amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki
mahsulot
tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar
maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari
xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.
Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat
birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab
chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika
taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning
dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don mustaqilligini ta’minlash,
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish
va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor
sohalarni qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq
eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda
quyidagi tamoyillarga asoslanildi:
belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va
faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash;
ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash ta’lim, madaniyat va
h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin
tabaqalanishning
oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash
maqsadida yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash;
chet el investitsiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga
jalb qilish;
potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat
sohasiga qayta taqsimlash;
ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash,
xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni
saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish
kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur
qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajaga olib
chiqishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo‘lgan
ehtiyojlarini
qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni
investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartibga
solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Davlat investitsiya faoliyati doirasida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
fondlar mablag‘i hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalash yo‘li bilan amalga
oshiriladigan investitsiya, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet
el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya
markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi
5
. Jalb qilish usuliga ko‘ra kapital
qo‘yilmalar ichki va tashqi manbalardan jalb qilinadi. Makroiqtisodiy darajada ichki
manbalarga davlat budjeti mablag‘lari, davlat
budjetdan tashqari fondlar
mablag‘lari, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘lari, tijorat
banklarining kreditlari, jismoniy shaxslar mablag‘lari, tashqi manbalarga chet el
investitsiyalari, xorijiy tijorat banklarning kreditlari, xorijiy jismoniy shaxslar
mablag‘lari kiritilishi mumkin.
Mikroiqtisodiy darajada (korxonalar miqyosida)
investitsiyalashning asosiy
manbalari ham ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Investitsiyalarning
ichki manbalari quyidagilar:
ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy mablag‘lari;
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa
hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida
ajratiluvchi mablag‘lar;
xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Investitsiyalarning
tashqi manbalari quyidagilar:
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli
xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va
nomoddiy ishtirok shaklida,
shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida
shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy
investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar
tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona
investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan ko‘proqni tashkil etadi.
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tanqisligi sharoitida
lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.