Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
 
11.7. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari 
 
Investitsiya siyosatining eng muhim bo‘g‘ini investitsiya mablag‘larini eng 
ustuvor va ahamiyatli tarmoqlar va hududlarga jalb qilish borasidagi chora-
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda, umuman, mamlakat iqtisodiyotida, 
xususan esa, ustuvor deb belgilangan tarmoqlar va hududlarda qulay investitsiya 
muhitini yaratish zarur. Investitsiya muhiti bir qator shart-sharoitlarga qarab 
baholanadi. Bu shart-sharoitlarga siyosiy barqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik 
darajalari, byudjetning to‘ldirilishi darajasi, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki va 
xususiy sektorning rivojlanishi darajasi, iqtisodiyotning, xususan, tashqi savdo
valyuta bozorlarining erkinligi, bozor infratuzilmasining rivojlanishi darajasi, tabiiy 
va mehnat resurslarining mavjudligi va ulardan foydalana olish imkoniyatlari, ishchi 
kuchining malakasi, soliq tizimining xususiyatlari, bank foiz stavkalari, bozor 
sig‘imi va boshqalar kiradi. 
Investitsiya muhiti korxonalar tomonidan mablag‘larni ishlab chiqarishga 
safarbar etishdagi, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va o‘z faoliyati 
masshtablarini kengaytirishdagi imkoniyat va rag‘batlarga ta’sir etuvchi lokal 
omillarni aks ettiruvchi sharoitdir. 


Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir 
korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion 
risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion 
salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir 
vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga baho berish orqali 
investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk 
darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, 
to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liqdir. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish