Mavzu: musiqaviy harakatlarning vazifasi va maqsadlari reja




Download 252,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.09.2024
Hajmi252,91 Kb.
#272580
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSIQAVIY HARAKATLARNING VAZIFASI VA MAQSADLARI



Mavzu: MUSIQAVIY HARAKATLARNING VAZIFASI VA 
MAQSADLARI 
 
Reja:
1. Musiqaviy-ritmik xarakatlar.
2. Ritmikaning ahamiyati va umumiy tasnrfi
3. Musiqa va xarakatlar.
4. Bolalarni musiqiy-ritmik xarakatlarga qiziqtirish uslubi.
5. Ertalabki gimnastikani musiqa ostida o’tish.
 
 
 


Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchisi shaxsini shakllantirishda 
qo‘shiqlar o‘rgatish texnologiyasining o‘rni muhimligi mazkur bitiruv ishi 
natijalarida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 
Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq kuylash bolalarga ijobiy ta’sir yetibgina qolmay, 
ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta’sir 
qiladi. Shu bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar 
majmuasi bolalarda musiqaga barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi 
musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz musiqasini ajratishga o‘rganadilar.
Tadqiqot natijalari bolalarning qiziqish bilan qo‘shiq kuylab, musiqa tinglab, 
kompozitorlar hayoti bilan tanisha boshlaganliklarini ko‘rsatdi. Hatto avvaliga 
musiqa madaniyati mashg‘ulotlariga e’tiborsizlik bilan qaragan bolalar ham, ohir-
oqibatda musiqa mashg‘ulotlariga ko‘tarinki ruhda, biror bir yangilikdan xabardor 
bo‘lish niyatida kela boshladilar.
Bolalarda Musiqa mashg‘uloti tarkibidagi turli xil faoliyatlarga bo‘lgan qiziqish va 
intilish kuchaydi. Ko‘pchilik bolalarda musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, ritmik 
harakatlar bajarish jarayonlariga savodli, ya’ni ongli ravishda yondashish 
malakalari shakllandi.
Bolalarda musiqiy asarning ifoda vositalari va shaklini tahlil qilish malakasini 
shakllantirish ularda o‘z fikrlarini bemalol bayon qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirdi.
Musiqa mashg‘ulotida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash Bolalarning 
musiqiy bilimlarga, jumladan musiqa savodiga qiziqishlarini kuchaytirdi. Bolalar 
yendilikda musiqiy boshqotirmalarni bemalol yechadigan, notalarni yaxshi 
biladigan, tovush va uning xususiyatlarini anglaydigan, musiqa ifoda vositalari 
haqida aniq tushunchalarga yega bo‘ldilar.
Tajribalar mashg‘ulotlarning samaradorligi ularning to‘g‘ri uyushtirilishiga bog‘liq 
yekanligini ko‘rsatdi. Musiqa «til»i hamma va barchaga tushunarli va yaqin. 
Shuning uchun u insonlarning ruhiyatini ko‘tarish, quvonch va rohat baxsh yetish 
bilan birga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir 
yordamchidir.
Qo‘shiq kuylash faoliyati Bolalar tarbiyasida musiqa yetakchi o‘rin yegallaydi. Bu 
faoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. 
Bolalar qo‘shiq kuylashni sevadilar. Kuylash bolalar ijrochiligi faoliyati ichida 
yetakchi faoliyat turi bo‘lib, u bolalarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim o‘rin 
yegallaydi. Yaxshi qo‘shiq bolani quvontiradi, har tomonlama kamol topdiradi va 
tarbiyalaydi. Cholg‘u kuylaridan farqli o‘laroq qo‘shiq kuylash kuchli yemotsional 
ta’sir kuchiga yega. Chunki qo‘shiqda matn va musiqa badiiy birligi namoyon 


bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. 
Qo‘shiq inson aqliy kamolotini o‘sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olam 
haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.
Qo‘shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok yetadilar, o‘z kechinma 
va his-tuyg‘ularini faolroq ifodalaydilar. Qo‘shiqning matni bolalarga musiqa 
mazmunini tushunishga va kuyni osonroq o’zlashtirishga yordam beradi. Biror bir 
cholg‘uda ijro yetilgan kuyga nisbatan ovozda ijro yetilgan kuyni bolalar yaxshiroq 
idrok yetadilar.
Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqiy qobiliyat rivojlanadi: musiqiy 
yeshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritm hissi, shuningdek, qo‘shiq kuylash 
musiqiy qobiliyatlardan: metr va ritm hissi, musiqiy yeshituvi, lad hissi rivojlanadi.
Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarni musiqiy o‘quv qobiliyati hamda 
ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Guruhda jamoa bo‘lib kuylash 
jarayonida o‘quvchi o‘z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini yeshitib, 
kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo‘rnovozlik qilishga intiladi, jamoaviy 
birlik, uyushqoqlik, o‘zaro do‘stlik hislari tarbiyalanadi.
Qo‘shiqlarni o‘rganish bolalarda nafaqat musiqiy savodxonlikni, balki musiqiy 
dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur va shu kabi sifatlarni shakllantirishga 
xizmat qilishi amalda o‘z isbotini topdi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan ilk kunlaridanoq, san’atga, 
ayniqsa, musiqaga intilish va qiziqishlari yuqori bo‘ladi. Shuning uchun musiqa 
mashg‘ulotlarida bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga alohida e’tibor qaratish 
lozim. Bu rahbarning mutaxassis, o‘z sohasining ustasi sifatida bilimdonligi va 
ijodiy barkamolligiga bog‘liqdir.
Qo‘shiq kuylash — bolalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. U bolalarda nafaqat 
ruxiy balki jismonii jihatdan rivojlantiradi. Chunki bola kuylayotganda og‘iz, 
burun, nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi, umuman olganda barcha a’zolari faoliyat olib 
boradi. Bola kuylash jarayonida tik gavdasini yerkin va to‘g‘ri o‘tirishi talab 
yetiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo‘shiqchiligi ko‘nikmalarini 
tarbiyalash. Kuylash jarayonida nafas yo‘llari ham rivojlanadi.
Bolalarga kuylash jarayonida matn va musiqa uyg‘unligida bo‘lganda matn va 
kuyga e’tibor beriladi. Qo‘shiqda matn va musiqiy kuy birikib, tinglovchiga 
yemotsional ta’sir ko‘rsatib turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu ta’sirchanlik bola 
tarbiyasida katta ahamiyatga yega.
Bolaning kichik davridan qo‘shiqni ma’nosini tushunmasa ham, uning mazmunini 
va musiqasiga tushunmasa ham unga hissiy munosabatni bildiradi. Bolaning 
rivojlangani sari, nutqi va hayot davomida olgan ko‘nikmalari qo‘shiqni umuman 
kuyni tushuna olishga yordam buradi.
Qo‘shiq kuylash bola ruhiyatiga ta’sir qilish barobarida, uning jismoniy o‘sishi va 


rivojlanishida ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Jamoa bo‘lib kuylash 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning diqqat-e’tibori, ongliligi va faolligi oshadi, 
musiqiy xotira yaxshi rivojlanadi va o‘rgangan qo‘shiqlarni ijro yetganda, 
zavqlanish hissi paydo bo‘ladi. Qo‘shiqni so‘z ma’nosi va musiqa ohangini chuqur 
idrok yetadilar va asarni mazmuni orqali hayotni o‘rganadilar.
Qo‘shiq kuylash bolalarning nutqini ham rivojlanishiga zamin yaratadi. Qo‘shiq 
so‘zlari cho‘zib ijro yetilganligi tufayli bolalar yangi so‘zlarni bo‘g‘inlab, xatosiz 
o‘rganadilar. Musiqiy rahbar va tarbiyachilar so‘zlarning to‘g‘ri ijro yetilishini 
tekshirib boradilar.
Qo‘shiq kuylash jarayoni bolalarni umumiy kayfiyat bilan birlashtiradi, ular 
hamkorlikda faoliyat bajarishga o‘rganadilar. Ular shoshib ketayotgan yoki orqada 
qolib ketayotgan o‘rtoqlarini yeshitadilar va ularni bir xil sur’atda kuylashga 
chaqiradilar.
Qo‘shiq kuylash – musiqiy tarbiyaning asosiy vositasidir. U boshqa faoliyatlarga 
nisbatan bolalar uchun juda yaqindir. Qo‘shiq kuylab, ular musiqani yanada 
faolroq idrok yetadilar. Qo‘shiq matni yesa mazmunan qo‘shiq kuyini anglashga 
yordam beradi.
Kuylash faoliyatida bolalarda musiqiy qobiliyatlar yeshitish qanday xotira va ritm 
hissi rivojlanadi. Kuylash bolarning nutqini rivojlantiradi.
Jamoa bo‘lib kuylaganda bolaga kuy qo‘shiq matnga nisbatan kuchliroq ta’sir 
qiladi. K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek: «Qo‘shiqda, ayniqsa xor jamoasida qalbni 
tarbiyalovchi uning jumbushga keltiruvchi hissiyotlar mavjud»
Ko‘pgina hollarda o‘g‘il bolaning shaxdam yurib marshni kuylayotganini,
qiz bolani yesa qug‘irchoqni allalashini kuzatishimiz mumkin.
Bolaning ovozi — tabiiy cholg‘udir, chunki bu cholg‘u u yoshligidan mavjud. 
Mana shuning uchun xam uning hayoti davomida hamroh bo‘ladi va turli 
o‘yinlarda foydalanadi. Undan tashqari qo‘shiq bola hayotining boshqa
faoliyatlarida ham qo‘llanadi. Masalan, raqs, xorovod, bolalar cholg‘ularida
ijro yetganda.
Qo‘shiq — bu bolaning dunyoqarashini kengaytirib, yorqin obrazli tasavvurga 
yega bo‘lishga yordam beradi. Qo‘shiqlarda tabiatga, Vatanga muhabbat, 
kattalarga, ajdodlarga hurmat o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va boshqa 
tarbiyaviy axloqlarni o‘stirishga yordam beradi.
Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida bolalardan katta aqliy mexnat talab yetladi. U 
yonidagi bolani yeshitishni, uning qo‘shig‘iga o‘z munosabatini bildirishni, 
musiqiy jumlalarni bir-biri bilan solishtirishni, taqqoslashni, fortepiano jo‘rligini 
tinglay olishi, qo‘shiqni garmonik va melodik tizimini yeshita olishni va ijro 
sifatini baholashni o‘rgatadi.
Qo‘shiq bola organizmiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, nutqini o‘stiradi, 


ovoz apparatlarini rivojlantiradi, qo‘shiqchilik nafasini shakllantiradi. Bola qo‘shiq 
kuylashda asosan musiqiy hissi, yemotsional ta’siri, musiqiy yeshituvi (slux), ritm 
hissi rivojlanadi. Qo‘shiq kuylashning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri bu — 
jamoa bo‘lib ko‘ylashdir.
Bola yeshituv qobiliyati (slux) va ovozini rivojlantirishning o‘ziga xos 
xususiyatlari.
Qo‘shiq — tovush hosil qilishning murakkab jarayonlaridan biri bo‘lib, asosan 
ovoz va yeshituv organlarining mujassamlashuvi asosini tashkil yetadi, ya’ni 
yeshituv apparati va qo‘shiqchilik ovozining o‘zaro bog‘liqligidir. Eshituv 
qobiliyatining takomillashuvi — bolalarning kichik yoshidan rivojlanadi. Ular 
musiqa raxbari yoki tarbiyachi kuylab berganda qo‘shiq, kuy yoki ohangni 
sofligicha yeshitadilar va shundayligicha kuylaydilar.
Kichik yoshdagi bolalar 2-3 ta nota oralig‘idagi qo‘shiqlarni ko‘ylay oladilar. 
Bolalar kattalar kuylarini yeshitib, keyin o‘zlari ham shu kuyni kattalardek 
kuylashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz apparati 
mukammal rivojlanmagan (tovush paylari rivojlanmagan, nozik, nafas kuchsiz va 
boshqalar). Bola rivojlangani sari organizm va qo‘shiqchilik organlari ham 
takomillashadi. Maktabgacha yoshdagi bola ovozi yetarli darjada yorqinligi 
bo‘lmaydi.
Bolaning tabiiy ovozi re 1 - si 1, ya’ni undan yuqori va pastki notalarni bola 
kuylaganda tovush zo‘riqishi va siqib kuylashi mumkin. Bu bolalarning tovush 
paylarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu muammolarga yo‘l 
quymaslik uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va puxta o‘ylab chiqilgan repertuar 
tanlanishi kerak. Bunda asosiy e’tibor qo‘shiqchilik diapazoniga qaratamiz.

Download 252,91 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 252,91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: musiqaviy harakatlarning vazifasi va maqsadlari reja

Download 252,91 Kb.
Pdf ko'rish