|
1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari
|
bet | 1/15 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #114074 |
Bog'liq 1-Mavzu informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy r
1-Mavzu: INFORMATIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FANINING ASOSIY RIVOJLANISH YOʼNALISHLARI
Reja:
Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi, obekti va predmeti
Informatikaga oid fanlarning shakllanish tarixi
Informatikaning asosiy rivojlanish yoʼnalishlari
Zamonaviy informatika tuzilmasi
Asosiy tushunchalar:
Kibernetika — texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.
Informatika atamasi fransuzcha information automatigue so'zidan kelib chiqqan bo‘lib, «informatsion avtomatika» yoki «axborotni avtomatik qayta ishlash» ma’nosini anglatadi.
Raqamli texnologiyalar - signallarni analog darajadagi diskret diapazonlarda ko‘rsatishga asoslangan texnologiyalar.
Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi, obekti va predmeti
Informatika iqtisodiy tarmoq sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlami ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan xo'jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalardan iborat boiadi. Informatikaning ishlab chiqarish tarmog'i sifatida o'ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining mehnat samaradorligi ko'p jihatdan unga bogiiqdir. Bundan tashqari bu tarmoqiar m e’yorida rivojlanishi uchun informatikaning o'zida mehnat samaradorligi ancha yuqori sur’atlarda ko'proq so'nggi iste’mol predmeti sifatida namoyon bo'lmoqda: odamlaiga dunyoda ro'y berayotgan voqeallar, ulaming kasbiy faoliyatiga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur. Mehnat samaradorligining bundan keyingi o'sishi va farovonlik darajasini ko'tarish, katta hajmdagi axborotni (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish va ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin. Informatikada mehnat unumdorligi oshishi sur’atlari yetarli bo'lmasa, butun xalq xo'jaligida mehnat samaradorligi o'sishining anchagina kamayishi ro'y berishi mumkin. Hozir dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan.
Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan obyektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish uslubiyotini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o'rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo'lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo'nalashlami ajratib ko'rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug'urta va atrof-muhit informatikasi, kasbiy axborot tizimlari.
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari haqida umumlashtirilgan axborotni olish, ulami qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir.
• Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:
• axborot jarayonlaridagi qonuniyatlami o'rganish (axborotlami yig'ish, qayta ishlash, tarqatish);
• inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion-axborot modellarini yaratish;
• aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnolgiyalarini ishlab chiqish va ulaming hayotiy bosqichlari bo'lgan loyihalash, uni ishlab chiqish, foydalanish davrlariga tavsiyalar tayyorlash.
|
| |