Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Samaradorlik so‘zi - bu eng ko‘p uchraydigan umumiy tushunchalardan 
biri bo‘lib, iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng 
ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, 
o‘qish va o‘qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul 
qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar. 
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining “ko‘zgusi” hisoblanadi. Bu 
“ko‘zgu”da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har 
bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o‘z ishlab chiqarish faoliyatida 
maksimum foyda olishga intiladi. Uning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana shu 
foyda bilan xarajatlar o‘rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining “ko‘zgusi” 
bo‘lgan samaradorlikda ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori 
samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat. 
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o‘rni mavjud. 
Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga 
asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab ko‘p natijaga erishish zarur. 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo‘ladi: a) 
moddiy resurslar, b) mehnat resurslari, v) moliyaviy resurslar, g) energetik resurslar, 
d) axborot resurslari, ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona
foydalanib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat 


ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo‘nalishlari 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarida ko‘rsatib berilgan. Ular to‘g‘risida shu bobning 3-
paragrafida ancha batafsil so‘z yuritiladi. 
Samaradorlik - bu foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish 
uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va 
ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. 
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan
xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, Samaradorlik ishlab 
chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy 
va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. 
 
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar. 
Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo‘lish shartli bo‘linish hisoblanadi. 
Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan natijalarning hammasi iqtisodiy va ma’lum ma’noda ijtimoiy samara 
deb aytish mumkin. 
Bu yerda shuni eslatib o‘tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning 
sun’iy bo‘linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan 
tashqarida bo‘lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo‘lmaydi. Demak, ularni 
bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham 
iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko‘p, xilma-xil omillari va 
asosiy yo‘nalishlar mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo‘linishi 
mumkin: manba bo‘yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning 
asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha, omillarning o‘rni va amalga oshirish darajasi 
bo‘yicha. 
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo‘yicha 
tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki 
erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond 
sig‘imi hamda kapital mablag‘ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional 
foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu 
savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha 
omillarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan 
texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu 
yo‘nalishlar g‘oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi: 
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; 


-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning 
texnik - iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish 
muddatini qisqartirish; 
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va 
hududiy joylashtirish darajasini oshirish; 
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda 
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish; 
-inson omilini kuchaytirish asosida ishchilarning ijodiy faolligini va 
tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish. 
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish va bu tarmoqda islohotlarni 
chuqurlashtirish samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo‘llaridan 
yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil 
mehnat unumdorligini o‘stirishning kamida uchdan ikki qismini ta’minlaydi. 
Ma’lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining 
xarakteri va mazmuni o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o‘zgarishlargagina emas, 
balki ko‘proq sifat o‘zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik 
iqtisodiyotdagi sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga 
ham to‘liq joriy etiladi. 
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga 
ko‘tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g‘ayrati, 
jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning kudratli kuchi va eng muhim manbai 
hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi 
deb aytadilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg‘or texnika-
texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy 
kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga 
keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi 
kuchgina emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy 

Download 1,24 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish