5- ma’ruza: Mavzu. Tajribani rejalashtirish. Passiv va aktiv tadqiqot ishlari. Tadqiqot ishlarini rejalashtirish. Reja




Download 15,63 Kb.
Sana13.12.2023
Hajmi15,63 Kb.
#117950
Bog'liq
5 (1)


5- ma’ruza:
Mavzu. Tajribani rejalashtirish. Passiv va aktiv tadqiqot ishlari. Tadqiqot ishlarini rejalashtirish.


Reja:
1. Matmatik modellarni qurish usullari.
2. Chiquvchi va kiruvchi faktorlarni tanlab olish.
3. Bir faktorli va ikki faktorli eksperiment.
Matematik modellarini tajribaviy usulda qurilishi “passiv” va “aktiv” tajriba kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. “Passiv” tajribada texnologik jarayon tо‘g‘risidagi ma’lumotlar kо‘rilayotgan obyektni normal holatda ishlash vaqtidagi natijalardan foydalaniladi.
“Aktiv” tajribada esa kiruvchi faktorlarni qiymatlarini planlashtirish matritsasi yordamida о‘zgartirib xar xil natijalar olinadi va tajriba natijalarini qayta ishlash natijasida modellar quriladi.
Ilmiy izlanish olib borilayotganda chiquvchi va kiruvchi parametrlari tanlab olish katta ahamiyatga egadir. Chiquvchi parametrlar sifatida, odatda izlanish obyektini va olinayotgan mahsulotni sifatini xarakterlovchi texnik-texnologik kо‘rsatgichlar (fizikaviy, mexanikaviy, fizik-kimyoviy), texnik-iqtisodiy (ish unumdorligi, chidamligi, uzoq ishlashi), iqtisodiy (mashinalarning ish unumdorligi, foyda, xarajatlar), statistik kо‘rsatgichlar (dispersiya, variatsiya koyeffitsiyenti va h.z) olinadi.
Kiruvchi parametrlar esa izlanish obyektini sifat va miqdoriy kо‘rsatgichlarini ifodalab, texnologik jarayonga ta’sir etuvchi о‘zgaruvchi faktorlardir.
Agar tajriba bitta kiruvchi parametr asosida olib borilsa bir faktorli ekspriment, ikki va undan ortiq kiruvchi parametrlar asosida о‘tkazilsa kо‘p faktorli ekspriment deyiladi.
Kо‘p faktorli tajribada faktorlar bir-biriga bog‘liq bо‘lmasligi va о‘zaro birgalikda bо‘lishligi kerak.
Kiruvchi parametrlarning о‘zgarish oralig‘ini tо‘g‘ri aniqlash ham katta ahamiyatga egadir:
( )
Bunda jarayonning fizik xususiyatlariga va oldin olib borilgan ilmiy izlanishlarga asoslanadi.
Nazariy usullarda qurilgan modellar kо‘p hollarda xisobiy formulalar, algebraik tenglamalar, algebraik tenglamalar sistemasi, oddiy differensial tenglamalar, xususiy xosilali differensial tenglamalar va ularning sistemalari va hakozo kо‘rinishlarida bо‘lishi mumkin.
Download 15,63 Kb.




Download 15,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5- ma’ruza: Mavzu. Tajribani rejalashtirish. Passiv va aktiv tadqiqot ishlari. Tadqiqot ishlarini rejalashtirish. Reja

Download 15,63 Kb.