da ishlayman” deb aytamiz, ammo buni salbiy tasavvur qilamiz.Chunki operatsion tizimning (OT) o‘zi - kompyuter (temir - tersak) va boshqa dasturlar orasida buffer o‘zatuvchidir. OT o‘ziga, boshqa dasturlar junatayotgan signal buyruqlarni qabul qiladi va ularni “tushunarli” mashina tiliga o‘tkazadi. OT kompyuterga ulangan hamma qurilmalarni boshqaradi va ularga boshqa dasturlar murojatini ta’minlab beradi. Ya’ni OT foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlash qo‘layligini yaratadi.
    Har bir OT eng kamida beshta asosiy qismdan iboratdir.
    Birinchisi – “dasturlash tilidan mashina kodlari tiliga“ o‘girish qismi.
    Ikkinchisi – kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalarni boshqarish uchun maxsus dasturlar. Bunday dasturlar – boshqaruvchi dasturlar deb ataladi. Bu dasturlar yordamida OT har bir qurilma “yuragiga” eng qiyin yo‘l topadi va hamma funksiyalarni “boshqarish pulti”ni o‘z qo‘liga oladi. Chunki xaydovchi ham, yo‘lga chiqishdan oldin, guvohnomasini olishi kerakku.
    Uchinchi qism – amaliy dasturlar ishlaydigan standart funksiyalar va protseduralar bajarilishi uchun maxsus modul va interfeyslar. Bunday kutubxonalar Windows da juda ko’p, ularning ko‘pchiligi bir – biri bilan u yoki bu masalani yechish uchun birgalikda ishlaydilar. Eng taniqli dastur – DirectX bo’lib, u ovozli, videoli va boshqa multimedia resurslari bilan ishlaydigan instrumentlar yig‘indisidir.
    To‘rtinchisi – “ma’lumotlar ba’zasi”, unga tizim hamma sozlashlar, o‘rnatilgan dasturlar haqida ma’lumotlarni kiritib beradi. Chunki bunday ma’lumotlarni dastur o‘z saqlay olmaydi. Windows da hamma dasturlarga sozlashlarni saqlashga yagona “ombor” - tizimli resstr ajratadi. Resstrda Windows’s ning ishlashi uchun zaruriy ma’lumotlar saqlanadi.
    Beshinchi qism – foydalanuvchi ishlaydigan qo‘lay qobiq. Bu foydalanuvchi uchun zerikarli va qiziq bo’lmagan yadro o‘ralgan chiroyli o‘ralmadir (upakovka). Bunday o‘xshatishning foydali tomoni shundaki, OT ni tanlashda uni tasvir ko’rinishiga ko‘prok e’tibor beriladi.
    Hozirgi vaqtda grafikli interfeys ixtiyoriy OT ning ajralmas atributidir. Ammo birinchi avlod “operatsion tizimlari” grafikli emas, matnli interfeysga ega bo’lganlar, ya’ni kompyuterga buyruqlar “sichkoncha” tugmalari orqali rasm – piktogrammaga bosish bilan emas, klaviaturadan buyruqlar kiritish orqali bajarilgan. Windows ning o‘zi boshida to‘liq OT emas, faqat DOS yadrosi ustiga qo‘rilgan grafik qobiqdan iborat edi. Albatta dunyoda OT lar juda ko‘p va Windows ularning eng yaxshisi emas. Apple kompyuterlari uchun yaratilgan Mac OS operatsion tizimi foydalanuvchi uchun tushunarlirok va qo‘laydir. Ko‘p sonli Linux oilasi OT lari ishonchlirok, moslashuvchanrok va sozlash qo‘lay va narhi ko‘p marta arzonroqdir. Amaliy jihatdan bizda tanlash huquqi mavjud. Ammo siz Windows ning versiyalaridan birida tuxtash ehtimolingiz ko‘p. Chunki u kamchiliklariga qaramay tan olingan standartga aylangan. Windows to’g‘risida qanday fikrlar bo’lishidan qat’iy nazar uyda foydalanishga undan yaxshi tizim mavjud emas.
    OT interfeysi asosiy elementlari
    Boshlanishiga Windows deb atalmish chiroyli binoning asosiy elementar bo’laklarini sanab o‘tamiz. Ekranning asosiy qismini “Rabochiy stol” (ish stoli) egallagan. Metafora (uxshashlik) tushunarli: chiroyli rasmlar bilan bezatilgan makonda biz ish qurollarimiz - xujjatlar, papkalar va kerakli dastur belgilarini va h.k ni joylashtiramiz. Biz ularni – xuddi ofis stolida ruchka, skrepka va turli ish qurollari bo’lgani kabi joylashtiramiz.





    Download 1,15 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mustaqil ish Ma’lumotlarni tiklash Guruh: 216-21guruh Bajardi: Suvonqulov Jahongir Tekshirdi: Muxtarova Gulnor Mavzu: Ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan operasion tizimlar parametrlari Ishdan maqsad

    Download 1,15 Mb.