Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Yillik iqtisodiy samara - bu yangi texnika, texnologiya va progressiv 
mahsulot turlarining, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy 
samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan 
biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi: 
Bu yerda Y- yillik tejam; 
Т
1
- yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo‘lgan mahsulot yoki 
ish birligining tannarxi (so‘m hisobida); 
Т
2
- shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m hisobida); 
К
1
- tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligiga sarflangan kapital 
mablag‘lar miqdori; 
К
2
- shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng; 
А - yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik 
mahsulot yoki ishlarning natura birligi. 
Ен - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsiyenti. 
U yangi kapital qo‘yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini 
hamda bir so‘mlik kapital qo‘yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga 
kamaytira olishni bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘i uchun belgilangan 
samaradorlik koeffitsiyenti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m 
kapital qo‘yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 
tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsiyenti "0"dan "1"ga qancha 
tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning reja qoplanish muddati esa 
shuncha qisqa bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan 
omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona 
uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o‘ziga 
xos omillari mavjud


Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir 
xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini 
belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bulish mumkin: 
1. Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik 
vositalarini (dastgoxlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning 
sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi. 
2. Tashkiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayonining to’zilishi, 
tashkiliy to’zilma, axborot va xujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir. 
3. Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat 
shartlarini, sanitariya-gigiyena, ruxiy fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatning 
ijtimoiy omillarini aniqlaydi. 
Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir: 

yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi); 

boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarni koplash muddati; 
- boshqaruv apparati mehnat unumdorligining usishi. 
Yillik iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
Bunda, E
y
–yillik iqtisodiy samara, so’m; 
E
shy 
–yillik-shartli tejam, so’m; 
Z
u
–birvaqtli harajatlar, so’m; 
Yen
-
–solishtirma iqtisodiy samaradorlikning me'yoriy koef-fitsiyenti (ulcham, 
koplashning qayta me’yoriy muddatiga bog’liq). 
Boshqaruv samaradorligi ikki hil usulda hisoblanishi mumkin: 
Bunda, E
b
–boshqaruv samaradorligi; 
R
k
–oxirgi natija (samaradorlik korxonadan olinadi). 
R
b
–faqat boshqaruv apparati faoliyati natijasi; 
Z
b
–boshqaruv harajatlari; 
Birvaqtli harajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi: 
Bunda, K –kapital harajatlar, sum; 
N –kapital bo’lmagan harajatlar. 
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirishni loyihalashtirishning 
barcha bosqichlarida iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish boshqaruvini takomillashtirishning loyihalashtirish oldi bosqichida,
takomillashtirish nimadan iborat bo’ladi boshqaruvning yangi tizimi yuqori darajada 
samaradormi degan savollar tugiladi. Loyihalashtirish bosqichida investitsiya 
hajmidan, harajatlar guruhidan kelib chiqib yuqori iqtisodiy samaradorlikni aniq 
usullarni hisoblab chiqiladi. Boshqaruvni takomillshatirishda aniq tadbirlar ishlab 
chiqilgandan so’ng qo’llanilgandan keyin haqiqiy erishilgan tejamkorlik o’lchovi 
aniqlanishi zarur. 
Boshqaruvni ijtimoiy samaradorligini Miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash 
tavsifi va alohida xususiy yo’nalishlarga e’tiborlik xususiyati o’z ifodasini topadi. 
Boshqaruv apparatini mehnat unumdorligida muhim holat sifatida ishchilarning 
umumta’lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy-maishiy sharoitlarini 


yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni 
takomillatirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini 
kamaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni qo’llash, ya'ni boshqaruv xodimlarining 
mehnat faolligini oshirish yoki mehnat qobiliyatilari susayishining oldini oluvchi, 
xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini 
yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni 
rivojlantirish moddiy-texnika ba’zasidan ijtimoiy-madaniy yo’nalishda foydalanish, 
korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy-maishiy 
sharoilarini oshirish, ta’lim olish, madaniy va ma’naviy vazifalarni chuqurlashtirish. 
Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mexanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va 
rag’batlantiruvchi omillarini, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini 
qo’llash va takomillashtirishning sir-asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv 
faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish