1. Menejmentning mohiyati va vazifalari Menejmentning predmeti va izlanish uslublari




Download 121,19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.09.2024
Hajmi121,19 Kb.
#270429
Bog'liq
1-mavzu amaliy mashg\'ulot



 
Reja: 
1.Menejmentning mohiyati va vazifalari
2.Menejmentning predmeti va izlanish uslublari.
3.Kursning mazmuni va vazifalari. 
Javoblar 
1.Menejment (
inglizcha

management

— boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; 
boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va 
texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni 
boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi 
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — 
tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi 
bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali 
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
huquqiy, 
kibernetika
 va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya 
fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish 
jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. 
Bir qancha iqtisodiy fanlar: 
makroiqtisodiyot

mikroiqtisodiyot
, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar 
ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari 
va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk 
sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz 
qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar 
davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil 
konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan 
sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi 
— 
amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning 
zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha 
operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-
mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, 
maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti 
korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. 
Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan 
malakali mutaxassislar 
— yollanma boshqaruvchilar — 
menejerlar
 
shugʻullanadilar. Ular aholining 
alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), 
oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida 
ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. 
Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga 
boʻlinadi. 
Ayrim 
tadqiqotlar
 
menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal 
menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; 
isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni 
ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan 
koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash. 


Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy menejment, 
marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti, ilmiy-texnika ishlarini 
boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi. 
Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Masalan, 
XX asrning 50
—60-yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 
60
—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi. 
XX asrning oʻrtalariga kelib menejment Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966-yilda 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. 
K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy ilmiy tadqiqot ishlari respublikada M. 
fanining rivojlanishiga asos boʻldi. Menejment sohasida birinchi tadqiqotlar sinfiy maktablar 
tomonidan amalga oshirilgan. Birinchi menejerlarni asosan ishlab chiqarish (texnik yondashuv) 
masalalari tashvishga solgan. Ular o‘z faoliyatlarini ishchilarni moslash masalalariga qaratganlar. 
Bu maqsadlar uchun ish joyi dizayni ishlab chiqilgan. Turli operatsiyalarga ish vaqti o‘rganilgan va 
hoka
zo. O‘sha davrning ko‘pchilik tadqiqotchilari menejment bu san’at deb tasavvur qilgan. 
Menejmentni bunday tushunishning sababi hamma xodimlar ham o‘z o‘lchovlari bo‘yicha rahbarlik 
lavozimiga to‘g‘ri kelmasligidir. 
XX asr oxiri XXI asr boshlarida menejment 
Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy oʻquv yurtlarida 
oʻqitila boshladi, menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, darsliklar yozildi 
Menejment tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsa-dini aniqlash va unga erishish 
uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara 
berishi faoliyat yo'nalishini qanchalik to‘g ‘ri tanlay bilishga, qaror-lar qabul qila olishga hamda uning 
boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog'liq bo‘ladi. Menejment keng m a’noli 
tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter 
Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilm agan b etartib om m ani bir m aqsadga 
yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradi-gan, ijtimoiy o'zgarishlarni 
rag‘batlantiruvchi element hisoblana-di». M enejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun 
bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo'li, maqsad va intilishlariga yetak-lovchi, iqtisodiyotni kuchli, 
barqaror ishlovchi mexanizmga aylan-
tirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi. 
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-
texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim. 
Tashkiliy-
texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda 
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqarish maqsad-larini belgilaydi. Tashkiliy-
texnikaviy boshqaruv mehnat unumdor-ligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun 
sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy m enejm entning maqsadi ishlovchilar sama-rali mehnat qilishi uchun sharoit 
yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni


ta ’minlash va aholining kam ta ’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quv-vatlashdan iboratdir. 
Menejmentning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar daraja-si, ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment ishlab 
chiqarish jarayonida, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakl-lari mavjud bo'lgan 
sharoitda, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqo-batni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga 
qaratilgan boisa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira 
oladigan bozor infratuzilmasi elementla
ri va ularning o ‘zaro aloqasini ta ’minlovchi mexanizmning 
barqaror ishlashiga, har bir fuqaro,guruh, uyushma, tashkilot va m uassasalar manfaatlarini
e’tiborga olgan holda, ularni jahon sahnasida o ‘z o'rniga ega bo‘lishiga qaratilgan boiadi. 
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy 
ilmiylik tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o'rganish va ularning 
aniq vaziyatlarda namoyon boiishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va 
taktikasini belgilaydilar. 
1991-yil 31-
avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat musta-qilligi e’lon qilindi. Shunday bir 
sharoitda mamlakatda davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentimiz I. Kari­ 
mov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror 
bozor iqti'sodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fu-
qarolik jamiyatini barpo etishdan iborat». 
Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islo-hotlarga va boshqariladigan vazifalarga 
nechogli bog‘liq bo'ladi. 
Ijtimoiy-siyosiy sohada: 
ma ’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va 
tuzilmalaridan qutilish; 
davlat qurilishining demokratik-huqu
qiy tamoyil va m e’yor- 
lariga o'tish; 
fuqarolik ja m iy a tig a o'tishning poydevorini qu rish va boshqalar. 
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: 
iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; 
mulkchilikning xilma-xilligi; 
narx erkinligini ta ’minlash; 
raqobat 
kurashiga o‘tish; 
ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga 


o‘tish va boshqalar. 
Ma’naviy sohada: 
mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidaboz-
lik va o‘ta siyosatlashgan mafkura 
hukmronligidan qutilish. 
Xalqaro munosabatlar sohasida: 
butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zini chetga 
olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish; 
jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlik- 
ka yo‘l ochish. 
Bozor munosabatlariga o'tish ishlab chiqarish va bozorning 
samarali o‘zaro ta ’sirini, davlat menejmenti va korxonalarning o‘z-o'zini boshqarishning mutanosib 
nisbatda bolishini ta ’minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmni yaratishga yo‘naltirilgandir. 
2. Menejment predmeti va izlanish uslublari 
Har qanday fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet - bu fanning nima bilan 
shug'ullanishi, uning qaysi soha-ga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada yuz beradigan 
jarayon va hodisalarning ro‘y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. 
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga 
oshishini ko'rsatib berishi, fan­ning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o'rganishning turli 
vositalari va usullari tizimini ishlab chiqishi lozim, 
Menejment predmeti xo'jalik yuritishning barcha darajalarida menejmentning qonunlari 
(qonuniyatlari), tamoyillari va munosa-
batlarini o‘rganishdan iboratdir. Menejment munosabatlari 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi 
bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, m ehnat, 
psixologik va boshqa ko'rinishlarda namoyon boladi. M enejm ent munosabatlari m enejment qo‘l 
os-
tidagi xodimlar o ‘rtasida bo‘ladigan aloqa va o ‘zaro t a ’sirning mu-rakkab majmuini ifodalaydi, 
demak, menejment, eng awalo, kishilarni boshqarishdir.


Iqtisodiyotni boshqarish bevosita m enejment obyekti boiganmehnat jamoalari va alohida 
xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy 
unsurlari, ya’ni mehnat vositalari va predmetlariga ta’sir etiladi. M enejment obyekti mikro voqelikdan 
(moddiy dunyo, jamiyat) makro daraja-
gacha bo'lgan voqelikni o ‘z ichiga oladi. 
Menejm ent ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejment subyektlari hisoblanadi. 
Menejm ent usullari kishilarni jamiyatning obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qonunlari talablarini 
bajarishga undavdi. Ular aniq bir usul, uslub, maqsadga erishish yo‘lini ifodalaydi. Demak, 
menejment uslubi - bu ishchi va xodimlarga, umuman, menejment obyektiga qo'yilgan maqsadga 
erishish jarayonida ularning faoliya-tini muvofiqiashtirishdir. M enejm entning maxsus izlanish 
usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1.Tizim usuli menejment muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimning butunligiga asoslanadi. 
Taraqqiy etgan davlatlarda mazkur usulning tizimli majmuali, tizimli tarkibli, tizimli funksional, tizimli 
kommunikatsion va boshqa ko'rinishlari mavjud. 
2.Izfanishning majmuali usuli voqealarni va ularning bir-biri bilan bo'lgan aloqalarini faqat ushbu fan 
usuli bilan emas, balki boshqa xil hodisalarni o'rganuvchi fanlar bilan tadqiq etadi. 
3.Izlanishning tarkibiy usuli - bu murakkab hodisalarni bo'lak-larga ajratishdan iborat. 
4.Vaziyatli yondashish - bu menejment faoliyatining maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga 
qarab belgilash. 
5.Integratsion yondashish -
bu izlanish usuli boshqa usuilar ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida 


boshqarishni tadqiq etish hisobianadi. 
6.Modellashtirish boshqariluvchi obyektni turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar 
tayyorlash yordamida boshqarish usuli. 
7.Matematik yondashuv - optimal qaror qabul qilish maqsa- 
dida matematik uslublar va kompyuterlar keng miqyosda qoilanadi.
8.Kuzatish usuli -
bu menejment obyekti to‘g‘risidagi m a’lumotni 
rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to ‘plash usuli. 
9. Eksperimentusuli - menejm ent asosida boshqariluvchi 
obyektga nisbatan namunaviy, tajribadan o'tgan usuilarni qo‘llash. Undan tashqari, menejmentning 
eng asosiy bilish uslubi dialek- 
tik uslub bolib, u menejmentga o ‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalar- 
ning mohiyatini ochishda yordam beradi. 
Menejment usullarini ta ’sir etishning o‘ziga xos xususiyatlari- 
ga ko'ra: m a’muriy-tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va hu-quqiy shakllarga ajratish mumkin. 
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to'g'ri baholab qo'llash, har bir aniq 
vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir.
3. Menejment ilm ining kelib chiqishi 
Menejm ent tarixi 
bo'yicha m a’lumotlar shuni tasdiqlaydi-ki, ilmiy tamoyillarni tashkilotning 
unumdorligini ko‘tarish uchun ishlatish imkoniyatlari konsepsiyasi m enejm ent ilm sifatida hali 
boshlang'ich holatdaligida paydo bo'lgan. Ilmiy usulning menej­ ment muammolariga muntazam 
ravishda qo'llanilishi ilmiy menej­ mentning asosi bo‘lgan. Ammo menejment tafakkuri maktabining 
kelib chiqish tarixi yaqin davrlarga taalluqlidir. 
Menejment ilmi Ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada olim-lar guruhi fuqarolar mudofaasi va 
o‘t ochish pozitsiyalari inshoot-larini optimal joylashtirish, kemaga qarshi bombalarni portlatish 
chuqurligini va transport karvonlarining konvoyini optimizatsiyalash kabi murakkab harbiy 
masalalarni yechish topshirig‘ini olganda paydo bo'lgan. 50-60-yillarda uslubiyot yangilanib, bir 
qator o'ziga xos usullarga aylanib, sanoatda muammolarni yechishda va har xil vaziyatlarda qaror 
qabul qilishda kengroq ishlatila boshlandi. Bu-gungi kunda menejment ilmining model va usullari 
quyidagi masala­ larni hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish va 
aeroportlarda harakat jadvalini optimizatsiyalashda, universitetlarda sinf va auditoriyalar ish 
jadvallarini tuzishda, su­ perm arket va univermaglarda g'am langan mollarni boshqarish-da, 


mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda, turli xil m ahsulotlarning reklamasiga xarajatlarni 
taqsimlashda, moddiy ta ’minlashni rejalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish 
uchun asbob-
uskunalar va mehnat resurslarini taqsim ­ lashda, mavsumga beysbol bo'yicha oliy 
liganing o'yin jadvalini tuzishda va h.k. 
M enejm ent ilmining markaziy muammosi «tashkilot rahbar-larini tashkilotni bir butun holdagi 
jarayon sifatida uning manfaat-
lari uchun tashkilot tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabatlari bi-lan 
bog‘liq muammolarni hal qilishda ilmiy asos bilan ta ’minlashdan» iborat. Bu hamma tashkilotlar 
uchun muhimdir, lekin bu tamoyilni yirik tashkilotlarda qo'llash ixtisoslashtirishning yuqori darajasi 
tufayli qiyin bo‘lishi mumkin. Cherchmen, Akoff va Arnofflarning tasdiqlashicha: «Tashkilotda har bir 
funksional birlik (bo'linma, bo'lim yoki sektor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur. Shu har 
bir qism tashkilotning umumiy maqsadlariga erishish uchun zarurdir. Biroq, m ehnatning bunday 
taqsimlanishining natijasi har bir funksional bo'linma o'ziga tegishli bo‘lgan maqsadlarni ishlab 
chiqishidan iborat. Masalan, ishlab chiqarish bo‘limi, odatda, ishlab chiqarish chiqimlarini kam 
aytirish va ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bilan shug'ullanadi. M arketing bo'limi sotish hajmi 
birligi chiqimlarini minimumga keltirish va u hajmni maksimumga chiqarishga harakat qiladi. Moliya 
bo'limi tashkilotning sarmoya yo‘naltirish siyosatini optimizatsiya qilishga urinadi. Kadrlar bo'limi 
yaxshi ishchilarni kam xarajat qilish asosida yollash va ularni tash-kilotda ushlab qolishga bor 
kuchini sarflaydi. Bu maqsadlar har doim ham mohiyati bo'yicha bir-biri bilan kelishmasdan, 
ko'pincha bir-
biriga zid bo'ladi». 
Qaror qabul qilishni modellash va munosib usullar bo'yicha idora xizmatlari mutaxassislari 
maqsadlar farq qilishi munosabati bilan bog'liq bo'lgan murosalarni baholashga harakat qilib, qara-
ma-
qarshi maqsadlarning balansini ta ’minlab beradigan alternativ qarorlarni aniqlamoqdalar. M 
enejment ilmi nuqtai nazaridan yon-dashuvni tushunish sizga idora mutaxassislari bilan unumli 
muomala qilishga va tashkilot muammolarining unumli yechimini aniq ifoda qilishda ular bilan 
ishlashga yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. G’ulomov S.S. Marketing asoslari. O’quv qqllanma./S.S.G’ulomov. – T.: ToshDAU, 2000.–326s. 
2. Sharifxqjaev M, Abdullaev Yo. Menejment. Darslik./ M.Sharifxqjaev 
– T.: O’qituvchi. 2002. 
3. Kosimov F.M. Menedjment: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik./F.M.Kosimov. – T.: O’zbekiston, 
2002. 


4. G’ulomov S.S. Menejment: boshqaruv san’ati, nazariyasi va amaliyoti. O’quv 
qo’llanma./S.S.G’ulomov. – T.: ToshDAU, 2002.–318 s. 
5. Kotler F. Marketing. Menedjment.11 izd. (Seriya “Teoriya i praktika menedjmenta”). 
Uchebnik./F.Kotler. 
– B.m.: SPB: Piter, 2004. – 800 s. 
6. Sabirdjanova D.K. Uchebnoe posobie./D.K.Sabirdjanova. -T.: TFI, 2003. 
– 210 b. 
7. Sabirdjanova D.K. Marketing. Uchebnoe posobie./ D.K.Sabirdjanova. -T.: TFI, 2004. 
– 186 b. 
8. Marketing (O’quv qqllanma)/ Sh.To’laganova, U.Boymatova, B.Sulaymonov. - T.: TMI, 2004. – 
154 s. 
9. Menejment va marketing asoslari bo’yicha me’yoriy hujjatlar. 
10. Fatxutdinov R.A. Innovatsionniy menedjment. Uchebnik 2-e izd./R.A. Fatxutdinov. 
– M.: Biznes-
shkola, Intel-Sintez, 2000. 

Download 121,19 Kb.




Download 121,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Menejmentning mohiyati va vazifalari Menejmentning predmeti va izlanish uslublari

Download 121,19 Kb.
Pdf ko'rish