XII-BOB. Korxonaning innovatsion faoliyati
12.1. Korxonaning innovatsion faoliyati va innovatsiya
Zamonaviy iqtisodiyotga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta
asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
1) an’anaviy yo‘nalish;
2) zamonaviy yo‘nalish;
3) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar.
- An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash,
qisman
avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi.
-
Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash,
kompleks
avtomatlashtirish
(robotlashtirish,
kompyuterlashtirish),
atom
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga
ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan
foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish,
imkoni
bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi.
-
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
- elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy
informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la
axborotlashtirish,
fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;
-
yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
-
texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va
materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
- mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni
modernizatsiyalash kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p
atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, “Nau-xau“,
innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k.
“Nau-xau“ – bu texnik,
tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning
yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. “Nau-xau“ tipidagi axborot
(informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi
mumkin. “Nau-xau“ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning
yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat
vazifalarini bajarish uchun
foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar,
loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror
narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik
miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni
yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi.