• IV. Ilova V. Adabiyotlar ro’yxati MUNDARIJA
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi
  • O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari
  • Kirish I. Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi




    Download 316.53 Kb.
    bet1/4
    Sana07.05.2023
    Hajmi316.53 Kb.
    #57320
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Kirish I. Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi
    41 dars. showmessage oynasi, pedagogika va psixologiya kafedrasi, Лекция 1, DTM 2019 Matematika kitobi, Amaliy yuzi, 10-sinf matematika 1-chorak test, avvalo ishlab chiqarish jamoai, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo`lib, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi qamda ma`lum bir turmush, 3-amaliy, 2-dars-Конденсаторлар, 1-Mavzu Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar. Pedagogika va ijtimoi-fayllar.org, 1labadsdasd, 1. Ekalogiya haqida umumiy tushuncha. Ekalogik madaniyat nima, 1403844393 47512, PEGMATIT KONLARINING HOSIL BO

    REJA


    KIRISH
    I.Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi

    1.1.O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari


    1.2.Buxoro kashtachilik maktablarii




    II. Kashtachilikda so’zana bajarish texnologiyasi

    2.1.Kashtachilikda ranglar ahamiyati


    2.2.Kashtachilikda bezak buyumlari turlari


    III. Xulosa


    IV. Ilova


    V. Adabiyotlar ro’yxati


    MUNDARIJA

    Kirish………………………………………………………………….


    I.Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi……………….


    1.1.O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari………………………


    1.2.Buxoro kashtachilik maktablari……………………………………


    II. Kashtachilikda so’zana bajarish texnologiyasi…………………….

    2.1.Kashtachilikda ranglar ahamiyati…………………………………..


    2.2.Kashtachilikda bezak buyumlari turlari……………………………


    III. Xulosa………………………………………………………………

    IV. Ilova…………………………………………………………………


    V. Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..


    KIRISH

    Xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchiligi anʼanalarini tarixdan


    avloddan - avlodga oʼtib kelish bilan birga taraqqiyotni yangi sifatiga ega boʼlmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega boʼlib bormoqda. Shahar va kishloqlarda yashovchi yoshlarni sevimli kasb va xalq amaliy sanʼatidan kulolchilik, yogoch oʼymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, gilamchilik, kashtachilik va hoqazolar avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan kasblardandir. Bu kasblar kishilarni maʼnaviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish estetik didini tarbiyalaydi.
    Hozir Respublikamizni barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan hunarmandchilik va amaliy sanʼatning noyob turlari rivojlantirilmoqda. U oʼzining tarixiy taraqqiyot bosqichida koʼp yillar va asrlar bosib oʼtgan, goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy anʼanalarning avloddan - avlodga oʼtishi hech qachon toʼxtamagan. Oʼzbekiston oʼzining kashta chevarlari bilan mashxur va xalq sanʼatining koʼp asrlik anʼanalarini ardoqlab, asrab kelmoqda. Shuningdek, anʼanalarini saqlabgina qolmay, ijodiy boyitib amaliy sanʼatning yangi milliy turlarini yaratib kelmoqda.
    Kashtalar uylar va kiyim- kechaklarni bezash uchun qoʼllanilgan. Ular qadim zamonlardan beri oʼzbek xalqi orasida keng yoyilgan. Uy devorlari, taxmonlar, koʼrpa - toʼshaklar, har xil mayda uy - roʼzgʼor buyumlari, kiyim -kechaklarning ayrim qismlari kashta bilan bezatiladi, bosh kiyimlarga ham kashta tikiladi. Uylarning devorlarini bezatadigan palaklar, soʼzanalar, gulkoʼrpalar, zardevorlar Oʼzbekistondan tashqarida ham mashxurdir. Oʼzbek xalq ustalari qoʼllari bilan tikilgan kirpech, soʼzana, zardevor, gulkoʼrpa, choyshab kabilar Germaniya Federativ Respublikasi, Belьgiya, Аmerika Qoʼshma Shtatlari, Hindiston, Аfgʼoniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Fargʼona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.Xozirgacha buyumlar oʼziga xos goʼzallik, nafis bezaklarning rang – barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda.
    Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. Oʼzbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bogʼliq xolda barcha kasb – hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik sanʼatining eng qadimiysi saqlanmagan. 14–15 asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini koʼrish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Аmir Temur saroyida oʼzbek milliy kashtalarini koʼrganini kundaligida yozib koldirgan. 1467 yili Kamoliddin Bexzod «Zafarnoma»ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan.
    Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida nafis ipak iplar bilan kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan. Kashtachilik hunari oʼzining koʼp asrlik rivojlanishi tarixida xalq turmushi, uning anʼanaviy yashash tarzi, urf-odati, joʼgʼrofik oʼrni bilan oʼzaro chambarchas bogʼlangan. Kashtachilik hunari bilan ayollarning deyarli barchasi shugʼullanishgan. Qiz bola yoshligidan boshlab, kashta tikishga oʼrgatilgan. Shunisi muhimki, hunarmandchilikning boshqa turlarida shogirdlik mashaqqatini uzoq muddat bosib oʼtishga toʼgʼri kelsa, kashtachilik maxsus bilimni talab qilmagan.
    Kashtachilik sanʼati oʼzbek ayollari ijodida eng ommaviy hunar sanalib, u oddiy xalqning estetik dunyoqarashini aks ettiribgina qolmay, xalq ogʼzaki folьklori bilan oʼzaro uzviy bogʼlangan. Kashtachilikning boshqa hunarlardan farqi shundaki, aksariyat hollarda kashtachilik buyumlari bozorga moʼljallanmagan, asosan xonadon extiyojini qondirish, urf-odatlarni davom ettirish uchun tikilgan. Shunday qilib anʼanaviy kashtachilik oʼzbek xalqi hayotining hamma jabxalarini qamrab olgan va moddiy madaniyatning buyumlari va ashyolaridan boʼlibgina qolmay, balki xalqning dunyoqarashi va milliy tafakkurining chuqur qatlamlarini aks ettirgan.
    Respublikamizning istiqlolga erishishi, yoʼqolib borayotgan qadimgi milliy anʼanaviy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini qayta tiklashga va unga yosh avlodni qiziqtirishga keng yul ochib berdi. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay Oʼzbekiston xalqi avloddan-avlodga oʼtib kelgan oʼz tarixiy va milliy qadriyatlarini hamda oʼziga xos anʼanalarni saqlab qolishga muvaffak boʼldi”².
    Аyni paytda qadriyatlarimizni boyitish, milliy mustaqillik mafkurasini
    shakllantirish jarayonida anʼanaviy xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼati tarixini oʼrganish, koʼplab yoʼqolib ketgan turlarni qayta tiklash xalqimizning bebaho merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi. “Biz maʼnaviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʼzlikni anglashning oʼsishidan, xalqning maʼnaviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz.”³
    Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida nafis ipak iplar bilan
    kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan. Kashtachilik hunari oʼzining koʼp asrlik rivojlanishi tarixida xalq turmushi, uning anʼanaviy yashash tarzi, urf-odati, joʼgʼrofik oʼrni bilan oʼzaro chambarchas bogʼlangan.
    Kashtachilik hunari bilan ayollarning deyarli barchasi shugʼullanishgan. Qiz bola yoshligidan boshlab, kashta tikishga oʼrgatilgan. Shunisi muhimki, hunarmand-chilik ning boshqa turlarida shogirdlik mashaqqatini uzoq muddat bosib oʼtishga toʼgʼri kelsa, kashtachilik maxsus bilimni talab qilmagan. Kashtachilik sanʼati oʼzbek ayollari ijodida eng ommaviy hunar sanalib, u oddiy xalqning estetik dunyoqarashini aks ettiribgina qolmay, xalq ogʼzaki folьklori bilan oʼzaro uzviy bogʼlangan. Kashtachilikning boshqa hunarlardan farqi shundaki, aksariyat hollarda kashtachilik buyumlari bozorga moʼljallanmagan, asosan xonadon ehtiyojini qondirish, urf-odatlarni davom ettirish uchun tikilgan.
    1. “Xalq hunarmrndchiligi va amaliy sanʼatni davlat tomonidan har tomonlama qoʼllab – quvvatlash toʼgʼrisida”. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov farmoni 31 mart 1997 yil.
    2. I. А. Karimov “Oʼzbekiston 21 asr boʼsagʼasida. Xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari “Oʼzbekiston “Toshkent. 1997 yil. 137 bet
    3. I. А. Karimov «Oʼzbekiston 21 asr boʼsagʼasida.» T. , 1997 yil. 137 bet.
    Mavzuning dolzarbligi.
    Amaliy san’at o’zining spetsifik xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ’ib etuvchi kuchli g’oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu - istaklarini, ularning go’zallik va xudbinlik, olijanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuqlari ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilish yo’lidagi kurashga da’vat etdi. Bizning mamlakatimizda amaliy san’at tarbiyaning kuchli vositasi bo’lib, kishilarni ilg’or qarashlar bilan qurollantirishda, mustahkamlashda, ularning kelajakka ishonchi va kommunistik axloq asoslarini mustahkamlashda muhim o’rin egallaydi. Ijodkorlarimizning, haqqoniy va hayotbaxsh g’oyalar bilan sug’orilgan asarlari, insonoyat uchun shodlik va ilhom manbai hamda axloqiy tarbiya vositasi bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
    Tadqiqot maqsadi va vazifasi:
    Mazkur bitiruv malakaviy ishi kashtachilikda Buxoro kashtachiligida kompozitsion yechimlar bag’ishlangan bo’lib, barcha amaliy san’at fani o’qituvchilari, san’at kollejleri, o’rta umumta’lim maktablari va to’garak o’quvchilarining ushbu san’at sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. Kelajakda yoshlarni avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy an’analar asosida voyaga yetkazishni maqsad qilib qo’yadi.
    Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi – amaliy san’at turlarini, uning texnologiyasini o’rganib chiqib, qiyosiy tahlil qilishdir. Maqsaddan kelib chiqqan holda bir qator aniq vazifalar qo’yilgan:Kashtachilik san’ati tarixiga bir nazar, Buxoro kashtachilik san’ati maktabining tahlili, kashtachilik san’atida ramziy naqshlar ma’nosi, kashtachilikda bezalgan sovg’abob buyum turlari. Shular bilan bir qatorda, kashtachilik san’atida qo’llaniladigan asbob-uskunalar va ipak turlari, sovg’abob buyumlarni kashtachilikda bezashda kompozitsiya qonuni, ipakni tabiiy ranglarga bo’yash texnologiyasi, kashtachilikda ranglar simvolikasi va rang tanlash hamda kashtachilikda sovg’abop buyum tayyorlash texnologiyasidir.
    Tadqiqot ob’yekti:
    O’rta umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqari muassasalardagi amaliy san’at to’garaklari tashkil qilish, dars jarayonida va to’garaklarda amaliy san’at tarixi va texnologiyasi, xususan kashtachilik san’atiga b’olgan qiziqishlarini yanada oshirish, dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan keng ko’lamda foydalanish va amaliy san’at turlarini yoshlarga o’rgatishda qo’llash jarayoni.
    Tadqiqot predmeti:
    Xalq amaliy bezak san’atining kashtachilik san’atiga oid to’garaklarni tashkil etish shakllari va uslublarini ishlab chiqish va amalda qo’llash. Yoshlarga O’zbekistonning mashhur hunarmand ustalari haqida keng ma’lumot berish va ish uslublari bilan tanishtirish va ularga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyalash.
    Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi

    O’zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan biri


    bo’lib u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta (fors tilida – chizilgan, tortilgan) amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi: igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh.Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda xam shuxrat qozongan. O’zbek xalq ustalari qo’llari bilan tikilgan kirpech, suzana, zardevor, gulko’rpa, choyshab kabilar Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Afgoniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Fargona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozistiyaga aylanib qolgan. xozirgacha buyumlar uziga xos guzallik, nafis bezaklarning rangbarangligi bilan kishilarni xayratga solib kelmoqda.
    Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O’zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bogliq holda barcha kasbxunarlari bilan birgalikda rivoj topgan.
    Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan. XIV— XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini kurish mumkin.

    O’zbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O’zbek kashtalariga nazar solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, Afgon, Qozoq, Qirg’iz va Tojik kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. Xalq badiiy xunarmandchilik maxsulotlari faqat bizning mamlakatimizda emas, balki chet mamlakatlarida xam cheksiz talab qilinadi. Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashxur bo’lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni usha erda kashf etishgan.


    Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach ipak, zar eki jun ip ko’shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuxrat qozongan. Kashtachilik san’atining an’analari Vizantiyada xam rivoj topgan.
    XIII va XV asrlarda Kichik Osiyo doirasida paydo bo’lgan xamda Vizantiya imperiyasini barbod qilgan Usmoniy turklar xam ushbu san’atga uzlarining munosib ulushlarini kushganlar. Qirm va Kavkazning qaeridaki Vizantiya madaniyati uzoq vaqt kuchli ta’sir o’tkazgan bo’lsa. Ushu erda kashtachilik rivojlanavergan. Qadimgi Rus xam Vizantiyaga taqlid qilib kashtachilik san’atini o’rgangan. Rus kashtasi gullarining xarakteriga va tikilish usullariga ko’ra juda turli-tumandir. Popok (yurma) chokli kashta tikish Olonets. Vologda viloyatlarida keng tarqalgan.
    Bu san’atda xar bir millatning uziga xos eng kup kullaydigan nakshlari buladi. Chunonchi O’zbek kashtalarida usimliksimon, geometrik xamda gul nakshlari kup bulsa, rus kashtachiligida geometrik, usimliksimon shakllar, gullar, kush va mevalar kup tasvirlanadi. Qozoq va Qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
    Xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchiligi an’analarini tarixdan avloddan-avlodga o’tib kelish bilan birga taraqqiyotni yangi sifatiga ega bo’lmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega bo’lib bormoqda. Shahar va qishloqlarda yashovchi yoshlarni sevimli kasb va xalq amaliy san’atidan kulolchilik, yog’och o’ymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, kashtachilik va hokazolar avloddan- avlodga o’tib kelayodgan kasblardandir. Bu kasblar kishilarni ma’naviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish esgetik didini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy sanatiy kishilarni badiiy-axloqii jihatdan tarbiyalab, ularning estetik dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
    Hozir Respublikamizni barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan hunarmandchilik va amaliy sanatning noyob turlari rivojlantirilmoqda. U o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichida ko’p yillar va asrlar bosib o’tgan, goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy an’alarning avloddan- avlodga o’tishi hech qachon to’xtamagan.
    O’zbekiston o’zining ko’pgina chevarlari bilan mashhur va xalq san’atining ko’p asrlik an’analarini ardoqlab, asrab kelmoqda. Shuningdek, an’analarini saqlabgina qolmay, ijodiy boyitib amaliy san’atning yangi milliy turlarini yaratib kelmoqda. Kashtalar uylar va kiyim-kechaklarni bezash uchun qo’llanilgan. Ular qadim zamonlardan beri o’zbek xalqi orasida keng yoyilgan. Uy devorlari, taxmonlar, ko’rpa- to’shaklar, har xil mayda uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim kechaklarning ayrim qismlari kashta bilan bezatiladi, bosh kiyimlarga ham kashta gikiladi. Uylarning devorlarini bezatadigan palaklar, so’zanalar, gulko’rpalar, zardevorlar O’zbekistondan tashqarida ham mashhurdir.
    Qadimiy an’analarga ko’ra o’zbek qizlari – bo’lajak kelinchaklar seplari har xil kashtachilik buyumlarini o’zlari tayyorlaganlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo’lsa qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7 – 9 yoshdan boshlab kashta tikishga o’rgatilar edi. Ular 3 – 4 yildan keyin mustaqil kashta tika boshlaydilar.

    O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari


    Kashtachilik – O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib O’rta Osiyoning yirik savdo hunarmandchilik markazlari va qishloqlarida keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang – barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.


    Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning mukammalligi, aniq ifodaliligi, tasvir aniqligi, o’simlik naqshlarining serjilvaligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. XIX asrda Nurota kashtalari gulli guldastalar bilan bezatilib matoning oq foniga tig’iz to’ldirilmagan. Nurota kashtachiligi o’zining gullarning serjiloligi Kompozistiyaning bunday turi Nurotada “Chor shohu yak moh” – “4 ta shohu bitta oy” degan ma’noni anglatadi. Shu turdagi so’zanalarga XIX asrning o’rtalarida Nurota kashtachiligi tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda esa O’zbekiston Davlat San’at muzeyida saqlanib kelinayotgan ajoyib so’zana o’zgacha engilligi va gulli naqshlarning serjilvaligi bilan ajralib turadi.
    So’zana ornamentining ayrim joylarida guldastali guldonlar hamda guldastaning o’rtasida anor shaklini ko’rishimiz mumkin. Mallarang, tillarang, havorang, pushti, nofarmon och yashil ranglar bir – birlari bilan uyg’unlashib, so’zanaga o’zgacha bag’ridillik baxsh etadi. Naqshlari romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan.
    (“Tobadoni” – katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi. Uning kataklari shoxli barglar, shoxli gullar va kosagullar, hamda qushlar va hayvonlarning shakli bilan to’ldirilgan.
    Shunday so’zanalar ham borki, ular mato fondidan ayrim gulli motivlar shaxmat tarzida joylashgan.
    XIX asr oxiri XX asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayishi seziladi.Gulli motivlar detallarning rang – barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoladi.
    Nurota kashtalari asosan “bosma” uslubi bilan tikiladi va naqshlarning cheti zanjirsimon uslub bilan aylantiriladi. Kashta ranglari och ranglar bilan tikilgan. Nurota kashtachiligida quyidagi kashta turlari va badiiy buyumlar tikiladi: so’zana, nimso’zana, takiyapo’sh, joynamoz, joypo’sh, zardevor, gulko’rik, dastorpech, belbog’, qo’lro’mol, yostiq, oynaxalta, choyxalta, choyshab. Kashta asosan bo’z, chit, satin, shoyi, baxmal movutga tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo’yoqlari tabiiy o’simliklardan olinadi.
    Lekin hozirgi kunda sun’iy toladan yigirilgan va kimyoviy bo’yoqlar bilan bo’yalgan iplar kashtachilikda ishlatilmoqda.
    Nurota kashtalarini engil, yorqin tonlar: qum, oltin, havorang, malina, pushti, och ko’k roangli iplari bilan tikilgan.
    Samarqand kashtachiligi yorqin va o’ziga xosligi bilan alohida ahamiyatga ega. Buxoro, Nurota, Shaxrisabz kashtachiligini an’anariga yaqin bo’lishiga qaramay Samarqand kashtachilik maktabi o’zining badiiy mahobatliligi, ranglarining qat’iyligi, tozaligi, shakllari harakatchanligi bilan alohida ajralib turadi.
    Samarqand kashtalari Nurota va Buxoro kashtalaridan farq qiladi. Ularning guli yirik va uyg’undir, hamda ko’pincha “bosma” chok qo’llanilgan. Samarqand kashtalarining asosiy motivi barglar bilan o’ralgan doira – turunjdan iboratdir. Eski kashtalar kishiga nozikligi va gullarining xilma – xilligi , batartibligi hamda ranglarining bir – biriga monandligi bilan ta’sir etsa, yangi kashtalar kishilarni formalarining kuchi o’ynoqligi, dadilligi, ifodaliligi va gullarining rango rangligi bilan kishini maftun etadi.
    Samarqand kashtalarida mahobatlilik va fikrini ochiq ijod qilishi sezilib turadi. Buni doira – turunjlarining aniq ritmik, qora jimjilarining aniq, erkin soyalari ta’minlaydi.
    O’rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri Shahrisabz kashtalari diqqatga sazovordir. Shaharda ko’zlarni yashnatuvchi gullar va yaxshi o’simliklar ko’p bo’lganligi uchun u “yashil shahar” nomini olgan. XIX asrda Shahrisabz Buxoro amirligi tarkibidagi bekliklardan biri edi. Beklar va amirlar saroylari kashtalarga buyurtma beruvchi asosiy iste’molchilar edi. Shuning uchun Shahrisabz ayollari mayda kashtachilik mahsulotlaridan sanalgan so’zana, to’n, shuningdek, ot yopg’ichlariga bezaklar tikishar edi. Shahrisabz kashtalari shahar muhitining estetik didini aks ettirdi. Chunki ular saroy ustaxonalarida ishlagan ustalar va rassomlarning ijodiy ishi.
    Xalq bezagi an’analari shahar kashtachiligi uchun asos bo’lgan.

    O’rtada gul ko’rinishidagi asosiy nishon, uning atrofida turli naqshinkor gul shaklidagi bezaklarni tushirib, ishlov berish shahar kashtalarining asosiy xususiyati edi.


    Odatda, asosiy markaziy va eniga ko’ra kashtaning o’rta qismidagi qayishmaydigan 2 ta ingichkaroq qo’shimcha hoshiya qatordan iborat.
    Bunday kompozistion qurilmalar gilamlar uchun xos bo’lgan kashtalar tayyorlash uchun qo’lda tikilgan paxta yoki moyi mato shuningdek, ipak va jun iplardan foydalanilgan. Shahar kashtalari yuqori sifatliligi bilan ajralib turgan.
    Shahrisabz chevarlari kandaxayon chokidan ko’proq foydalanilgan. Shuningdek, ular bosma, yo’rma, iroqi choklari ham ishlatilgan.
    Tadqiqotchilar, Shahrisabz kashtalari gul bezaklarining mo’lligiga ko’ra Buxoro va nurota kashtalariga yaqin turadi. Bunda tag matoning ayrim qismlarigina ochiq qolgan. Kashtachiligida hamda saroy san’atida keng tarqalgan edi. Ular Shahrisabz yodgorliklari me’moriy bezaklarida ham o’z aksini topgan. Shahrisabz kashtachiligi uchun hoshiyaga tushiriladigan chohor, chiroq usuli xos xususiyat hisoblanadi. Bu usul turmushda ishlatiladigan chiroq shakliga monand ishlangan. Shahrisabz kashtalarida ko’p sonli gul bezaklari orasida bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan qumg’on, xo’roz, anor kabi tasviriy vositalar ko’p uchraydi.
    Toshkent Davlat san’at muzeyi kollekstiyasida saqlanayotgan XIX asr oxiriga oid kashta bunga misol bo’la oladi. Shahrisabzning bu qadimiy kashtasi ko’pgina maqola bu yoki tadqiqotlarda tilga olinadi. Bu kashta faqat bezakdorligi va tasvir qatori bilangina emas, balki qo’shimcha qiya hoshiya bo’ylab, arab
    harflarida tilak ifoda etilgan yozuvi mavjudligi bilan ham e’tiborni tortadi. Shahrisabz bezakchiligida keng tarqalgan yo’nalishlardan biri ko’p mayda gullar bilan bezatilgan gullayotgan novda ko’rinishdir.
    Kashtachilik o’zaro qarama – qarshi ranglar bilan kashtaning go’zal bo’lib ko’rinishiga erishgan. XIX asr so’ngida anilin bo’yoqlaridan foydalanish Shahrisabz kashtalari sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Garchi kashta tikishda safsr moviy rang, yashil kabi ranglardan foydalanish imkoniyati paydo bo’lgan bo’lsada, kashtalari o’zigagina xos bo’lgan tabiiy ranglarning nozik uyg’unligidan mahrum bo’ldi. Xususan, to’q qizil rangni och ko’k bilan yoki yorqin qizil rangni sariq rang bilan ishlatish odat bo’lgan.
    Yana bir kashtachilik markazlaridan biri Toshkent kashtasi hisoblanadi. Toshkent kashtalari ikki tipga bo’linadi: bu palak va gul ko’rpadir.Toshkent kashtachiligidagi palak va gulko’rpalarni bezashda ko’p mativlar masalan, yulduz, katta – katta doiralar, gulli shaxchalar ishlatilardi. Tikishda asosan “bosma” chok qo’llaniladi. Toshkent palaklarining kompozistiyasi to’q qizil rangli bir – bir tekis tikilgan doiralardan iborat.
    Doiralarning soniga qarab masalan “olti oylik kapalak”, “o’n ikii oylik kapalak” va hokazo deb yuritiladi. Gul esa markazdagi yulduz yoki doira va gulli shoxlardan iborat bo’lib, fonining ko’p eri tikilmaydi, bo’sh qoladi. Hozirgi kunda Toshkent kashtalari butunlay o’zgarib ketdi. Doiralar soni kamayib, o’lchami kattalashdi, ular qatori o’rnini yangi usuldagi bitta katta doira egallaydi.
    Bunday palaklar “oy palak”, “qiz palak” va “tohora palak” deb ataladi. Ular bir tekis fonida ochiq joy qolmaydigan qilib tikiladi. Kashta ranglari bir – biriga umuman qarama – qarshidir.
    Kashta ranglari bir – biriga umuman qarama – qarshidir. Kulrang chiziqlar tikilgan, qolgan joylari bir tekis to’q qizil rangli iplar bilan to’ldirilgan.
    Farg’ona vodiysi kashtachiligi ham eng diqqatga sazovor kashtachilik markazlaridan biri hisoblanadi. Farg’ona vodiysi - kashtalar shoxsimon grafik gul yoki konstentrik aylanalardan, doira turunjlaridan iborat bo’lgan va yaxshi yigirilgan ipak bilan “vosita” chokda tikilgan, shuningdek kompozistiyasi fonida ko’p bo’sh joy qolishi bilan ajralib turadi.
    Farg’ona kashtalari to’q ko’k yoki binafsha rang shohi va satinlarga tikilgan bo’lib, gullar yuzaga erkin joylashgan va ular juda nafisliligi bilan ajralib turadi. Ro’yjo uchun qayrishma gulli kungurali buta motivlarining qaytarilishi xarakterlidir. Farg’ona kashtasi asosan qora fonga yorqin ipaklar bilan tikilgan, qizil malina rang gulli oq qizil malina rang oq sariq butalarning galma – gal qaytarilishi natijasida rangdor ritmli hosil qilinadi. Hamda Farg’ona do’ppilarini eslatadi.
    Mahalliy kashta maktablari orasidagi farqni gapirar ekanmiz Surxondaryo kashtachilik san’ati bilan ham tanishishni joiz topdim.Surxondaryo kashtalari o’troq va ko’chmanchilik madaniyatining qorishuvini ifodalovchi ranglar jilosi, kompozistion tuzilmasi, bezak lavhalari tizimida o’z ifodasini topadi. Surxondaryo kashtachiligida XX asr birinchi yarmida o’simlik va geometrik bezaklardan keng foydalanilgan. Ilon izi chiziqlar, gullar tasviri, qo’chqor shoxlari to’lqin ko’paytiruv alomatlari shular jumlasidandir.
    Hozirgi paytda O.Shoyqulova, N. Qurbonova, U.Jo’raeva, Z.Murodova kabi Surxondaryolik kashta chevarlar an’anaviy kashtachilik davomchilari hisoblanishadi. Ular o’ziga xos unsurlarni saqlagan holda kashtachilikda lola gul, egizgul, oygul, paxta gul kabi zamonaviy talqinlarni qo’llamoqdalar. Surxondaryo viloyatining Boysun degan tumanidagi deyarli har bir uy o’ziga xos xalq madaniyati.Ularga mayda nuqtalar tushirilgan yoki qush va jonivorlar shakli qo’shib tikilgan.
    So’zanalar o’ziga xos alohida boy manzarani namoyon etgan, ularda dunyoning yaratilishi, tabiat, baxt va muhabbat haqida asrlar davomida yuzaga kelgan tasavvurlar she’riy shalda aks ettirilgan. O’rtada odatda, aks quyosh va oyni mejozit aks ettiruvchi ulkan doiralar joylashadi. Doiralar oralig’ida bodomgul, lolagul, atirgul kabi ismli naqshlar erkin joylashgan, butalarda qaldirg’och va bulbullarning turli maqomdagi tasvirlari aks ettirilgan.
    Butun manzara she’riy ramzni namoyon etib turadi. Xalq ustalari, jannatni ana shunday tasavvur qilishadi. Manzaraga qanotli jonzotlar shakli kiritilishi bejiz emas, kashtachilar ularni farishtalar deb atashadi. So’zana chetlaridan “obiy – suv yo’li” o’tadi, u go’yo ertaklar olamini ramziy tarzda chegaralab turadi.
    Joynamozlarning bezagi ma’lum darajada cheklangan – namozxon oyog’i turadigan joy odamda gulsiz qoladi. Chetlar esa gul bilan bezatiladi. Surxondaryo viloyatining boysun degan tumanidagi har bir uy o’ziga xos xalq madaniyati muzeyiga ega bo’lib, ularda xilma – xil kashtachilik buyumlari, gilamlar, kigizlar namoyish etilgan.
    2003 yilning yozi va kuzida Boysunning Ko’chkak, Bog’ibola, Labisoy, Ariqusti, Machay, To’da, Duoba, Och machit, Dadband kabi qishloqlariga qilingan bir qancha ekspedistiyalar natijasida qayd etilgan kashtalarning asosiy tarkibi 1960 yillardan hozirgi vaqtgacha yaratilgan buyumlarni o’z ichiga oladi. Ularni orasida eng ko’p tarqalgan buyumlar borpo’li, bo’g’jama, zardevor, joynamoz, bolinpo’sh, belbog’, oynaxalta, choyxalta, so’zana va hokazolar sanaladi. Yorqin kalorit va o’ziga xos gullar Boysun kashtalarining yorqin ko’zga tashlanuvchi xususiyatlaridir.. Qizil, yashil, sariq, ko’k ranglarining mo’lligi hayratomuz engillik va nafislik ila Boysun kashtalarida ajoyib uyg’unlik kashf etadi.
    O’zbekistonning boshqa tumanlarida bo’lganidek, Boysun kashtachiligida ham ishlash va handasaviy naqshlar ustunlik qiladi. Joynamozlarda ko’pincha anor va lola tasviri aks ettiriladi. Choyxalta, oynaxalta, belbog’, dastro’mol va sochiqlar ham gul bilan to’ldirilib chiqiladi.
    Kashtachilik san’atining qadimgi maktablaridan bo’lmish Buxoro viloyatining milliy kashtachilik, san’atini o’ziga xos xususiyatini, tabiiy bo’yoqlarini qo’llanilishi texnologiyasi va bezaklarining qadimiy nusxalarini tikilishi, shu kunda xalqimiz diqqat e’tiborini o’ziga tortdi.
    Shahrisabz kashtachilik san’ati XIX asrga kelib, o‘ziga xosligi, an’anaviyligi bilan O‘rta Osiyoda shuhrat qozondi. Uning qadimgi nusxa kompozitsiyalari ko‘p
    jihatdan gilam ko‘rinishini eslatadi. Islomiy naqsh – to‘p barg, gulli, ko‘ngirali “Hirot zanjirlari” Shahrisabz so‘zanalarida uchraydigan naqshlarga ham tegishlidir. Shaxrisabz kashtachiligi asosan “iroqi” uslubida tikilsa-da, unda “yo‘rma” va “kandaxayol” choklaridan keng foydalanilgan. Kashtaning hoshiyalari va markaziy maydonini ajratib turuvchi “oba” chiziq yo‘llari ham ana shunday uslubda bajarilgan.
    O‘sha vaqtlarda beklar va amirlar saroylari kashtachilik namunalariga buyurtma beruvchi asosiy iste’molchilardan hisoblanar edi. Shu bois bu milliy mahsulot ko‘pincha shahar muhiti va tarovatining estetik didini o‘zida aks ettirgan. Ma’lumki, ulug‘ sarkarda Amur Temur ham o‘sha vaqtlarda boshqa yurtlardan eng yaxshi naqqosh va hunarmandlarni olib kelganligi bois shaharda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Natijada Shahrisabz kashtachiligida ham naqqoshlik, o‘ymakorlik bilan bog‘liqlik, gul shakllarining tushurilishi, barg naqshlari bilan boyitilgan o‘simlik shakllarini ifodalovchi bezak uslublari yaxshi rivojlangan va haqiqiy bezak kompozitsiyalarini, xalqona shakllarni o‘zida mujassamlashtirgan tasvirlar paydo bo‘lgan.
    Kashtalarni tayyorlashda qo‘lda tikilgan paxta yoki shoyi matodan, shuningdek, ipak va jundan foydalanilgan. Shu tariqa kashtachilikning rivojlanishi tufayli Shahrisabzda hunarmandchilikning bu turi o‘z rang-barangligi, serjiloligi hamda sifatliligi bilan dovrug‘ qozongan.
    Tadqiqotchilarning aytishicha, Shahrisabz kashtasi gulbezaklarining ko‘pligiga ko‘ra, Buxoro va Nurota kashtachilik namunalariga yaqindir. Nurota kashtachiligida gul tasvirlariga nazokat va nafislik baxsh etuvchi erkin tagligi katta o‘rin tutsa, Shahrisabz kashtachiligida taglikni to‘laligicha naqsh bilan bezash yoki bezakning bir tekisda taqsimlanishi yanada yorqin aks etadi. Shu sababli Shahrisabz kashtachiligining asosiy va qo‘shimcha bezaklari boy va turli tumanligi, jozibali va serqirraligi bilan ajralib turadi. Barglar va gul zangilaridan iborat cheksiz bu manzara mo‘l ko‘lchilik, jo‘shqinlik, bahor va hayot ramzlarini ifodalaydi.
    Shahrisabz bezakchiligida keng tarqalgan yo‘nalishlardan biri, ko‘plab mayda gullar bilan bezatilgan novdalarning ko‘rinishidir. Bu uslub xalq kashtachilik san’ati hamda saroy san’atida ham keng tarqalgan. Ular Shahrisabz yodgorliklari va me’moriy bezaklarida ham o‘z aksini topgan. Ko‘p bargli bezakning o‘zi ham Sharq xalqlarida quyosh belgisini ifodalaydi.
    To‘yga atab tikilgan kashta va so‘zanalarida ham hayot, quyosh, hosildorlik ramzlari aks etadi. Kashtalarning rangi bezak sifatlarini kuchaytiruvchi yorqin ranglar jilosi bilan ajralib turadi.
    XIX asr o‘rtasida anilin buyoqlaridan foydalanish Shahrisabz kashtalari sifatiga salbiy ta’sir qildi. Garchi kashta tikishda safsar, moviy, yashil kabi ranglardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan bo‘lsada, kashtalar o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy ranglar uyg‘unligidan mahrum bo‘ldi. XIX asr oxirlariga kelib, Shaxrisabz kashtalari xalq san’atining noyob asarlari darajasiga yetdi va temuriylar davridan beri saqlanib kelayotgan an’anaviy madaniyatning nechog‘li betakror bo‘lganligini yana bir bor isbotladi.

    Download 316.53 Kb.
      1   2   3   4




    Download 316.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I. Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi

    Download 316.53 Kb.