XI-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati
11.1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
Investitsiyalar
iqtisodiyot va korxonalar miqyosida yangi ishlab chiqarish
korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika
va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad)
olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir.
Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi
nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida
e’tiborga ega.
O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi
qonuniga muvofiq investitsiyalar deganda iqtisodiy va
boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda
ularga doir huquqlar tushuniladi.
Investitsiya faoliyati sifatida esa investitsiya faoliyati subyektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui qabul qilinadi.
Ushbu faoliyatning asosiy figura bo‘lgan
investorlar qatoriga o‘z mablag‘larini,
qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir
huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni
investitsiya faoliyati
obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektlari
kiritiladi.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi deganda investorning buyurtmalarni
bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati
subyekti tushuniladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar
o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan.
Jumladan, professor D.G‘.
G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy
kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning
mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda
safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital
qiymatini saqlash va
ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.
1
Professor N.H.Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi
ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida
faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va
ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har
qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir”.
2
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning “Investitsiyalash asoslari” (M.:
“Delo” nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi:
Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya
va obligatsiyalarni sotib
olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti. 2003. 26 bet.
2
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. / T.: 2003. 29
b.