kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
majmuasidir. Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
investitsiyaviy g‘oya (fikr)ni shakllantirish;
g‘oyaning dastlabki asoslanishi;
loyihada ko‘zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
investitsiya loyihasi bo‘yicha davlat boshqaruv
idoralari bilan kelishuv
yuzaga keltirish;
axborot memorandumini tayyorlash.
Yuqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirgandan so‘ng loyihani ishlab chiqish va
texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo‘ljallarning
maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks
ettiriluvchi loyiha-smeta
hujjatlarigacha) zarurati tug‘iladi.
Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash haqida ketganda, investitsion jarayonlar
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va
makonda bog‘laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha
tarkibiy qismlari
mavjud: loyihalashtirishdan avvalgi asoslash,
loyihalashtirish, bevosita ob’yekt
qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi.
Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so‘nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan
o‘tkazilib, amaldagi va loyiha ko‘rsatkichlari baholanadi
hamda investitsiya
jarayonining xuddi shu jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan xato va kamchiliklari
aniqlanadi.