Investitsion loyihalarning samaradorligini




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
11.3. Investitsion loyihalarning samaradorligini 
baholashning uslubiy asoslari 
 
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash. Umuman olganda 
samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U sarflangan xarajatlar va 
olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam va natijalar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, samaradorlik ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 


Investitsiyalarning 
iqtisodiy 
samaradorligi 
butun 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo‘jalik faoliyatida 
investitsiyalarning iloji boricha ko‘proq foyda, qaytim keltirishi asosiy vazifa qilib 
belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo‘qotish, jamiyatning ilgarigi 
va hozirgi mehnatini yo‘qqa chiqarishga olib kelishi mumkin. 
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash zarurati, qo‘shimcha
kapital qo‘yilmalar kiritilishini talab qiluvchi yangi qurilish, mavjud ishlab 
chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab 
chiqarishni zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish
kabi barcha hollarda yuzaga keladi. Ba’zan mahsulotlarning yangi turini ishlab 
chiqarish ham investitsiya va boshqa mablag‘lar kiritilishini, demak, xarajat va 
natijalar nisbatini avvaldan baholashni talab qiladi. 
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda korxonalar ikkita 
vazifani hal qilishlari lozim: 
birinchisi - kapital qo‘yilmalarning qoplanish muddati va daromadliligi nuqtai 
nazaridan, eng maqbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha 
samaradorligini baholash; 
ikkinchisi - mavjud ishlab chiqarishga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash maqsadida kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baholash 
(qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va 
hokazo). 
Birinchi vazifaning yechimi mos keluvchi marketing tadqiqotlarini amalga 
oshirishni ko‘zda tutib, bu tadqiqot davomida talab va undan kelib chiquvchi taklif, 
bozor segmentatsiyasi, bahoni shakllantirish strategiyasi, moliyalashtirish manbalari 
va boshqalar aniqlanishi lozim. Investitsion loyihani muqobillik asosida tanlagandan 
so‘ng birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, texnik va boshqa qarorlarni, jumladan, 
muhandislik ta’minoti, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
tayyorlashishlari amalga oshiriladi. 
Investitsion loyihani tayyorlash va shunga mos ravishda investitsiyalar 
samaradorligini baholash zarurati ko‘p hollarda yangi korxona, sexlar qurish yoki 
mavjud ishlab chiqarishni qayta tiklash va kengaytirish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bularning barchasi nafaqat makonda, ya’ni ma’lum bir hududda, yer maydonida, 
balki vaqtida amalga oshirilishi sababli, vaqt muddati loyihani amalga oshirish, 
jumladan, korxonani tashkil qilish (qayta tiklash, kengaytirish) hamda 
ekspluatatsiya qilish va tugatish muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
Investitsion loyihaning samaradorligi ko‘rsatkichlari loyiha qarorlarini 
texnikaviy, texnologik va tashkiliy nuqtai nazaridan tavsiflab beradi. 
Loyiha samaradorligi loyihaning jalb etiladigan hamkorlar uchun 
jozibadorligini aniqlash va moliyalash manbalarini qidirish hamda keyinchalik 
monitoringini olib borish maqsadida baholanadi. 
Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion qarorlar qabul qilish 
jarayonidagi mas’uliyati eng yuqori bo‘lgan bosqichlardan biridir. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, oldingi paytda mamlakatimizda kapital qo‘yilmalar
samaradorligini baholash usullarini unchalik qoniqarli deb hisoblab bo‘lmasdi. Bu 
maqsadda qo‘llanuvchi ikkala ko‘rsatkich samaradorlik koeffitsiyenti (o‘rtacha 


yillik foyda miqdorining kapital qo‘yilmalar hajmiga nisbati) va o‘zini qoplash 
muddati (unga teskari ko‘rsatkich) bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lib, ular 
real investitsiyalar samaradorligini baholashda ob’yektiv ma’lumot olishga imkon 
bermaydi. 
Bu kamchiliklar nimalardan iborat? Ulardan biri sanab o‘tilgan 
ko‘rsatkichlarning har bittasini hisob-kitob qilishda vaqt omili hisobga 
olinmasligidadir – foyda va investitsiya mablag‘lari hajmi haqiqiy qiymatga 
keltirilmaydi. Demak, hisob-kitob jarayonida oldindan solishtirib bo‘lmaydigan 
ko‘rsatkichlar – investitsiyalar summasi hozirgi qiymatda va foyda summasi 
kelajakdagi qiymatda beriladi. Yana bir kamchilikka ko‘ra investitsiya qilingan 
kapitalni qaytarish ko‘rsatkichi sifatida faqat foyda qabul qilingan. Biroq amalda 
investitsiyalar sof foyda va amortizatsiya ajratmalaridan iborat pul oqimi 
ko‘rinishida qaytariladi. Demak, investitsiyalar samaradorligini faqat foyda asosida 
baholash hisob-kitob natijalarini juda o‘zgartirib yuboradi. Va nihoyat, uchinchi 
kamchilik shundan iboratki, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlar investitsiya loyihasi
to‘g‘risida faqat bir tomonlama baho olishga imkon beradi, chunki ularning 
ikkalasi ham bir xil boshlang‘ich ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi. 
Real investitsiyalar samaradorligini baholashda xorijda amal qiluvchi, so‘nggi 
paytlarda O‘zbekistonda ham qo‘llana boshlagan asosiy tamoyil va uslubiy 
yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. 
Bunday tamoyillardan birinchisi investitsiya qilingan kapitalning pul oqimi 
ko‘rsatkichi (cash flow) asosida qaytarilishiga bog‘liq bo‘lib, investitsiya loyihasini 
ekspluatatsiya qilish davomida amortizatsiya ajratmalari va sof foyda hisobiga 
shakllantiriladi. Bunda pul oqimi ko‘rsatkichi investitsiya loyihasining har bir yili
bo‘yicha alohida yok i o‘rtacha yillik ko‘rsatkich sifatida baholanishi lozim. 
Baholashning ikkinchi tamoyili investitsiya qilinuvchi kapitalni ham, pul 
oqimlari miqdorini ham pul mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltirishdir. Bir 
qarashda investitsiya qilinuvchi mablag‘lar doimo hozirgi qiymatida aks ettirilgan
bo‘ladi, chunki pul oqimlari shaklida ularni qaytarish muddatidan ancha oldin 
kiritiladi. Haqiqatda esa bunday emas – investitsiyalash jarayoni ko‘p hollarda bir
vaqtning o‘zida emas, balki bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. Shu sababli 
birinchi bosqichdan tashqari kelgusida investitsiya qilinuvchi barcha summalar pul 
mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltirilishi lozim bo‘ladi. Xuddi shu tarzda pul 
mablag‘lari oqimi ham hozirgi qiymatga keltiriladi. 
Baholashning uchinchi tamoyili turli investitsiya loyihalari uchun pul 
oqimlarini diskontlash jarayonida differensiyalangan foiz stavkasini (diskont 
stavkasini) tanlash hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, investitsiyalardan 
olinuvchi daromad hajmi (real investitsiyalashda bunday daromad vazifasini pul 
oqimlari bajaradi) quyidagi to‘rt omil asosida shakllantiriladi: o‘rtacha real depozit 
stavkasi; inflyatsiya sur’ati (yoki inflyatsiya mukofoti); tavakkalchilik mukofoti; 
past likvidlik uchun mukofot. Shu sababli tavakkalchilik darajasi turlicha bo‘lgan 
ikkita investitsiya loyihasini taqqoslashda turlicha foiz stavkali diskontlash 
qo‘llanishi lozim (yuqori foiz stavkasidan tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan 
loyihalarda foydalanish lozim). Xuddi shu tarzda umumiy investitsiyalash davri 


(investitsiyalar likvidligi) har xil bo‘lgan investitsiya loyihalari uchun yuqori foiz 
stavkasi amalga oshirish muddati uzoqroq bo‘lgan loyihalarda qo‘llanishi kerak. 
Baholashning to‘rtinchi tamoyili baholash maqsadlaridan kelib chiqqan holda
diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkalari variantsiyasi hisoblanadi. 
Investitsiyalar samaradorligining turli ko‘rsatkichlarini hisoblashda diskontlash 
uchun tanlab olinuvchi foiz stavkasi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: 
o‘rtacha depozit yoki kredit stavkasi; inflyatsiya darajasi, tavakkalchilik darajasi va 
investitsiyalar likvidligini hisobga olgan holda investitsiyalar daromadliligining 
individual normasi; boshqa investitsiya turlari bo‘yicha daromadlilikning muqobil 
normasi; joriy xo‘jalik faoliyati bo‘yicha daromad normasi. 
Iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi investitsion muhitni tahlil qilish va 
baholashda asosiy omillar sifatida quyidagilar hisobga olinishi lozim: 
tabiiy resurslar va ekologik xolat; 
ishchi kuchining sifati; 
infratuzilma ob’yektlarining rivojlanish darajasi va ochiqligi;
siyosiy barqarorlik, fors-major holatlarning yuzaga kelish extimolligi va ularni 
oldini olish imkoniyatlari; 
qonunchilikning mukammalligi, sifatliligi va amaliyligi, shuningdek 
iqtisodiyotning erkinlik darajasi; 
huquq-tartibot va qonunchilikka rioya qilish darajasi, shuningdek mulkiy 
huquqlarni himoya qilinishi; 
soliq tizimining sifati va soliq yukining darajasi; 
moliya-kredit institutlari faoliyatining sifati, shuningdek, kredit olishning 
osonlik darajasi; 
iqtisodiyotning ochiqligi, shuningdek, chet el mamlakatlari bilan savdo qilish 
qoidalari; 
iqtisodiyotdagi monopoliya darajasi, bozorga kirib borish va investitsiyalash 
oldida turgan xavf-xatar (tavakkalchilik) va to‘siqlar. 
O‘zbekistonda investitsion muhit avvalo jamiyatdagi siyosiy vaziyatning 
barqarorligi, sog‘lom iqtisodiy rivojlanish, davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlari
va nodavlat sektorining o‘sishi, o‘tkazilayotgan islohotlarning ketma-ketligi, tabiiy 
resurslar va respublika aholisining mehnatsevarligi bilan to‘ldiriluvchi bozor 
infrastrukturasining shakllanishini tavsiflaydi. Investitsion muhit shuningdek, 
investitsiyalarning davlat tomonidan kafolatlanishidan tashqari investorlarning
ayniqsa chet el investorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-
tadbirlarini belgilab beruvchi qonunchilik hujjatlari hisobiga ham ta’minlanadi. Shu 
jihatdan “Xususiy mulk to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Chet el 
investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va 
ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari 
to‘g‘risida”gi, “Xususiy korxonalar to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarni esga olib 
o‘tish joiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish 
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni investitsion 
faollikning o‘sishiga yangi kuch baxshida qildi. 


O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhit iqtisodiyotning yanada rivojlanishi 
va barqaror turmush darajasini ta’minlashdan tashqari respublikaning xorijiy 
kapitalni jalb qilish uchun raqobat qilishiga ham imkon beradi. Matbuotda e’lon 
qilingan fikrlarga ko‘ra, “yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda nufuzli
xalqaro moliyaviy tashkilot va institutlarning ishtirok etishi respublikadagi
investitsion muhitning jozibadorligidan yana bir bor dalolat beradi”. 
O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilikka asosan respublika hududida chet 
ellik investorlar o‘zlarining investitsiya faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan amalga 
oshirishlari mumkin: 
O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda 
tuzilgan xo‘jalik ob’yektlari va shirkatlar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa
korxonalarning nizom jamg‘armasi va boshqa mulklarida o‘z ulushi bilan ishtirok 
etishi; 
to‘laligicha chet ellik investorlarga tegishli bo‘lgan xo‘jalik obyektlari va 
o‘rtoqchiliklar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil etish 
va ularni rivojlantirish; 
mulk, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish; 
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’yektlari mulkiga, turar-joy binolari va ular 
joylashgan yer maydonlariga, shuningdek, tabiiy resurslar va yer maydonlariga 
(jumladan, ijara asosida) egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini sotib olish 
intellektual mulk, jumladan, mualliflik huquqi, patent va hokazolarni himoya 
qilishga mablag‘ kiritish. 
Bugungi kundagi investitsion muhit va uning shakllanish omillarini quyidagi 
sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin (11.3-rasm). 


 

Download 1,24 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Investitsion loyihalarning samaradorligini

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish