Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar,
ITTKI,
xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi
bilan bog‘liqdir.
Innovatsion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy
mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
darajasi (strategik va taktik);
muhit turlari (tashqi va ichki);
mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);
ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);
harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli, qisqa
muddatli);
vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar,
marketing, menejment);
tashkilotning mavjud bo‘lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish,
o‘sish, balog‘atga yetish, pasayish va mavjud bo‘lish davrasini tugallanishi).
Katta tashkilotlarda, qoidaga ko‘ra, maqsadlar daraxtini mavjudligini kuzatish
mumkin. Bu holda maqsadlarning iyerarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi
bo‘g‘in maqsadlari yuqorida turuvchining maqsadlariga bo‘ysunadilar.
Mamlakatimiz korxonalaridagi ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan
rejalashtirish amaliyotining tahlili uni korxona rejasini ishlab chiqishga
Davlat – siyosiy maqsadlar: ishlab chiqarishni o‘sishi, budjetga soliq, nafaqa
va boshqa to‘lovlar
Iqtisodiy maqsadlar:
Foydalar va sotishlar
hajmini ko‘paytirish
Sotsial maqsadlar:
jamiyat ehtiyojlarini
qanoatlantirish
Huquqiy maqsadlar:
qonunga rioya qilish
va ijro intizomi
Ilmiy – texnologik
maqsadlar:
yangicha yondashishlar
va
usullarni topish,
yangiliklarni yaratish
Ekologik maqsadlar:
chiqindilar va atrof
muhitga chiqarishlarni
kamaytirish
Bozor maqsadlari:
hulqning faol strategiyasi
yangi segmentlar va
bozorlarni o‘zlashtirish
emas, balki shakllantirib bo‘lingan rejaviy vazifani bajarishga qaratilganligini
ko‘rsatadi. Bu avvallari sanoat korxonalari faoliyat yuritgan obyektiv sabablar,
hamda iqtisodiyotni rivojlanishining oldingi bosqichida korxonalar oldida turgan
vazifalar bilan izohlanadi. Chamasi bunday amaliyot xo‘jalik yuritishning hozirgi
sharoitlariga mos kelmasa kerak
.
11
Hozirgi paytdagi korxona iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan murakkab
holat avval amalda bo‘lgan boshqaruvning ma’muriy
buyruqbozlik tizimi bilan
bog‘liqdir. U resurslarni ishlab chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olmasdan
markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash, davlat budjeti hisobidan ishlab
chiqarish investitsiyalarini tekinga moliyalashtirish, ishlab chiqaruvchilarning
yakka hokimligi, mulkchilikning davlat shaklidan farqlanuvchisining yo‘qligi va
xo‘jalik yuritishning bir turdagi shaklarini ko‘zda tutadi. Yana quyidagilar mavjud
bo‘lgan: boshqaruvning ko‘p bosqichi tuzilmasi va faoliyatning yakuniy
natijalaridan olingan daromadlar va investitsiyalar bog‘liqligini yo‘qligidan kelib
chiqqan muassasaviy uzilish va ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining ajralib
qolishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, hamda xo‘jalik aloqalarining
uyg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bir qator boshqalar qayta ishlab chiqarishning
har xil sohalari va xo‘jalik sohalarida mutanosibsizlikni keltirib chiqargan, defitsitni
chuqurlashuvi va ishlab chiqarish intizomini pasayishi
mamlakatdagi iqtisodiy
tanazzul va iste’mol bozori va pul muomalasidagi holatni keskinlashuviga sabab
bo‘lgan innovatsion sohada tanazzul paydo bo‘lishiga ko‘maklashganlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar va murakkabliklar vujudga kelgan
sharoitlarga adekvat startegiyani, korxonani rivojlanishini shakllantirishga imkon
beruvchi haqiqiy rejalashtirishga ehtiyojni kuchaytiradi.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida
korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga bo‘ladi. Korxonadagi
strategik innovatsion rejalashtirishning obyekti innovatsion faoliyatdan iborat
bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:
Hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi
innovatsion strategiyalarni korxonani rivojlanishining
asosiy maqsadlari va
vazifalaridan kelib chiqqan holda, Resursli ta’minlash va xatar omilini hisobga olish,
Tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan
bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning obyektiv zaruriyati pishib yetilgan;
ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh
mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida
ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish
innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan;
innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik
ahamiyati o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar
darajasi oshadi;
11
“Теп 3: Управление инновациями: Стратегический подход: Гибкая корпоративные стратегии выживания и
лидерства в новой экономике (на спирали)”. Котельников В.Ю. М.: Эксмо, 2007.
innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va
hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri
aksiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni olish,
ya’ni ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir.