|
Rdb dastgohlarini dasturlash tili
|
bet | 1/3 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #151741 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (3)
RDB DASTGOHLARINI DASTURLASH TILI
REJA
Kirish
Asosiy
RDB datgohlar haqida umumiy malumot
Dasturlash tushinchasi
xulosa
KIRISH
Mashina detallarini ishlab chiqarish bilan shug’ilanadigan sanoat korxonalari uchun, belgilangan sifat ko’rsatkichlariga amal qilib, ishlab chiqarishda qo’l mehnatini kamaytirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish vazifalari dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli texnalogik jarayonlar uchun doimiy ravishda yangi yuqori samarali vosita, zamonaviy axborot, dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlash vazifasi turadi.
Mashinsozlikning hozirgi rivojlanish bosqichining hususiyatlaridan biri ko’p funktsiyali RDB dastgohlaridan unimli foydalanish bilan tavsiflanadi. Ushbu turdagi uskunalardan foydalanish, mashina detallariga ishlov berish samaradorligini oshirishi va ishlab chiqarilgan detallar sifatini yaxshilashga olib keladi. Bu uskunaning asosiy xususiyati shundaki, ishlov berilayotgan detalga keskichlar harakati oldindan raqamli shakilda tayorlangan dasturlar vositasida boshqarilishidir.
Raqamli boshqaruv tizimlarini yaratish (RBT) stanoksozlik yo’nalishini rivojlantirishda o’ziga xos burilish bo’ladi va sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab beradi. Maxsus stanoklarga xos bo’lgan moslashuvchanligi bilan ko’p miqdordagi maxsulotlarni ishlab chiqish xamda kichik korxonalarni avtamatlashtirishning asosiy vositasiga aylantirdi.
Bugungi kunda raqamli boshqariladigan dastgohlar kichik kichik korxonalardan totib, yirik sanoat yuzalaridagi korxonalargacha keng tarqalgan. Bunday uskunaning keng imkoniyatlaridan foydalanmaydigan mashinasozlik sohasida faoliyat ko’rsatadigan korxonani toppish qiyin. Shuning uchun mashinasozlik sohasidagi har bir mutaxasis bu yuqori texnalogik uskunadan foydalanishi, ishlab chiqarishga nima berishini yaxshi bilishi kerak.
Shunday qilib RDB dastgohlarida ishlov beriladigan detallarni loyixalashda o’lchamlarni yoki o’lchamlar joizliklarni (ishlov berishjoizligi) belgilash, yanada samarali texnikani qo’lash uchun RDB haqida ma’lumotga ega bo’lishi talab qilinadi. Texnolog zagatovkalarni kesish va kesish asbobini maqbullarini tanlash uchun, RDB mohiyatini tushunishi kerak. Ishlab chiqarish sifatini nazorat qiluvchi muhandislar kelajakdagi sifat nazorati jarayonini to’g’ri rejalashtirish, uskunalarni yuklash rejimini tuzatish, RDB dastgohlarini texnalogik imkoniyatlarini hisobga olishlari shart. Va nihoyat dasturlovchilar, sozlash aperatorlari va sexning boshqa xodimlari RDB uskunalari to’g’risida chuqur bilimga ega bo’lishi talab etiladi.
RDB (Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar) dastgohlarni dasturlash, harakatini boshqarish va ishlab chiqarish jarayonini avtamatlashtirish uchun ko’rsatmalar yozishni o’z ichiga oladi. RDB dasturchilari RDB mashinalari uchun ko’rsatmalar yozadilar, bu yerda kampyuter dastgohga ulanadi, shuningdek, bu mukamal tizim, shu sababli elektr drayvlari va sensorlari mavjud. Ushbu kompyuter mashina o’qining harakatini boshqaradi RDB ishlab chiqarish jarayonida yuqori darajada ishlaydi va avtamatlashtirish va moslanuvchanlikni yaxshilaydi. RDB dastgohlarida dasturlashning bazi asoslari:
G kod RDB ishlov berishda ishlatiladigan eng keng terqalgan dasturlash tillidir. U sababning joylashishi, tezligi, shpindel tezligi va sovitish suvini boshqarish kabi mashina harakatlarini boshqaradigan bir qator buyruqlardan iborat. Har bir buyruq “G” harfi bilan boshlanadi va undan keyin raqamli kod keladi. Funksiyalar va texnalogik nuqtai nazardan qaraganda ham G kodlar dastgohlar uchun tayorlanadigan boshqaruv dasturining 90% qismini tashkil etadi va boshqaruv dasturlari kadirlari strukturaviy tuzulish va harakatlar ketma-ketligini belgilovchi standart buyruqlarni hosil qiladi
RDB tizimlari uchun G kod 1960-yillarda RDB dastgohlari uchun dasturlash tili sifatida tuzilgan 1980-yillarda ishlab chiqarish yakuniga yetgan va RS247D ko’rinishida tuzilgan standartga aytiladi. Keyinroq esa ISO 6983-1:1982 standarti paydo boldi. Bu standart sobiq itifoq hududida ГOCT 20999-83 ko’rinishida qayta ishlab chiqildi va ISO -7bit nomini oladi. G kodning buyruq va bajarilishdagi o’ziga xosliklari. G kod buyriqlar tizimi qat’iy tuzilgan funksional diapozonga ega:
asosiy funksiyaga bog’liq bo’lgan chizig’i va aylana bo’ylab harakatlari;
dastgoh ishchi organlarining ishlov berishdagi ketma-ketlikda qat’iy amal qilishi, masalan parmalash frezalash kabi;
kesuvchi asbob va ishlov berish tekisliklarni tayinlash orqali pazitsiyalash kordinatalarini boshqarish imkoni.
Boshqaruv dasturi standart holda kadr raqami, mos mos keluvchi G va M kodlar, hamda ushbu buyruqlar uchun munsib keluvchi qiymatlar kiritiladi. Boshqaruv dasturidatartib raqamidan keyin kelgan miqdorlar keskichning tugallangan haraktini bildiradi. Qayt etish kerakki G kodlardan to’liqligicha foydalanish uchun M kodlar ham zarur. Misol uchun M kodlarni qo’llamay turib, keskichni avtamatik almashtirishmumkin emas.
CAD/CAM dasturiy ta’minoti: RDB dastgohlari uchun asboblar yo’llarini yaratish va yaratish uchun kampiyuter quvvati dizayn (CAD) va kompyuter yordamida ishlab chiqarish (CAM) dasturlari qo’llaniladi. CAD dasturi qisim yoki kompanentni loyihalash uchun ishlatiladi, CAM dasturi esa dizayni RDB mashinasi tushinadigan ko’rsatmalar to’plamiga (G-kod ) aylantirishga yordam beradi.
Texnolog darajasidagi dasturlash. RDB dastgohi texnalogiishlov berish dasturini mashinaga yuklash uchun G kodda buyruqlar va kadirlar ketmaketligini yozishga qodir. Agar dasturiy kampilyatorlardan foydalanilsa dastur tuzish yetarlicha osonlashadi.
Tizimli darajadagi dasturlash. Bu ishlab chiqarish korxonasi uchun umumiy bo’lgan loyihalash, modellash, ishlov berishga tayorlash, ishlov berish uchun boshqaruv dasturini tayorlash va ishlab chiqarishni nozarat qilish tizimidir. Bunga ishlab chiqarishda DPA tipidagi tizimlarni joriy etish orqali erishadi, ular vazifani belgilashdan tortib, har bir jarayon va natijalarni kuzatishgacha bo’lgan barcha funksiyalarni birlashtirish va avtamatlashtirishga, tanlangan mezonlar to’plami asosida ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilishga imkon beradi. Bular RDB mashinalarini dasturlashning bazi asoslari. Ammo shuni takidlab o’tishimiz keraki RDB mashinalarni dasturlash dasturlash murakab bo’lishi mumkin va ishlov berish tamoillari, asboblar va materiallarni yaxshi tushinishi talab qilinadi. RDB dasturlash bo’yicha malakali bo’lish uchun tegishli talim va amaliyotni olish tavsiya etiladi.
|
| |