siyosatining va qonunlarining, meyoriy hujjatlarining majmuasidir. O‘zbekistonda
ham ishlab chiqarishga kapital qabul qilish tizimi
yildan-yilga takomillashib
bormoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabatda zamonaviy
xalqaro xo‘jalik aloqalari qoidalariga asosalangan holda qonun va qarorlar ishlab
chiqilmoqda, shuningdek xorijiy investitsiyalarning infratuzilmalari yaratilmoqda.
So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya
muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni
yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini
joriy etish va shu asosda
mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng
chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik
nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada
soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini
ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda “bir darcha”
tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga
oshirilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati va
biznesni yuritish sharoitlari hali-hamon erkin bozor
iqtisodiyoti talablari va
tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro normalarga to‘liq hajmda javob
bermayapti. Avvalgidek tadbirkorlik faoliyatini haddan ortiqcha tartibga solish
holatlari mavjud, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro
munosabatlarning kontaktsiz shakllarini samarali joriy etish imkoniyatlari to‘liq
hajmda ishlatilmayapti. Biznesni yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash
bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar joylarda yetarli darajada amaliyotga
joriy etilmayapti.
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti nafaqat korxonalar uchun yuqori daromad
olishdir, aksincha u jamiyatda vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti
innovatsion rivojlanishni, mehnat
unumdorligini rag‘batlantiradi va mehnat unumdorligini ko‘tarilishi oqibatida uning
natijalari mehnatkashlar va iste’molchilarga naf keltirishda raqobat asosiy omil
ekanini tasdiqlaydi.
Agarda iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish nuqtai-nazaridan
investitsiya muhitiga yondoshilsa, unda investitsiya muhiti:
- korxona e’tibori markaziga mablag‘larni safarbar etish
va ish kuchini yollash
qarorini qabul qilishni;
- korxonalar tomonidan investitsiyalar imkoniyatini baholash, ular bilan bog‘liq
siyosat va hukumatni amaliy faoliyatini ko‘zda tutishini (mulkchilik huquqlarini
inobatga olinishi, soliqqa tortishni, moliya, infratuzilma, korrupsiya va hukumatning
boshqa sohalaridagi siyosati va amaliy tadbirlarini yaxlitligini);
- investitsiya faoliyatini kelajakka qaratilganligini ko‘rsatishini (investitsiyalar
negizida kelajak bilan bog‘liq orzu-umidlar (kutishlar) yotishini) hukumatning
o‘tkazayotgan tadbirlarini ishonchliligini va ularni barqarorlikni mustahkamlashga
qaratilganligi;
- siyosatni ishlab chiqaruvchilardan xususiy ishlab chiqarish,
investitsiyalarni
rag‘batlantirish vazifalarini jamiyatni boshqa maqsadlari bilan muvofiqligini
ta’minlashni talab etishini bildiradi.
Korxonalar jamiyat uchun salmoqli samara keltiradi, ammo korxonalar va
jamiyat manfaatlari har doim ham mos kelavermaydi.
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti insonlar uchun takomillashish
imkoniyatlarini beradi. Investitsiya muhitini yaxshilanishi rivojlanish strategiyasini
muhim omilidir. Investitsiyalar esa insonlarga o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va to‘liq
foydalanish yo‘nalishlarini beradi.
Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim
omillardan biri mamlakatda
investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq
imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan,
respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish,
rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari,
bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish
kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod
etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi
imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Ichki investitsiya manbalari
cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni
islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida
ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy
natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator
imtiyozlar va kafolatlar
tizimi yaratilgan.
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq
chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash
tartibini belgilangan.