samaradorligi” tushunchasida “Ishlab chiqarish samaradorligi”
tushunchasini
aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan
xajm yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar
o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni
rivojlanish jarayoni harakatiga baxo beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi,
uni ifodalash uchun
ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida xoxlagan darajadagi boshqaruv
tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
- boshqaruv xodimlari mehnati samaradorligi;
- boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va
tarmoqlari samaradorligi;
- boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
va amalga oshirish);
- boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarishni
boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
- boshqaruv mexanizmining samaradorligi (uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali
boshqaruv shakllari).
Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har
bir keyingi tushunchaning
mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi.
Samaradorlikning o’z mazmun va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy
tavsifga ega holat sifatida urgu beriladi. Samaradorlik turlari har hil maqsadlarni
(o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy va iqtisodiy)
ifodalaydi.