|
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati
|
bet | 1/5 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 50,52 Kb. | | #99871 |
Bog'liq Marketingda kommunikatsion siyosat
Marketingda kommunikatsion siyosat
Reja:
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati
Reklama va reklama vositalari
Marketingda sotishni rag‘batlantirish
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni rag‘batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma’noda siljitish – bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni ishontirish va o‘z faoliyati haqida ma’lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o‘rnatish va saqlab turishdir.
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz). Jamoatchilik bilan aloqalar – korxonaning va shu korxona tovarlarining ijobiy obro‘-e’tiborini (imidji) shakllantirish va ular haqidagi salbiy fikrlarni yumshatish orqali keng jamoatchilik bilan korxona o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlardir. Jamoatchilik deganda har xil tashkilotlar, aholi guruhlari, moliya idoralari, davlat idoralari, aholi qatlamlari, mahalliy hokimiyat sub’ektlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish korxonalari, ma’muriy, tijorat, ilmiy tashkilotlarning yutuqlari ularning keng jamoatchilik va iste’molchilar bilan aloqalarining qay darajada tashkil etilganligiga ko‘p jixatdan bog‘liq bo‘ladi. Keyingi paytda pablik rileyshnz keskin rivojlanmoqda va marketing tizimida salobatli firmalarning murakkab, samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlarini ishlab chiqaradagan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potensial xaridorlar doirasini kengaytirish , tovarlar xaqida atroflicha axborotga ega bo‘lish maqsadida ishlatiladi.
Pablik rileyshnzning bosh tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
axborotlarning to‘la va xaqiqiy bo‘lishiga erishish;
ma’lumotlarning oddiy va tushunarli bo‘lishini ta’minlash;
munosabatlarning ikkala tomon uchun ham qiziqarli bo‘lishiga erishish;
munosabatlarda o‘ziga bino qo‘ymaslik, bahosini ko‘tarmaslikni ta’minlash;
jamoatchilik fikrini bilish uchun vaqtni ayamaslik;
munosabatlarning har bir bosqichida ishonchlilikka erishish va boshqalar.
Pablik rileyshnzda iste’molchilarga axborotlarni yetkazish uchun turli xil axborot vositalari va kanalllaridan foydalaniladi. Quyidagi
1-chizmada ularning asosiylari ko‘rsatilgan.
|
| |