mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini
yaxshilash;
texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
jihozlarni modernizatsiyalash;
bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari;
ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda
ishlab chiqarish
sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab
chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish
kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi
mumkin. Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan,
bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi rasmiy
hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan.
Ularga quyidagilar kiradi:
kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha
Namunali (Tipovaya) metodika;
xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik
tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
korxonalar
va
ishalb
chiqarish
birlashmalari
boshqaruvining
avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi;
boshqaruvning avtomatlashtirilgan sistemasi samaradorligini (GOST–
24.702.85).
mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni Rot bo‘yicha tadbir-choralarning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini
aniqlash uchun vaqtinchalik
metodika.
Undan tashqari, tarmoq vazifalari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha
tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlash mumkin.
Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga
oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika samarali
yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash va baholash
kerak.
U qanday qilib aniqlanadi?
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida, ilmiy-
tekshirish
institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli tadbirlarni avvalgi
yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan turli
ko‘rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqarish hamda
ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik
quyidagicha aniqlanadi:
S
А
П
а
Э
2
2
1
3
3
Bu yerda: 3
1
va 3
2
– mavjud va yangi texnika yordamida mahsulot birligini
ishlab chiqarish xarajatlari (keltirilgan xarajatlar);
a – yangi texnikaviy vositalarning sifatini, nisbiy afzalligini ifodalovchi
koeffitsiyent bo‘lib:
н
н
E
P
Q
E
P
Q
а
2
1
1
2
bu yerda: Q1 va Q2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar birligi yordamida
yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Р1 va Р2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar qiymatidan ularni tiklash
uchun ajratmalar salmog‘i;
П – yangi texnikadan foydalanish davrida erishiladigan samaradorlik. U
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
H
H
E
P
K
K
E
U
U
П
2
1
1
1
2
1
2
1
1
bu yerda: U
1
1
va
U
1
2
- mavjud va yangi texnikadan foydalanish davridagi
joriy xarajatlar;
К
1
1
va
К
1
2
– mavjud va yangi texnikadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
kapital qo‘yilmalar;
Е
н
– kapital qo‘yilmalarining norma darajasidagi samaradorlik koeffitsiyenti
(0,15);
А
2
– yangi texnika joriy etilgandan keyin uning yordami bilan ishlab
chiqariladigan mahsulot hajmi;
S – yangi texnikani loyihalashtirish xarajatlari.
Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy
samaradorlikni aniqlash
tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar xalq xo‘jaligida
yangi texnikadan, ixtirochilik va ritsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Bu metodikaga binoan iqtisodiy samara quyidagi formula yordami bilan
ifodalanadi:
хА
Х
Х
C
2
1
2
,
bu yerda: С – yillik iqtisodiy samara, so‘m;
Х
1
va Х
2
– yangi texnika yordami bilan tayyorlangan mahsulot birligiga
sarflangan keltirilgan xarajatlar (Т=Е
н
х К);
А
2
–hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotning
yillik hajmi.
Yangi texnika va texnologiyaning iqtisodiy samaradorligini rejalashtirish va
bashorat qilishda uning bir qator asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, jumladan
foydaning ko‘payishi, mehnat unumdorligini oshishi mehnat, moddiy va kapital
sig‘imining
pasayishi, mahsulot tannarxining kamaymshiga ta’sir etishi hisobga
olinadi. Masalan, yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga olinadigan rejali
foydaning ko‘payishi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bunda
Ф
t
- kelgusi davrda foydaning oshishi (so‘m hisobida);
Б
t
va Т
t
korxona ulgurji bahosi va yangi mahsulot birligining ishlab chiqarish
tannarxi;
Б
1
va Т
1
–korxona ulgurji bahosi va almashtiriladigan mahsulotning yangi
texnikani joriy etilgungacha bo‘lgan yildagi tannarxi (so‘m hisobida);
А
t
va А
1
– kelgusi davrda ishlab chiqariladigan yangi mahsulot va yangi texnikani
joriy etishgacha bo‘lgan yildagi almashtiriladigan maxsulotning xajmi (so‘m
hisobida).
Yangi texnikaning samaradorligini hisoblash va tahlil etish uning ijtimoiy
natijalari va oqibatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga, mehnat
sharoitlarini yaxshilish, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash, xodimlarning bilimi va
ilimi hamda malmkasini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish,
inson faoliyati
uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish kiradi.