Qo‘shiqchilik malakalari
Bola to‘g‘ri kuylashi uchun qo‘shiqchilik, vokal-xor
malakalarini shakllantirish kerak. Qo‘shiqchilik malakalari. Bu to‘g‘ri holatda
kuylash. Qo‘shiq kuylash jarayonida bola gavdani ko‘tarib bukchaymasdan, stul
orqasiga suyanibroq o‘tirishi kerak. Qo‘llari yesa tizzaga qo‘yiladi.
Vokal malakalari. Bu ovoz hosil qilish, nafas va diksiya. Nafas qisqa, yengil va
shovqinsiz bo‘lishi kerak. So‘zlar aniq va burro talaffuz qilinadi.
Xor malakalari. Bu ansambl va tuzilish (stroy)ning o‘zaro bog‘liqligi. «Ansambl»
— fransuzcha so‘z bo‘lib, «uyg‘unlashuv» (slitnost) ya’ni, ovozlarning kuch va
balanligining birlashuvidir. Bu jarayonda ovoz unison kuylashga va tembrning
tekislanishiga yerishishimiz kerak.
Kuylash malakalarini rivojlantirish
Kuylash malakalari qo‘shiq yodlash va
o‘rgatish jarayonida rivojlanadi. Asar murakkablashgani sari malaka rivojlanadi.
Bog‘chada tarbiyalash jarayonida bilishi kerak: Kichik va o‘rta guruh — musiqa
rahbari musiqa asbobi yordamida oddiy, murakkab bo‘lmagan qo‘shiqlarni kuylay
olishi kerak. Katta guruh — asbobsiz faqat musiqa rahbarining yordami bilan yoki
musiqa rahbarisiz musiqa musiqa asbobi jo‘rligida kuylashi, tovushlar balandligi
va cho‘zimlarini farqlay olishi, qo‘shiq kuylash jarayonida to‘g‘ri, tik, yelkani
ko‘tarib o‘tirishi kerak.
Maktabgacha tayyorlov guruhi — yodlagan qo‘shig‘ini ifodali kuylab berish, oldin
yodlagan qo‘shig‘ini yeslab kuylashi, kuylash jarayonida yonidagi bolalarni
yeshita olishi va kamchilik — u xatolarini to‘g‘rilay olishi, tovushlarning yuqoriga
va pastga harakatlanishini farqlay olishi, notalar qisqa uzunligini va notalarning
nomlarini bilishi kerak.
Qo‘shiq kuylashga o‘rgatishning metodlari va yo‘llari
Musiqa rahbari bolalarga
qo‘shiqni o‘rgatishdan oldin qo‘shiqni tanishtirishi, kompozitori haqida, asarning
matni, mazmuni haqida gapirib berishi kerak, bir so‘z bilan aytganda bolalarda bu
qo‘shiqni o‘rganish uchun qiziqishlarini uyg’otishdir.
Qo‘shiq qiyinchiliklari va ularni bartaraf yetish yo‘llari:
1. Qo‘shiqda sakrama harakatlar ko‘p. Bular bolalar kuylashi uchun murakkabdir.
Shuning uchun sof kuylashga alohida e’tibor qaratish kerak.
2. Qo‘shiqda punktir ritmlaridan ham keng foylanilgan va ularni aniq talaffuz
yetish kerak.
3. Ligali notalar. Bunday notalar asosan jumlalar oxirida uchraydi va
buni to‘g‘ri va sof kuylashga yerishish kerak.
Bola shaxsini shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi muhitni ta’siri juda
kattadir. Boladagi yeng muhim individual xususiyatlar oiladagi mavjud ijtimoiy
psixologik muhit ta’sirida shakllanadi. Qo‘shiqning ohangiga bo‘lgan intilish bola
ongida ona allasi orqali rivojlantiriladi. Bunda ota-ona, oila a’zolari o‘rtasidagi
o‘zaro munosabat, san’at, musiqiy madaniyatga bo‘lgan munosabatlar muhim o‘rin
tutadi. Shuning uchun ham Respublikamizda oila tarbiyasiga davlat siyosati
darajasida qaralib kelinayotganligi bejiz emas. Buni Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi: “
Oila jamiyat negizi bo‘lib,
ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchga yega. Milliy mafkuramizga xos
bo‘lgan tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti,
ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oilada sog‘lom muhit-sog‘lom
mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi,
farovonligi, o‘zaro hurmat va ahillikni ta’minlash-milliy mafkurada ko‘zda
tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi
” Ma’lumki, yosh bolalar
juda ta’sirchan, qiziquvchan, taqlidchan, tez o‘zgaruvchanligi sababli ular uchun
atrofidagi barcha ijobiy va sal’biy holatlarga munosabat birday yaqin hisoblanadi.
Har tomonlama barkamol madaniyatli shaxs avvalo, oilada shakllanadi. Yaxshi
oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi, turli voqea-hodisalar, urf-
odatlar, san’at, madaniyatga oid ta’ssurotlari ko‘pincha ijobiy tarzda kechadi.
Oiladagi birgalikda televizor ko‘rish, konsert tomosha qilish, teatr, konsert
tomoshalariga borish, o‘z ta’ssurotlarini o‘rtoqlashish kabilar bolalar
dunyoqarashini o‘stirib, hayotiy voqea-xodisalarni aks yettiruvchi badiiy adabiyot,
san’at , musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g‘oyaviy idrok yetishga olib
keladi. Bu yesa uning kelajagini belgilashda, san’atning muayyan turi bilan
bog‘lanib qolishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Fan, adabiyot, san’at sohasida
Yevropa klassik musiqasining buyuk namoyondalari Bax, Betxoven, Bize,
Motsart, Verdi, Shopen, rus kompazitorlari Glinka, Borodin, Balakirov, Rimskiy-
Korsakov, Chaykovskiy, Prokofev, Shostakovich, o‘zbek bastakor va
kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Y.Rajabiy, T.Jalilov, M.Burhonov, S.Jalil
va ko‘plab xalq hofizlari va sozandalarning hayotida ular tug‘ilib o‘sgan oilani
ta’siri juda katta bo‘lgan.
Hozirgi kunda musiqa rahbarlari oldidagi yeng muhim vazifalardan biri musiqiy
tarbiya va musiqiy madaniyatni oilaviy hamkorlikda tashkil yetishdir. Bu boradagi
faoliyatni maqsadli yo‘lga qo‘yish, samarali ish shakl va usullaridan foydalanish
bolalarni yuqorida ta’kidlanganidek madaniyat va san’atning muayyan sohalariga
izchil bog‘lanib qolishlari, kelajakda yetuk xonanda, sozanda, bastakor-kompozitor
bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Musiqa rahbarlariga bu borada quyidagi
tavsiyalarimizni bildirishni lozim deb topdik:
- musiqa rahbarlari har bir bolaning oilasi bilan yaqindan tanishishi, doimiy
aloqani yo‘lga qo‘yishi;
- bolalarni musiqa san’atining muayyan turlariga qiziqishi, qobiliyatiga qarab,
ularni ota-onalarini bu haqda xabardor qilish, maktabda va oilada mustaqil
qo‘shimcha shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratishi;
- musiqa mashg‘ulotlariga, to‘garaklar, ijodiy markazlarga qatnashishlarini ota-
onasi tomonidan ham nazorat qilib borilishiga e’tibor qaratish;
- bolalar ishtirok yetadigan turli madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar,
konsertlarga ularni ota-onalarini taklif qilish;
- ota-onalar uchun maxsus ma’ro‘za konsertlar, madaniyat, san’at vakillari bilan
uchrashuvlar tashkil yetish;
- bolalarga individual topshiriqlar berish, mustaqil shug‘ullanishlari va
topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan ota-onalar fikrlarini so‘rab turish.
Bunday hamkorlik bo‘yicha tashkil yetiladigan ishlar bolalarni musiqa san’atiga
bo‘lgan qiziqishlarini, ularning musiqa bo‘yicha individual qobiliyat va
iqtidorlarini o‘stirishga, iste’dod kurtaklarini keng ochilishiga va musiqiy
madaniyatni yuksalishiga imkon yaratadi.
Musiqa rahbari ko‘pchilik oldida musiqa targ‘ibotchisi sifatida chiqib o‘z
faoliyatini bajarishda rus musiqiy pedagogi D. V. Kabalevskiy aytganidek-
“..
|