Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/43
Sana24.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#104874
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
11.4. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar 
 


Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi 
uzoq vaqtga mo‘ljallangan fundamental maqsadlarni o‘rtaga qo‘yish bilan bir 
qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo‘llarini belgilashni ham o‘z ichiga 
oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish 
asosiy o‘rinda turadi. 
O‘zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va 
ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, kelajakda esa - ularni 
mo‘l-ko‘l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar 
qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. 
Mustaqillikka erishilganlik, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat 
yaratilayetganlik, iqtisody-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Binobarin, 
Respublikamiz Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining 
qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va 
intensiv taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor 
vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. 
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, 
ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo‘r beruvchi, 
kuchaytiruvchi omillar harakatda bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab 
chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish 
bo‘ladi; agar yana ham ko‘proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari 
qo‘llaniladigan bo‘lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga 
keladi. 
O‘zbekiston sanoatida ana shu ikki yo‘ldan oqilona foydalanish natijasida 
ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda.

Download 1,24 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish