Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
 
 
 
Investiwion
muhit 


almashtiriladigan valyutada kiritilgan yoki zamonaviy texnologik uskunalar tarzida 
qo‘yilgan; soliq imtiyozlarini taqdim etish natijasida olingan daromad ushbu davrda 
korxonani rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirilgan va shu 
kabi boshqa sharoitlarda qo‘llanadi.
Davlat kafolatlarisiz xorijiy investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan 
jalb qilinuvchi uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar daromad (foyda) solig‘ini 
hisoblashda soliqqa tortiluvchi bazaga kiritilmasligi, xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi yangi tashkil etilayotgan korxonalarning asosiy faoliyatdan ko‘radigan
zararlari 5 yil muddat ichida soliqqa tortiladigan daromad hisobidan to‘lash uchun 
hisobot davridan keyingi yillarga teng ulushlarda taqsimlanishi mumkin. 
Umuman 
olganda, 
mamlakatda 
yaratilgan 
investitsion 
muhit 
va 
investitsilashdagi ustivor yo‘nalishlar iqtisodiyotni sifat jihatdan yuqori darajaga 
chiqarish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, yuqori 
turmush sharoitlarini yaratish va respublikani jahondagi rivojlangan mamlakatlar 
qatoriga kiritish hisoblanadi. 
Chet ellik investorlar qatoriga “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagilar kiritiladi: 
chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari; 
davlatlar o‘rtasidagi bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil 
topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’yektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar; 
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat 
ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki 
uyushmalar; 
chet davlat fuqarolari bo‘lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. 
Chet ellik investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari 
mumkin: 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari bilan birgalikda
tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari
va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush 
qo‘shib qatnashish; 
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va 
shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va 
rivojlantirish; 
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan 
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz 
majburiyatlarini sotib olish; 
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar 
belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, 
shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish; 
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib 
olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish; 
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’yektlariga, turar joy binolariga ular 
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik 


qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy 
resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali. 
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari bilan o‘zlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan 
foydalanishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalar 
deganda 
aksiyalarining 
(paylarining) 
ulushlari 
yoki 
ustav 
jamg‘armasining kamida o‘ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan 
korxonalar tushuniladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid 
kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadilar. Chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri chet ellik investor 
bo‘lishi shart. 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta’sis etish yo‘li bilan yoki
ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta’sis etilgan korxonada ishtirok etish 
ulushini (payini, aksiyalarini) yohud bunday korxonani butunlay, shu jumladan
xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida 
tashkil etilishi mumkin. 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro‘yxatiga olingan paytdan
e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
Investitsiya manbalarini shakllantirish borasida davlat ko‘radigan chora-
tadbirlar investitsiyalarning ichki manbalariga tegishli bo‘lib, asosan soliq-byudjet 
siyosati va pul-kredit siyosati vositalari yordamida davlat, aholi, korxona, bank va 
davlat byudjeti mablag‘larini shakllantirish, qayta taqsimlash va ular o‘rtasida 
ma’lum proporsiyalarni yuzaga keltirishga qaratilgan. Masalan, soliq stavkalarining 
pasaytirilishi aholi va korxonalar daromadlarining oshishiga, investitsiyalar manbai
bo‘lgan aholi jamg‘armalari va korxonalarning sof foydasi miqdorlarining
ko‘payishiga olib keladi. Ayni paytda investitsiyalarning manbalariga ko‘ra
tuzilishida bu ikki guruhning ulushi oshadi. Jami investitsiyalar hajmida bank
kreditlari, korxona va aholi mablag‘lari hissasining yuqori bo‘lishi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ijobiy hodisa hisoblanadi. Qo‘llaniladigan jadallashtirilgan amortizatsiya 
usuli ham korxonalarda investitsiya mablag‘larining tezroq jamlanishiga olib keladi 
va investitsiya jarayonlarini tezlashtiradi.
Investitsiya siyosatining eng muhim bo‘g‘ini investitsiya mablag‘larini eng 
ustuvor va ahamiyatli tarmoqlar va hududlarga jalb qilish borasidagi chora-
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda, umuman, mamlakat iqtisodiyotida, 
xususan esa, ustuvor deb belgilangan tarmoqlar va hududlarda qulay investitsiya 
muhitini yaratish zarur. Investitsiya muhiti bir qator shart-sharoitlarga qarab 
baholanadi. Bu shart-sharoitlarga siyosiy barqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik 
darajalari, byudjetning to‘ldirilishi darajasi, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki va
xususiy sektorning rivojlanishi darajasi, iqtisodiyotning, xususan, tashqi savdo, 
valyuta bozorlarining erkinligi, bozor infratuzilmasining rivojlanishi darajasi, tabiiy 
va mehnat resurslarining mavjudligi va ulardan foydalana olish imkoniyatlari, ishchi 
kuchining malakasi, soliq tizimining xususiyatlari, bank foiz stavkalari, bozor 
sig‘imi va boshqalar kiradi. 


Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda 
investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq 
imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan, 
respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish
rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi. 
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari, 
bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish 
kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod 
etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi
imtiyozlarga ega bo‘ladilar. 
Ichki investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni 
islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida 
ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy 
natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator imtiyozlar va kafolatlar 
tizimi yaratilgan.
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq 
chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash 
tartibini belgilangan. 
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya 
qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarida yangi ish 
joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli 
huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 
apreldagi Farmoniga muvofiq 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari 
asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, ekologiya 
solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, 
shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod 
qilinadi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida chet el investitsiyalari ishtirokida bunyod 
etilgan eng yirik sanoat ob’yektlari respublikamizning eksport salohiyatini oshirdi, 
eksport va importning tovar tuzilishida ijobiy siljishlarga erishish, mamlakatning 
to‘liq yoqilg‘i-energetika mustaqilligini ta’minlash imkonini berdi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish