• Uzoq muddatli aktivlar”; “ Joriy aktivlar”.
  • 0‘z mablag‘lari manbalari”; “ Majburiyatlar ”.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Moliyaviy hisobotlarda buxgalteriya balansi




    Download 36.46 Kb.
    Sana19.04.2023
    Hajmi36.46 Kb.
    #52644
    Bog'liq
    Moliyaviy hisobotlarda buxgalteriya balansi
    rt 256, 1-topshiriq, 3.4-шакл №9 Высокочувст., 3.4-шакл №8 Новый фото, Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov, 5-мавзу Маъруза матни, Toshtemirov Asadbek, moliya

    MOLIYAVIY HISOBOTLARDA BUXGALTERIYA BALANSI.

    Davlyatshayev Akmal Ashurmamatovich


    Farg’ona Politexnika Instituti, DcS
    Normatova Madinaxon Ibrohimjon qizi
    Farg’ona Politexnika Instituti, magistrant


    Annotatsiya: ushbu maqolada moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri buxgalteriya balansi va uning tuzilishi haqida so’z yuritilgan
    Kalit so’zlar: moliyaviy hisobot, balans, aktiv balans, uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, passiv balans, majburiyatlar.
    Hozirgi kunda mamlakatimizning har bir jabhasida yangiliklar, innovatsiyalar olib borilmoqda. Birgina tadbirkorlikka e’tibor juda kata. Kichik biznesdan tortib katta ishlab chiqaruvchi firmalargacha yangi qaror va imtiyozlar yaratilmoqda. Shu navbatida tadbirlorlik qilishda ham katta mashaqqat yotadi. Uni qonuniy yurgizish, moliyaviy hisob-kitob ishlarini to’g’ri olib borish har bir tadbirkorning vazifasidir. Bunga qonunchiligimizda belgilab qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997 yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i yaqqol dalildur. Unga asosan “Tadbirlotlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lganlar hususiy mulk shaklidan qat’i nazar, yagona shakl bo’yicha balans tuzadila”. Bu o’z navbatida tashkilotdagi foyda va zararni keraklicha aniqlab, qonun ustuvorligini taminlab beradi.
    Moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllaridan biri korxonaning buxgalteriya balansi hisoblanadi. Balans (balance – fransuzchadan tenglashish, muvozanat) – korxona moliyaviy resurslarini paydo bo’lish omillarining ularni joylashtirish omillariga tengligidir. Bunda korxona moliyaviy resurslarini paydo bo’lish omillari – balans passivi deyilsa, korxona moliyaviy resurslarini joylashtirish omillari esa – balans aktivi deyiladi.
    Buxgalteriya balansi korxonaning hisobot davridagi moliyaviy ahvoli bo’yicha muhim ma’lumotlar manbayidir. Uning yordami bilan mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daromadliligi, muomaladagi mablag’larning aylanishi, debetor va kreditor qarzdorlikning ahvoli va o’sib borishi aniqlanadi. Manfaatdor foydalanuvchilar buxgalteriya balansi ma’lumotlarini o’rganib, korxonaning nimalarga ega ekanligi, uning imkoniyatlari qandayligi, mulkdan qanday foydalanishi, to’lovlarga qurbi yetish-yetishmasligini aniq bila oladi.
    Buxgalteriya balansi - muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy gumhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir. Buxgalteriya balansi muayyan davrdagi kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va ustav kapitalini umumlashtirib beruvchi moliyaviy hisobotdir.
    Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlaming o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi. Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag jami joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.
    Bug’galteriya balansi tuzilishi bo’yicha jadval ko’rinishida bo’ladi. Uni ikkiyoqlamali balans deyiladi.



    Korxona balansi


    10.01.2022y



    namuna

    Aktiv va passiv qiymatlar ayni bir xil narsalar bo’lib, ya’ni korxonaning mulklari hisoblanadi. Faqat turlicha guruhlarda aks ettirilgan. Har bir turdagi mukl korxonaga biron-bir manba hisobidan kelib tushadi. Shuning uchun aktiv va passivlarning umumiy miqdori teng bo’lishi kerak.


    Balansli tenglmalarning umumiy ko’rinishi quyidagi sxema tarzida bo’ladi:

    Aktiv = Xususiy kapital + Majburiyat = Passiv

    Bunda:
    Aktiv – joylashuv omili;
    Passiv – paydo bo’lish omili;
    Balans aktivlari –korxona ixtiyoridagi foydalanish oqibatida kelajakda foyda kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy resurslar.
    Aktivlar esa xo’jalik yurituvchi subyektning moddiy pul mablag’lari hamda debitorlik qarzlari va moddiy bo’lmagan lekin qiymat narxiga ega mulklarning qo’shilgani. Xo’jalik yuritivchi subyektlarning aktivi avval amalga oshirilgan bitim yoki boshqalarning natijasi bo’ladi. Masalan: aktiv boshqa aktivga almashtirilishi, majburiyatlarni bajarish uchun ishlatilishi, mulk egalari orasida taqsimlanishi mumkin.
    Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o ‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventarlar va boshqa tashkilotlaming ulushi sifatidagi investitsiyalami qamrab oladi. Aktivlar ma’lum bir shaxs, biznes tashkilot yoki mamlakat tomonidan egalik qilinadigan hamda kelgusida iqtisodiy foyda keltiruvchi iqtisodiy qiymatdir.
    Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

    • Uzoq muddatli aktivlar”;

    • Joriy aktivlar”.

    Uzoq muddatli aktivlar qismida asosiy mablag’larning va nomoddiy aktivlarning qiymati uzoq muddatli investitsiyalar yig’indisi, qurilmalar jihozlari, kapital jamg’armalar, uzoq muddatli debitor qarzlar va uzoq muddatga kechiktirilgan xarajatlar ochib berilishi kerak. Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar boshlang’ich qiymat, ishlatib bo’lmagan yig’indilarida, qoldiq qiymatda ochib berilishi kerak. Uzoq muddatli investitsiyalar qimmatbaho qog’ozlar qiymati, tarmoq xo’jalik jamiyatidagi investitsiyalar yig’indisi, korxonadagi chet el kapitali investitsiyasi va boshqa uzoq investitsiyalar bo’yicha ochib berilishi kerak.
    Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari joriy aktivlar deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitor qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatli investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
    Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:

    • 0‘z mablag‘lari manbalari”;

    • Majburiyatlar ”.

    Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi ishtirokchilar va kreditorlaming da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi.
    Balans passive – korxonada xususiy mablag’lar va majburiyatlardan iborat manbalardan tashkil topgan mablag’lar paydo bo’lish omillari. Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotda balanslarni umumlashtirish sohasidagi nazariy tadqiqotlarda boshqaruvning ikkita asosiy sxemasi yoritib berilgan. Bular:
    - balansli boshqaruv;
    - balanslarni capital boshqaruvidir.
    Xususiy kapital barcha qarzlar va majburiyatlar to‘langandan so‘ng umumiy aktivlaming balans qiymatidan iborat. Bu balans biznes tashkiloti tomonidan boshqariladi. Buxgalteriya balansi yordamida korxona mablag‘larining joylanishi va ulaming tashkil topish manbalarining bir-biriga tengligi ta’minlanadi, ya’ni balans summasi aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
    Hozrigi kunda buxgalteriya balansining shakli 0‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Yuqorida keltirilgan 1997 yilgi qaror qayta takomillashtirildi. Bunga ko’ra, 2002-yil 27-dekabr №140 sonli buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar (bank, sug'urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari) yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997 yil 15-yanvardagi №5 sonli, 2002-yil 27-dekabr №140 sonli buyruqlari

    2. A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov “Buxgalteriya hisobi” darslik. “Iqtisod-Moliya” nashriyoti Toshkent-2019

    3. S.Yuldasheva, I.Masteyeva, B.Maxkamov “Buxgalteriya hisobi asoslari” o’quv qo’llanma. “Sharq” nashriyoti Toshkent -2007

    4. www.ziyouz.com

    Download 36.46 Kb.




    Download 36.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moliyaviy hisobotlarda buxgalteriya balansi

    Download 36.46 Kb.