Dilfuza Islomovna Mamurova
Shaxrizoda Ravshanova
Buxoro davlat pedagogika instituti
Uy ro’zg’or buyumlaridan va meva sabzavotlardan tashkil topgan natuyrmortni
bajarish metodikasi
Annatasiya. Qoʻyilgan natyurmortning asosiy gʻoyasini surat tekisligida tasvirlab
berish uchun, yaʼni natura bilan tasvir oʻrtasida toʻla oʻxshashlikka erishish uchun
tasviriy sanʼatning ifoda vositalari boʻlgan kompozitsiya, perespektiva, yorugʻ-soya
va rangshunoslik nazariyalarini puxta bilish va ularni amalda qoʻllay olish talab
qilinadi.
Kalit so’zlar: Natyurmort, surat tekisligi, tasvir, natura, tasviriy sanʼat, kompozitsiya,
perespektiva, yorugʻ-soya, dars.
Avvalo, qoʻyilgan natyurmortni diqqat bilan kuzatib, uni tahlil qilib olinadi.
Kompozisiyani ijodiy masalalari, asosan postanovka (natyurmort tuzish) qoʻyish
vaqtida hal yetilgan boʻladi yaʼni natyurmort qismlari oʻrtasida uzviy bogʻlanish
boʻlib, hamma narsa birgalikda, yaxlit boʻlib koʻzga yaqqol tashlanib turmogʻi lozim.
Lekin , unga har xil nuqtalardan qaraganda umumiy koʻrinishi ham, qismlarning
oʻlchamlari va nisbatlari ham oʻzgarib boshqacharoq koʻrinib qolganini sezamiz.
Demak, natyurmort tasvirining taʼsirchan boʻlishi va undan koʻzlangan maqsadga
toʻla yerishish uchun qoʻyilgan natyurmortga nisbatan yeng qulay va qiziqarli
koʻrish nuqtasini topish kerak. Buning uchun har hil joyga oʻtirib yoki turib, naturaga
yaqinlashib yoki uzoqlashib qarab koʻrish kerak boʻladi. Bunda har gal kuzatuvchi
koʻzlarning balandligi oʻzgarishi bilan birga ufq chizigʻi va koʻrish markazi oʻzgarib
turadi. Qoʻyilgan natyurmortga nisbatan yeng yaxshi koʻrish nuqtasini topib, ufq
chizigʻini shunga muvofiq belgilab olish muhim ish boʻlib, tasvirning umumiy
kompozisiyasi koʻp jixatdan unga bogʻliq. Natyurmort tasvirini surat tekisligida
toʻgʻri joylashtirish bir qator masalalarni hal yetishni talab qiladi. Shuning uchun
ishni boshlashdan oldin bir necha hajmli xomaki rasm bajarib koʻrish maqsadga
muvofiqdir.
Tasvirni qogʻoz yuzasida toʻgʻri joylashtirish masalasi hal boʻlgan har qanday
tasviriy sanʼat asarining poydevori boʻlgan chiziqli rasmni boshlasa boʻladi.
Qoʻyilgan natyurmortning umumiy holati, prinsiplari aniqlangach, qogʻoz yuzasida
uning umumiy oʻlchamlari yengilligi va balandligi yengil-yelpi chiziqlar bilan
belgilab chiqiladi. Har bir narsaning umumiy shakli qismlarning nisbiy oʻlchamlari va
va predmetlarning asoslari orasidagi masofalar ham ohista chiziladi. Bu ishlar
qalamni qogʻoz yuzasida tez-tez yurgʻazib, natyurmort bilan taqqoslab turib
bajariladi. Har qaysi predmetning oʻzicha shakli, kata-kichikligi, tutgan oʻrni aniq
boʻlgandan keyin, ularning tuzilishini tahlil qilib, sinchiklab kuzatib, u shakllardagi
perspektiv qisqarishlar kuzatiladi. Predmetlarning shaklini tahlil qilish chiziqli rasm
ishlashda gʻoyat maʼsuliyatli bosqichdir, chunki u rasm ishlovidan mantiiqiy fikr
yuritishni va obrazli tasavvur qilishni talab yetadi.
Predmetlarning surat teksligida joylashtirish vaqtida, albatta ularning asoslarini toʻla
chizib chiqish kerak. Bu tadbir har qaysi predmetning oʻrnini va alohida narsalar
oʻrtasida qolgan masofani toʻgʻri ifodalashga yordam beradi. Shunday qilinganda
baʼzi narsalarning “muallaq” boʻlib qolishi yoki bir narsaning ikkinchisiga oʻyib
kirgandek tuyulib qolishiga yoʼl qoʻymaydi.
Umuman, hajmdor narsalarning rasmini chizganda, ularni shishadan yasalgan tiniq
deb faraz qilib, uning koʻzga yaqqol koʻrinmaydigan jihatlarini ham bilinar-bilinmas
chizib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chiziqlar vositasida hajmlarning chegaralarini
belgilash bilan birga ularning shakllarini yanada aniqroq boʻlishiga yerishishning
yana bir yoʼli yirik shtrixlar bilan shaxsiy va tushuvchi soyalarni qoralab olishdir. Bu
tadbir narsalarning mutanosibligini yanada taʼkidlash va shakllarini aniqroq
tasvirlashga olib keladi.
Natyurmortdagi narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik tarzda tasvirlash
uchun ularning qay holatda turganini aniq chizish bilan bir qatorda perspektiva va
yorugʻ-soya qonunlarini puxta bilish va ularni amalda qoʻllash yuzasidan maʼlum
ishlar olib borish kerak boʻladi. Predmetlar shaxsiy va tushuvchi soyalarning
chegaralari topilgandan keyin, har bir narsaning yorugʻ soya, siyrak soyalari birma-bir
ranglar yordamida ishlab chiqishga oʻtiladi. Har bir narsaning hajmdorligi va
materialni haqqoniy qilib tasvirlash uchun natura bilan tasvirdagi soya, yarim soya va
reflekslarning nisbiy munosibligiga yerishishga harakat qilish kerak.
Buning uchun yesa natyurmortdagi yeng toʻq soya yorugʻ yerlarni aniqlab olib ana
shu yeng toʻq soyadan boshlash lozim. Ana shu paytda natyurmort rangiga xos
umumiy och toʻqlikni toʻgʻri aniqlash gʻoyatda muhim. Buning uchun natyurmort
yoniga bironta qop-qora narsa qoʻyib qaralsa, yeng quyuq soya ham unga nisbatan
oqishroq boʻlib koʻrinadi. Agar shu narsa natyurmort tarkibida boʻlganda, qoralashni
oʻshandan boshlash va qora qalamni bor imkoniyatidan foydalanish lozim boʻladi.
|