xarakterining bolalar yoshiga mosligi.
2. Qo‘shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug‘at boyligiga
mosligi va ularning nutqini va tafakkurini o‘stirish uchun xizmat qilishi.
3. Qo‘shiq ohangi, uning xarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli,
g‘amgin, bayramona, ko‘tarinki ruxda), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni bolalar
yoshiga mos bo‘lishi.
4. Qo‘shiqning badiiy xususiyatlari va ifodaviyligi, bolalar idrokiga
mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.
5. Qo‘shiq shakli (1, 2 qismli yoki kuplet shaklida tuzilganligi) naqarotning
mavjudligi.
Qo‘shiqni tanlashdagi bolalarga qisqa, mazmunli, obrazli, qiziqarli hikoya
qilib
beriladi. Qo‘shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiat, ona Vatan, mehr-muhabbat
haqidagi g‘oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda qiziqish uyg‘otadi.
Badiiy qo‘shiqlar sirasiga D.Omonullaevaning bolalar
uchun yozilgan
«Diloromning qo‘shig‘i», «Buvijonim», «Aziz bo‘ston —O‘zbekiston»,
«Navzo‘zim», «O‘zbekiston — Vatanim manim»; N.Norxo‘jaevning
«O‘ynasangchi tipratikan», «Nevaralar qo‘shig‘i», «Kapalak va kamalak»,
«Kakligim»,«Shaftoliga savolim», «Navo‘zim — shux sozim», «Salom bergan
bolalar», «Buvijonim yaxshisiz», «Gullar manim kulganim», «Yaxshi bola», «Biz
askarmiz»; Sh.Yormatovning «Ay-yay-yay», «Islom bobo»; A.Mansurovning
«Muzqaymoq», «Vatanginam»; F.Nazarovning «Inoqo‘ynaymiz», «Paxtaoy»,
«Qish chog‘lari» va boshqa ko‘plab O‘zbekiston kompozitorlarining qo‘shiqlari
bolalar ijodiyotida so‘nmas iz qoldirib ularning badiiy tarbiyasi va
didini
o‘stirishga yordam beradi. Qo‘shiqni tarbiyachi ifodali qilib ijro yetib beradi.
Qo‘shiq mazmuniga mos tasviriy san’at qo‘shiq mazmuniga
va tuzilishiga xos
savol-javoblar qilib, qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatadi. So‘ngra
qo‘shiq mazmunga mos musiqiy-ritmik harakatlar bilan o‘rgata boshlaydi. Matn va
ohang talaffuzning aniqligi ma’lum me’yorga tushgandan so‘ng, qo‘shiqning
badiiy ijrosiga yerishildi. Qo‘shiqni vaqt-vaqti bilan sayr vaqtida, mashg‘ulotdan-
mashg‘ulotga
takrorlab kuylab turish lozim, aks xolda
uning matni bolalar
xotirasidan ko‘tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi. Har bir mashg‘ulotda
ayniqsa, yangi qo‘shiqni o‘rganishdn oldin, ilgari o‘rgatilgan qo‘shiqni takrorlab
turish, bolalar ijrosidagi aytim nuqsonlarni tuzatib borishga yordam beradi.
Bolalar toliqmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish shakllari o‘zgartirib turiladi. Masalan:
guruhlarga bo‘lib o‘rgatish; yakkaxon va guruh jo‘rligida; musiqiy harakatlar
yordamida
amalga oshirilib; qo‘shiq matniga mos raqs yelementlarini o‘ylab
ko‘rishga va o‘zlari uni ijro yetishga undab ko‘rish yaxshi samara beradi.
Qo‘shiq mukammal o‘rganilgandan so‘ng, ularning qiziqishi yanada ortadi.
Shuningdek, mashg‘ulot shakllarini (noan’anaviy mashg‘ulotlar) o‘zgartirilib
turish ham mashg‘ulotlarda bolalarning zerikishini oldini olib, qiziqishini
kechaytiradi.
Yil davomida bolalar 10-12 ta qo‘shiq o‘rganishlari ko‘zda tutiladi. Bunga
yerishish uchun qo‘yiladigan vazifalar: bolalarda sof intonatsiya va qo‘shiqchilik
malakalarini shakllantirish; bolalarga yakka va tarbiyachi bilan qo‘shiq kuylash,
a’kapella tarzida
ijro yetish; musiqiy yeshituv qobiliyatini, kuyning balandligi,
ularning uzunligi, kuyning yo‘nalishi, o‘zini yeshita olishi (kuylayotganida), ijro
vaqtida o‘zining xatolarini yeshita olishini rivojlantirish; ovoz rivoji, tabiy ijroga
yerishish; bolalarda ijodkorlik malakalarini rivojlantirish, ular ijro yetgan
qo‘shiqlarini xorovodlar va o‘yinlarda qo‘llash.