• 12.2. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etish usullari
  • Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/43
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #104874
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
    Ximiyalashtirish – bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida ximiya 
    fanining barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha 
    jarayonlariga ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta ishlashning 
    ximik usullarini joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish yordami bilan oldindan 
    belgilangan xususiyatli xomashyo materiallarni tayyorlash mumkin. Masalan, 
    bo‘yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik tola, plastmassalar va h.k. 
    O‘zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega. Bu yerda 
    O‘zbekiston FA va 400 dan ortiq ilmiy- tadqiqot muassasasi tashkiloti bo‘lib, ularda 
    fan-texnika taraqqiyotining fundamental va amaliy muammolari tadqiq qilinadi, 
    xususan, sanoat ishlab chiqarishiga uning ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash 
    borasida ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatiladi. 
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatiga xorijiy mamlakatlarning fan va 
    texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda 
    katta e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv jarayoni kechayotgan 
    bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib bormoqda va hozirgi paytda 
    dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga aylanmoqda. 
    12.2. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etish usullari 
     
    Innovatsion strategiyaning mohiyati, uning korxona umumiy strategiyasi 
    bilan aloqasi. Bozor munosabatlari qanchalik keng tarqalgan bo‘lsalar, shunchalik 
    ravshanki, tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobat afzalliklari ular tomonidan 
    tanlangan strategiya va uni amalga oshirishning muvaffaqiyatiga yaqinroq 


    bog‘liqlikda bo‘ladi. Shuning uchun korxona strategiyasiga borgan sari kattaroq 
    e’tibor qaratiladi. Uning umumiy yaxlitligida u bir necha elementlarning summasi 
    sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ular orasida – tadbirkorlik, ishlab chiqarish, 
    ilmiy-texnik, marketing va innovatsiya bor. Oxirgisining mohiyati shundan iboratki, 
    u strategiyaning qolgan barcha elementlarini belgilangan ma’noda “yutib yuboradi”: 
    Ulardan har biri sapchish bilan “ma’qullangan” yangiliklar, ya’ni innovatsiyalardan 
    foydalanish imkoniyatiga egalar. Ushbu nuqtai nazardan innovatsion strategiyani 
    tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan hal qilinadigan muammolarning butun doirasi 
    uchun tayanch sifatida ko‘rib chiqish to‘g‘ri bo‘ladi. 
    Korxona strategiyasi ilmiy - texnik taraqqiyotni boshqarish strategiyasini 
    shakllantiradi va yo‘lga soladi, ya’ni innovatsion faoliyatning roli, o‘rni, bazasi va 
    ma’nosini belgilab beradi. O‘z navbatida innovatsion strategiya korxona 
    strategiyasini chuqurlashtiradi, aniqlab beradi va amalga oshishiga ko‘maklashadi. 
    U yana maqsadlarga erishish va milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan korxona 
    tashqarisidagi ustuvorliklarni qo‘yishga yordam beradi, masalan: 

    resurslardan ratsional foydalanishga; 

    yuqori samarali va qulay sotsial – iqtisodiy natijalarga erishishga; 

    ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlarining barcha 
    tarmoqlarida va butun “Fan. Tadqiqot. Konstruktorlik ishlari – tajribaviy ishlab 
    chiqarish foydalanishga kiritish” davrasi bo‘yicha vaqt va ham ishlarni amalga 
    oshirishning ratsionalligi va sifati nuqtai nazaridan yangilik kiritishlarning 
    tejamkorligiga va amalga oshirilishiga erishish. 
    Korxonaning umumiy strategiyasi va ilmiy – texnik taraqqiyot sohasidagi 
    strategiya o‘rtasidagi aloqa, hammadan avvalo, yangi mahsulotni tadbiq etilishi va 
    ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zgarishlarda amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik 
    yangiliklar sohasidagi strategiya korxonada uning faoliyati muammolarining butun 
    majmuasi bilan uzluksiz bog‘liq qayta ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanishi 
    strategiyasi doirasida amalga oshiriladi. Yangi mahsulotni tadbiq etish strategiyasi 
    korxona nimani, qachon va qanday, qanday texnik – iqtisodiy darajada, hamda 
    qanday sharoitlarda ishlab chiqarishini belgilab beradi. U rezervlardan talablar 
    darajasini oshirib, ularni bajarishning asosiy yo‘llarini ratsionallashtirgan holda, 
    qachon va qanday foydalanishni ko‘rsatadi. Yangilik kiritishlar strategiyasini 
    umumiy strategiya konteksti bilan qanday munosabatlarda bo‘lishi, bu yangiliklar 
    ajratilgan holda vujudga keladilarmi, bular juda muhimdir. Bu holda ularni hayotga 
    iqtisodiy tadbiq etilishi ularni paydo bo‘lishi bosqichidayoq buzilish xavfi ostida 
    bo‘ladi. 
    Innovatsion strategiya korxonadagi qayta ishlab chiqarish jarayonini 
    rivojlanishining, uning sifatiy ta’riflari nuqta nazaridan samarali dinamikasini 
    ta’minlaydi. U umumiy strategiyada dvigatel rolini o‘ynagandek bo‘ladi. Bir qator 
    sanoati rivojlangan mamlakatlarda xuddi innovatsion strategiya korxonaning 
    raqiblar, iste’molchilar, yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini ta’riflaydi. 
    Korxona umumiy strategiyasining turi uncha bog‘liqdir. 
    Demak, innovatsion strategiya yo‘nalishlarini belgilash, istiqbolli 
    rivojlanishning ustuvorliklarini tanlash, korxonani rivojlanishi va sanab o‘tilgan, 


    maqsadlarga erishish uchun tadbirlar majmuasiga talablarni ishlab chiqish bo‘yicha 
    maqsadga qaratilgan faoliyatdan iborat bo‘ladi. 
    Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish. Innovatsion strategiya, 
    korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik 
    vazifalar portfeli va bu vazifalarning o‘zlarining bir birlari bilan bog‘lovchi har xil 
    bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan iborat 
    bo‘ladi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo‘lish yetarli 
    emas, u raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo‘lishi 
    orqasidan e’tibor bilan kuzatishi va ularni o‘z firmasiga tadbiq etishni rejalashtirish 
    kerak. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud. 
    Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni 
    tanlash rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa 
    shakllarini o‘tkazishni belgilab beradi. 
    Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaydi: 
    1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb 
    ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan 
    foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid 
    qilish, istiqbolsiz sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion 
    takliflar majmuasini shakllantirish amalga oshiriladi. 
    2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo‘yiladi: tashqi omillar 
    (iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni 
    o‘zgarishiga samarali moslashishni ta’minlash. 
    Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan 
    boshlanadi. Maqsadni qo‘yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan 
    aloqalarida muhim rol o‘ynaydi. 
    Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak: 

    firma faoliyatining asosiy yo‘nalishi; 

    tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste’molchiga munosabat, 
    ishga doir aloqalarni olib borish tamoyillari); 

    tashkilotning madaniyati, uning an’analari, ishchi muhit; 

    “sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish. 
    Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g‘oyatda dolzarb bo‘ladi. 
    Tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta’sir 
    ko‘rsatadi. Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat, bozor, 
    texnologiya, raqobatdir. Shuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va ularning 
    bozordagi o‘rinlari (bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni 
    aniqlash zarur, raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o‘rganish va 
    ularning natijalarini shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish raqobat kurashi 
    strategiyasini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga imkon beradi. 
    Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni 
    aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
    Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning 
    boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul qiluvchi 
    rahbarlari o‘zlarini yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik 


    bog‘langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik 
    kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo‘llab quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda 
    tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning maqsadiga muvofiq 
    strategiya shakllantiriladi. 
    Innovatsion strategiyaning turlari va tanlanishi. Firmaning bozordagi yangilik 
    kiritishlar strategiyasi hujumkor va himoyaviy xarakterga ega. Kompaniya odatda 
    muvofiqlashtirilgan bozor tomonida ta’riflanuvchi innovatsion strategiyalarning 
    o‘zining majmuasiga ega. Bunday majmua o‘z ichiga ham xatarli (hujumkor) va 
    ham xavfsiz (himoyaviy) strategiyalarni oladi. 
    Hujumlar strategiya bozorning belgilangan segmenti va sotish sohasidagi 
    innovatsiyalar nuqtai nazaridan yetakchi korxona bo‘lishga harakat qilish va 
    bo‘lishni bildiradi. 
    Kompaniya tomonidan yangilik kiritishlarni faol qidirib topish va ishlab 
    chiqishga 
    qaratilgan 
    hujumkor strategiyani xo‘jalik faoliyatining ham 
    o‘zlashtirilgan va ham uning uchun yangi sohalar sifatida qabul qilish tashkiliy 
    tuzilmadagi katta o‘zgarishlarni taqazo qiladi. 
    Innovatsiyalarning tashabbuskorlari oshirilgan xatar sharoitida ishlashdilar, 
    ammo ta’sis etuvchi xarakterga esa yangilik kiritishlarni muvaffaqiyatli amalga 
    oshirilishida ishlab chiqarishning o‘rtagacha nisbatan pastroq salmoqli harajatlariga 
    ega yangi raqobatbardosh mahsulot portfelini mavjudligida aks ettiriluvchi 
    “iqtisodiy mustahkamlik” zahirasi mavjud. 
    Ammo sanoati rivojlangan mamlakatlar firmalarining amaliyoti darak 
    berishiga, odatda hatto yirik va qudratli korxonalar ham tovarlar turlarining keng 
    doirasida tajovuzkor strategiyadan foydalana olmaydilar va tavakkalchilik 
    qilmaydilar. Qoidaga ko‘ra, faqat u tovarlarning bir yoki bir necha alohida olingan 
    turlariga nisbatan, uni o‘tkazish uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lgan holdagina 
    qo‘llaniladi. 
    Hujumkor strategiya mavqeini egallash va saqlab qolish ma’nosida judayam 
    murakkabdir. U o‘zini ishlab chiqarishning korxona resurslarini jamlagan munosib 
    istiqbolli sohasini tanlashda oqlaydi. Faoliyat sohasi (segment) ni to‘g‘ri tanlash 
    yangi mahsulot bilan yorib o‘tish, tor sohada innovatsiyalarni amalga oshirishga 
    yuqori xarajatlari to‘sig‘ini yenchib chiqishni strategik rejalashtirish imkoniyatini 
    beradi. Nisbatan qisqa davr (ikki – uch yil) davomida bu sohada korxona ustuvorlik 
    qilishi, ilg‘or o‘rinlarni ushlab turadi. Keyinchalik, raqiblik qiluvchi korxona ushbu 
    tovarlar iste’molchilarining keng darajasini egallashga harakat qilgan vaqtda unga 
    yo boshqa samarali innovatsiyalarni qayta mo‘ljallash, yoki qat’iy raqobat 
    sharoitlarida sotish bozorlari uchun kurashga kirishga to‘g‘ri keladi. 
    Firma faoliyatining tanlab olingan umumiy strategiyasidan kelib chiqqan 
    holda, bozorda mahsulotga nisbatan strategiya tanlanadi. Uning mohiyati firma 
    imkoniyatlarini bozordagi vaziyatga muvofiqlashtirishdan iborat, ya’ni ichki muhit 
    tashqi muhitga o‘xshash bo‘lishi kerak. Strategiyalar har xil bo‘lishlari mumkin, 
    asosiysi – har bir aniq bozor va tovar uchun munosibini tanlashdir. 
    Hujumkor – tajabbuskor yondashishning quyidagi bazaviy strategiyalarini 
    ajratish mumkin. 


    1.Xarajatlar bo‘yicha afzalliklarga erishish. Bu holda kompaniyaning siyosati 
    arzonroq ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hisobiga raqobat afzalligiga 
    erishishdan iboratdir. Masalan, qimmat turuvchi birga bo‘luvchi xizmatlardan voz 
    kechish, ishlab chiqarishda mahsulotlarning arzonroq modellarini yaratish, arzonroq 
    texnologiyalardan foydalanish hisobiga. Bunday strategiyada firma keng bozor va 
    tovarlarning katta miqdorini ishlab chiqarishga qaratiladi. Ommaviy ishlab chiqarish 
    solishtirma xarajatlarni limitlashtirish va past narxlarni o‘rnatishga imkon beradi. 
    Bu pirovardida raqiblarga nisbatan foydaning yuqori ulushiga ega bo‘lish, tannarxni 
    o‘sishiga tezkor javob qaytarish narxlar darajasini mo‘ljallovchi iste’molchilarni 
    jalb qilish imkoniyatini beradi. Shuning bilan birga, bunday strategiya yetarlicha 
    moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan firma uchun g‘oyatda xavfli bo‘lishi mumkin, 
    chunki u mahsulot iste’molchilari sonini vaqtincha kamayishi va raqiblar bilan 
    narxli kurashga olib kelishi mumkin. 
    2. Bozorning aniq segmentiga mo‘ljallangan strategiya. Ushbu holda firma 
    bozorning o‘ziga xos segmentini ajratadi va past narxlar va noyob takliflar yo‘li 
    bilan o‘ziga xos iste’molchilarga mo‘ljallangan bir necha asosiy tovarlarga harakatni 
    jamlab va raqiblar qanoatlantira olmagan bozorga xizmat ko‘rsatishda alohida 
    obro‘ni yaratish bilan, xarajatlarni nazorat qiladi. Mahsulotga noyoblikni berish, 
    hammadan avval, raqib mahsulotlariga nisbatan uning sifati va o‘ziga xos iste’mol 
    xususiyatlarini oshirish hisobiga amalga oshiriladi – masalan, kompaniyaning 
    yetakchilik holatiga mahsulotlarni, raqiblik qiluvchi firmalar to‘liq darajada taqdim 
    eta olmaydigan birga bo‘luvchi xizmatlarga ega majmualarni sotish hisobiga 
    erishiladi. Muhim jihati o‘z mahsulotini “uni bozorda tanib olinishni ta’minlash 
    bilan haqiqiy ajratilishi” bo‘yicha harakatlarni birlashtirishdir. Bunda ushbu 
    mahsulotning sifat yo kompaniyaning o‘zining nomi bilan yoki ushbu mahsulot 
    uchun maxsus ishlab chiqilgan savdo markasi bilan o‘zao bog‘lanadi. 
    3. Yangi bozorlarni mo‘ljallash. Bir vaqtda yangi tovarlarni ishlab chiqish va 
    yangi mintaqalarni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu eng xatarli va qimmat 
    strategiya, ammo xuddi u korxonaning beqaror tashqi muhitdagi barqarorligini 
    ta’minlaydi. Firma o‘zining raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishi mumkin 
    bo‘lgan faoliyat sohasini aniqlashga harakat qiladi. 
    Ushbu strategiya doirasida bir qator variantlar ko‘zdan kechiriladi: 

    Xatarning kichik ulushiga ega firma fundamental ishlovchi, aniq bir 
    yerga jamlangan strategiyaga suyangan holda, muvaffaqiyatga erishish 
    imkoniyatiga ega; 

    Bozorning katta ulushini nazorat qiluvchi firma umumiy xarajatlar 
    bo‘yicha afzalliklar natijasida raqiblardan o‘zib ketishi mumkin. 

    Jiddiy ilmiy – texnik salohiyat va moliyaviy imkoniyatlarga ega firma 
    har 
    tomonlama 
    rivojlanish 
    strategiyasini 
    qo‘llab, 
    o‘z 
    tovarlarning 
    raqobatbardoshligini ta’minlashi mumkin. 
    Innovatsion faoliyatda o‘z raqiblaridan o‘zib ketishi va bu o‘zib ketishni 
    o‘stirishni mo‘ljalli zamonaviy bozorda katta afzallikka erishuvchi firmalar 
    tajovuzlar bozor harakatlari strategiyasining asosi bo‘ladi. 


    O‘rtacha hujumlar strategiya “ikkinchi eng yaxshi ishlab chiqaruvchi”, ba’zi 
    bir hollarda bevosita yetakchi firmadan keluvchining mavqeni ta’minlaydi. Odatda 
    uni, yana faoliyatning ba’zi bir turlarida, qudratli va yirik firmalar qo‘llaydilar. 
    Bu strategiya boshqaruv nuqtai nazaridan murakkabdir, chunki doimiy 
    ravishda muvaffaqiyatga da’vogarlar guruhida ikkinchi o‘rinni saqlab qolish, 
    samarali innovatsion siyosatni o‘tkazish zarur. 
    O‘rtacha hujumkor strategiya keng iste’molchiga mo‘ljallangan (ommaviy 
    sotish, natijada katta daromad), shuning bilan bir vaqtda faol hujumkor strategiya 
    murakkab innovatsiyalarga haq to‘lay oladigan ilg‘orroq iste’molchilar bozorlarida 
    yuqori rentabellikni ta’minlashga qaratilgan. 
    Mudofaa strategiyasi o‘rtacha korxonaning, ba’zi bir hollarda raqobat yo‘qligi 
    sababi (masalan, ba’zi bir sohalardagi raqobat uchun imkoniyat bo‘lmagan yakka 
    hokimlik holati) bo‘yicha sotish qiyinchiliklarini yecha olmaydigan korxonaning 
    mavqeini saqlab qolishga qaratilgan. 
    Ushbu strategiyadan foydalanuvchi korxonalar odatda tadqiqotlar va 
    ishlamalarda ba’zi bir hollarda innovatsion faoliyatdagi ilg‘or o‘rinlarni egallash va 
    saqlab qolish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarda katta darajada tejamkorlik qiladilar. 
    Ular ushbu sohadagi ilg‘or korxonalarning tajribasi va yutuqlarini qabul qilishning 
    har qanday imkoniyatlaridan foydalanadilar, buning natijasida mahsulot ishlab 
    chiqarishni o‘zlashtirishga o‘z harajatlarini maqsadga qaratilgan holda 
    pasaytiradilar. 
    Mudofaa strategiyasini qo‘llash odatda ishlab chiqaruvchiga bozorda 
    mustahkamlanib qolishga kamroq imkoniyat beradi, unda hujumkor strategiyaga ega 
    ishlab chiqaruvchilar to‘siqlar va kamsitishlarsiz o‘z mahsulotlarini sotishlari 
    mumkin. Agar hatto “himoyalanuvchi” ishlab chiqaruvchi bunday bozorga kirishga 
    harakat qilsa ham, u sotishning belgilangan sohasi (faraz qilamiz rivojlanayotgan 
    mamlakatlar bozori) tomonidan taqdim etilayotgan boshqa imkoniyatlardan 
    foydalanishi mumkin. Ba’zi bir korxonalar ichki bozordagi yakka hukmronlik 
    sharoitlarida bu strategiyadan muvaffaqiyatli foydalanadilar. 
    Qoldiqli strategiyaning mohiyati egallab bo‘lingan bozorda innovatsion 
    jihatdan o‘rtacha yoki hatto qoloq mahsulotlar bilan mustahkamlanib qolishga 
    intilishdan iboratdir. Odatda u ushbu bosqichda innovatsion faoliyatning ushbu 
    uchastkasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi raqobat kurashidan chiqqan vaqtda 
    harakat qiladi. Ba’zida, asosan kichik korxonalar uchun endi yirik ishlab 
    chiqaruvchilarni jalb qilmaydigan qoldiqli talabdan foydalanish bo‘ladi. Buning 
    uchun tadqiqotlarga va o‘zlashtirib bo‘lingan yutuqlarni tadbiq etish uchun kichik 
    xarajatlar zarurdir. 
    Qoldiqli strategiyadan foydalanish (masalan, mamlakat mahsulotlarini xorijiy 
    bozor tomon harakatlantirish) ko‘pgina holllarda oson ish emas. Raqobatni 
    yetarlicha baholay olmaslik yoki vaqtni noto‘g‘ri belgilash (oldinga chopib ketish 
    yoki judayam uzoq orqada qolish) sotishda yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Har 
    xil holda qoldiqli strategiyadan foydalanish vaqtli doiralar bilan chegaralangan va 
    sotish sohasidagi yuqori ehtiyojni ko‘zda tutadi (masalan, boshqa firma 
    mahsulotlarining o‘zlashtirib bo‘lingan navlarga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda 
    tez qayta mo‘ljallanish yoki konservativ iste’molchilar bilan ishlash). 


    Tabiiyki, xo‘jalik amaliyotida bayon qilingan strategiyalarning har xil 
    modifikatsiyalari mavjud. Ammo shubha yo‘qki, har bir alohida korxona ishlab 
    chiqarishning alohida sohalari va turlar va mahsulotlarning navli guruhlari uchun 
    har xil innovatsion strategiyalarni parallel ravishda qabul qilishlari mumkin. 
    Korxona rivojlanishining samarali innovatsion strategiyasini tanlash jarayoni 
    innovatsion faoliyatning har xil turdagi yangilik kiritishlarida namoyon bo‘luvchi 
    har xil shakllarini baholashni ko‘zda tutadi. Ammo amalda bu holatni amalga 
    oshirish katta qiyinchiliklarga duch keladi. Ulardan asosiysi – menejmentning 
    obyekti sifatida ko‘rib chiqilayotgan innovatsion jarayon xo‘jalik faoliyatining har 
    tomonini qamrab olishi va vazifaviy yoki ishlab chiqarish tizimchasining tarkibiy 
    qismi bo‘lishidir. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining asosiy maqsadlariga 
    quyidagilar kiradi: 

    berilgan turdagi va belgilangan muddatlarda yuqori sifatli mahsulotlar 
    ishlab chiqarish; 

    ilmiy – texnik salohiyatdan foydalanishning samaradorligini oshirish; 

    faol tashqi iqtisodiy operatsiyalarni olib borish; 

    ishlab chiqarishning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va xo‘jalik 
    faoliyatining jamiyat uchun salbiy bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish va h.k. 
    Tushunarliki, bularning barchasi innovatsion strategiyaga kiritilishi kerak. 
    Bunda aytib o‘tilgan maqsadlardan birinchisi mahsulotlar va ishlab chiqarish 
    texnologiyalarini takomillashtirish va yangi mahsulotlar va jarayonlarni 
    o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu, kamida, asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini 
    pasaytirmaslik va buning uchun biznesning tashqi muhiti o‘zgargan holda 
    korxonaning bozordagi o‘rnini saqlab qolishga imkon beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan 
    maqsadlarning ikkinchisi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv 
    jarayonlarini ratsionallashtirilishiga asoslanadi. Bunga ishlab chiqarish va vazifaviy 
    tuzilmalarni takomillashtirib, resurslar (xodimlar, axborot, moliya, moddiy)dan 
    foydalanishning samaradorligini oshirib, ishlab chiqarish – texnik va muxandislik 
    bazasini ratsional ravishda asoslab, erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatda 
    muvaffaqiyatlarni jiddiy mo‘ljallash (uchinchi maqsadga erishish) ham jahon 
    bozoridagi raqobatbardoshlikning istiqbollarini ta’minlovchi tegishli boshlanishni 
    ko‘zda tutadi. 
    Ekologik xarakterdagi muammolarga kelsak (yuqorida sanab o‘tilgan 
    maqsadlardan to‘rtinchisi nazarda tutuiladi), unda yechimni quyidagilarda qidirish 
    kerak: 

    chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash; 

    ham iste’molchi va ham ishlab chiqaruvchilar uchun ekologik xavfsiz 
    mahsulotni ishlab chiqarish; 

    talab qilingan holda tabiatni muhofaza qiluvchi inshoatlarni qurishdan. 
    Korxona asosiy faoliyatining barcha ko‘rsatib o‘tilgan jihatlari u yoki bu 
    darajada innovatsion jarayon doirasida bo‘ladi. Bu ularni innovatsion startegiyani 
    ishlab chiqishga qaratilgan menejmentning o‘ziga xos obyektlari sifatida ko‘rib 
    chiqishni maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. 


    Innovatsion strategiya xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi 
    boshqaruv qarorlari orqali amalga oshiriladi. 
    Tovar ishlab chiqaruvchilar innovatsion strategiyasining asosiy qoidalari 
    dasturda gavdalanadilar, unda uni amalga oshirishning muddatlar, resurslar, 
    ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘langan maqsadlar, vazifalar va bosqichlar 
    shakllantiriladilar, dasturga ishlab chiqilayotgan obyektni yuritishning o‘ziga 
    xosligini aks ettiruvchi aniq tadbirlarning ro‘yxati ilova qilinadi. Ammo, 
    keyinchilardan qat’iy nazar, hamma vaqt innovatsion dasturni amalga oshirilishini 
    borishida hal qilinadigan umumiy tartibdagi bir qator boshqaruv vazifalari mavjud. 
    Xususan, korxonaning yuqori rahbariyatiga quyidagilar zarur: yangi mahsulotlarni 
    sotishda daromadlarni ko‘paytirishning aniq maqsadlarini qo‘yishga e’tiborni 
    jamlash, innovatsion jarayonni jadallashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlab 
    chiqish, ITTKI sohasiga investitsiyalar kiritish hajmlarini o‘sishini ta’minlash, 
    hamda xodimlarning barcha kategoriyalari uchun samarali undovchi sababli 
    mexanizmlarni yaratish va qo‘llab quvvatlash. Faqat ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni 
    kompleks hal qilishdagina dastur, demak, umuman korxonaning innovatson 
    strategiyasini ham muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. 
    Mikro va makrosohaning aniq sharoitlariga ko‘ra korxona innovatsion 
    strategiyaning ikkita asosiy turlari: passiv xarakterga ega moslashuvchi, yoki 
    hujumkor, faoldan birini tanlashi mumkin. Barqaror turli-pulli munosabatlar 
    sharoitida moslashuvchi startegiya kamroq samaralidir. Bu yerda, innovatsiya, 
    qoidaga ko‘ra, mahsulotning raqobatbardoshligini oshishi, bozordagi o‘rinlarni 
    kengayishi va mustahkamlanishi, mahsulotlarni qo‘llashning yangi sohalarini 
    o‘zlashtirishning dastlabki bazasi, boshqacha qilib aytganda bizning yangi turdagi, 
    ya’ni hujumkor strategiyasining mohiyatini tashkil qiluvchi faol vositasi bo‘ladi. 
    Hozirgi vaqtda mamlakatimiz amaliyotida yuqori ilmiy – texnik salohiyati va 
    qanoatli vujudga kelgan ishlab chiqarish bazasiga ega yirik tovar ishlab 
    chiqaruvchilar oldida innovatsion strategiyaning u yoki bu turini tanlash muammosi 
    keskin turibdi. bunda muammo ham ichki boxordagi kuchli raqiblar uchun va 
    faoliyatning o‘z sohalaridagi yakka hokimlar uchun ham bir xil darajada dolzarbdir, 
    chunki yakka hokimlik abadiy bo‘lmaydi. Ammo bugun bizning mamlakatimiz 
    sharoitlarida hujumkor innovatsion strategiyani keng tarqalishi haqida gapirishga 
    hali erta. 
    Amaliy tajribani obyektiv mavjud bo‘lgan yetishmasligi ko‘pgina tovar ishlab 
    chiqaruvchilar yashab qolish chegarasida muvozanatni saqlab qolayotgan vaqtdagi 
    sharoitda nostandart qarorlar qabul qilishning xatari va ehtimol bo‘lgan 
    oqibatlaridan qo‘rqish, ko‘pgina korxonalar rivojlanishning faol innovatsion 
    strategiyasini qo‘llashga jazm qilolmasliklariga olib keladi. Ko‘pgina xo‘jalik 
    yurituvchi subyektlar moslashuvchi strategiyani afzal ko‘radilar. 
    Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi 
    jamiyatning hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni 
    yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy 
    rivojlanishining asosi bo‘ladi. 
    Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga 
    oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘-langan 


    pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish 
    innovatsiya paydo bo‘ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – 
    yangi sharoitlar va qo‘llash joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan 
    innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon 
    davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham 
    tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. 
    Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik 
    taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga 
    chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik 
    kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy 
    tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan. 
    “Innovatsiya” atamasidan O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyotida ham mustaqil 
    va ham bir qator o‘xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion 
    jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan. 
    Har xil olimlar, ayniqsa xorijlilar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. 
    Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. Shumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu 
    tushunchani o‘zlarining tadqiqotlari obyekti va predmetiga ko‘ra har xil talqin 
    qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga 
    olib keladiki, o‘zgarishlar innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, 
    o‘zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo‘ladi. 
    Avstriyali olim Y. Shumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan: 
    1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi 
    bozor ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi); 
    2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish; 
    3) yangi xom ashyodan foydalanish; 
    4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi 
    o‘zgarishlar; 
    5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi. 
    Bu qoidalar Y. Shumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. 
    Keyinroq, 30 - yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi 
    turlari yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkil shakllarini 
    sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o‘zgarish sifatida talqin 
    etgan holda kiritgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning 
    bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan 
    olinadi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitlarda innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi 
    xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni 
    to‘plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun 
    Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika 
    ko‘rsatkichlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan, Fraskati 
    qo‘llanmasi (“Tadqiqotlar va tajriba ishlamalarini tekshirishlar uchun taklif 
    qilinayotgan standartli amaliyot) ishlab chiqilgan. Hujjat bunday nomni 
    tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963 yilda italyan shahri Fraskatida qabul 
    qilinganligi munosabati bilan olgan. 


    Fraskati qo‘llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu 
    milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar 
    va ishlamalarni tashkil qilishdagi o‘zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo‘llanmasi 
    (1993 y)ning oxirgi tahrirlaridan biridan ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar (ITTKI), 
    ularning tarkibi va chegaralari, hamda tadqiqotlar va ishlamalar bilan band bo‘lgan 
    xodimlar sonini o‘lchash uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud.
    Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uslubiyoti 1992 yilda 
    Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U “Oslo 
    qo‘llanmasi” nomini olgan. 
    Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki 
    takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki 
    takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha 
    yondashish ko‘rinishida ro‘yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi 
    sifatida belgilanadi. 
    Innovatsion boshqaruv g‘oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning 
    rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvoatsion menejerlar bo‘lgan 
    mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari 
    bilan shug‘ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – 
    innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo‘lgan to‘siqlarni bashorat qilish va 
    ularni bartaraf qilish yo‘llarini belgilashdir. 
    Bozor iqtisodiyoti uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor bo‘lgan 
    mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi 
    xosdir. 
    Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining ko‘p sonli tarixi bundan darak 
    beradi. Shu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion 
    menejerlar ishtirok etadilar. 
    Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni 
    qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini 
    shakllantirish bilan shug‘ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar 
    akademiyasi, OO‘Y, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik 
    byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular 
    ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni 
    barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo‘yadi: ular 
    ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham 
    tadqiqotchi olim sifatiga ega bo‘lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini 
    baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo‘lishlari 
    kerak. 
    Innovatsiyalar (yangiliklarni joriy etish) – menejmentning asosiy 
    muammolaridan biri. Fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning yuqori sur’atlari faqat 
    boshqaruvning ilmiy-texnik revolyutsiya natijalarini tezlik bilan va samarali 
    o‘zlashtirishga layoqatli bo‘lgan tizimlarining amal qilishiga imkon yaratdi. 
    Bugungi kunda yangiliklarni joriy etish kundalik odatiy jarayonga 
    aylanmoqda. Shu bilan birga yangiliklarni joriy etish muammosi keng qo‘yilmoqda: 
    bu nafaqat yangi texnika yoki texnologiya, balki joriy etilayotgan barcha yangiliklar, 
    shu jumladan, iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruvga oid yangiliklardan iborat.


    Shu o‘rinda innovatsiya va innovatsion faoliyat tushunchalariga aniqlik 
    kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish