Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
12.3. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy 
bosqichlari 
Innovatsion jarayonlarni takomillashishi va rivojlanishida infratuzilmalarga 
birlashgan moliya-sanoat guruhlari, konsorsiumlar, strategik alyanslar hamda
loyihaviy moliyalashtirish va venchurli biznes alohida rol o‘ynashi kerak. 
Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik kompaniyalar
innovatsion axborotlarni kelib tushishining ko‘pgina vositali kanallaridan 
foydalanadilar, norasmiy tashkilotlarga keng murojaat qiladilar. Ammo juda ko‘p 
hollarda tadbirkorlar moliyaviy xavfsizlikni radikal yangiliklarning noaniqligi va 
tavakkalchi innovatorlarni mustaqilligidan afzal ko‘radilar. 
Loyihaviy moliyalashtirish va innovatsion fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya 
kompaniyalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, sug‘urta va lizing kompaniyalari 
yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasining muhim shakli yuo‘ladilar. Ammo
tijoart banklari, shu jumladan ixtisoslashgan investitsion va innovatsion banklar 
kerditlarning asosiy manbalari bo‘ladilar. 
O‘sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga
alohida rol ajratiladi, u iinovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida
sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy
mablag‘larni taqdim etish shartlari bo‘yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes
prinsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko‘ra, pioner 
(birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog‘langan. Microsoft va 
boshqa kabi yirik firmalar o‘zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga 
qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab 
chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Fan va texnologiyalarning yorib o‘tuvchi yo‘nalishlaridagi yaqqol o‘ziga jalb
qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha
tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni
rivojlanishining ikkita tendensiyalarida namoyon bo‘lganlar: uni Yaponiya, 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida inkorellyatsiyalanganligi (o‘z tarkibga qo‘shib
olganligi va AQShda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni
ta’sis etganligi)da. 1980 yillarda OO‘Y, kakdemik fan, davlat va xayr-ehson 
fondlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari bilan bog‘liq venchurli va innovatsion 
fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo AQSH venchurli sarmoyasining 90 %ga 
yaqini 2-3 yangi firmalarning birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Bu fan, 
texnika va biznesning mashhur “avangard turi”dagi korxonani tashkil qilishga
qodir vakillarini jalb qilishga imkon bergan. Ammo bularning barchasi tadqiqotli


va venchurli loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga yordam berolmagan. 
Birgalikdagi davlat, institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan. 
Keyingi o‘n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni 
moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. 
Dastavval investitsiyaon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash
deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun kqpgina turli tumanliklarga 
ega. 
Jahon amaliyotida qabul qilingan innovatsion faoliyatni
moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllari 12.2-jadvalda berilgan. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish