• Informatikaga oid fanlarning shakllanish tarixi Informatika
  • 1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari




    Download 1,34 Mb.
    bet3/15
    Sana08.12.2023
    Hajmi1,34 Mb.
    #114074
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    1-Mavzu informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy r

    Informatika — kompyuterlar yordami va ularni qo'llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir.
    Informatika uch qismga bo'lish mumkin: 
    nazariy informatika; 
    axborotlashtirish vositalari; 
    axborot tizimlari va texnologiyalari.
    Ushbu qismlarning har biri bir nechta alohida qismlarga ajratilgan va ularning ba'zilari mustaqil o'quv fanlari sifatida ko'rib chiqilgan.

    1. Informatikaga oid fanlarning shakllanish tarixi



    Informatika o'tgan asrning 60-yillarida Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha informatigue (informatika) so'zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.
    Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini informatika fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni о‘qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va kо‘nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi.
    «Kompyuter» so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «hisoblovchi» ma’nosini anglatadi. Hozirgi kunga qadar elektron hisoblash mashinasi (EHM), shaxsiy elektron hisoblash mashinasi (ShEHM), personal kompyuter tushunchalari hayotimizga kirib kelgan. U hozirda faqat hisoblash ishlarini bajaribgina qolmasdan, balki matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
    Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi. 1970-yillarda yuzaga kelib, ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral sxema va mikro-protsessorlar tashkil etdi.
    Kompyuter texnolgiyasining afzalliklari bo‘yicha quyidagi bosqichlarga bo’linadi:


    1-rasm.1960-yil kompyuetlari
    1-bosqich (1960 - yillar boshidan) hisoblash markazlari zaxiralaridan markazlashgan tarzda foydalanishga yo'naltirilgan qo'l mehnati amallarini bajarishda axborotni ancha samarali qayta ishlash bilan ajralib turadi. Yaratilayotgan axborot tizimlari samaradorligini baholashning asosiy mezoni ishlab chiqarishga sarflangan va tizimni tatbiq etish natijasida tejalgan miqdorlar o'rtasidagi farq hisoblangan. Bu bosqichda asosiy muammo sifatida foydalanuvchilar va yaratuvchilar o'rtasidagi to'g'ri tashkil qilinmagan aloqalarini ko'rsatish mumkin. Bu muammo psixologik muammo bo'lib, ularning hal etilayotgan vazifaga turlicha qarashlari va tushunishlari bunga sabab bo'lishi mumkin. Bu muammoning oqibatida foydalanuvchilar to'liq tushuna olmagan va ulardan to'liq foydalana olmagan tizimlar yaratildi. (1-rasm.)


    2-rasm.1970-yil kompyuetlari
    2-bosqich (1970 - yillar o'rtalaridan) shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Axborot tizimlarini yaratishga yondashuv o'zgardi — qabul qilayotgan qarorlarni qo'llab-quwatlash uchun yo'naltirish individual foydalanuvchi tomonga siljidi. Foydalanuvchi olib borilayotgan ishlardan manfaatdor bo'lib ishlab chiqaruvchi bilan aloqani yaxshilaydi, ikkala guruh mutaxassislari o'rtasida o'zaro tushunish yuzaga keladi. Bu bosqichda birinchi bosqich uchun xos bo'lgan ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda ham, lokal vazifalami hal etish va foydalanuvchi ish joyida lokal ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga asoslangan markazlashtirilmagan holda ham qayta ishlashdan foydalaniladi. (2-rasm.)


    3-rasm.1990-yil kompyuetlari
    3-bosqich (1990 - yillar boshlaridan) tijoratda strategik afzalliklar tahlili tushunchasi bilan bog‘liq, va axborotni taqsimlovchi qayta ishlash telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlariga asoslangan. Axborot tizimlari ma’lumotlami qayta ishlash samaradorligini oshirish va boshqaruviga yordam berishni shunchaki maqsad qilib qo‘ymagan. Tegishli axborot texnologiyalari raqobat kurashida tashkilotga yordam berishi va yutuqlaiga erishishga ko‘maklashuvi lozim.(3-rasm)
    Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish hamda qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog'lanadi.
    Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq.
    XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya ’ni XXI asrni axborot­ lashtirish va kom m unikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborot­ lashtirish n im a va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zam on jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
    Texnologiya so‘zi lotincha ikki so‘zdan, «thexnos» - san’at, mahorat, hunar, soha va «logos» - fan kabilardan olingan. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usullari va vositalari majmuidir.
    Axborotlar ustida biror kerakli amallarni bajarish uchun tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi.
    Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
    Kundalik hayotimizda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, tasvirli (video) va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
    Axborot texnologiyasi biror ob’ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi jarayondir.
    Zamonaviy axborot texnologiyalari – shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o‘rnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi. Texnologiya bu maxsulotni qayta ishlash, yaratish usullari majmuidir. Axborot texnologiyalari deganda axborotlar ustida biror kerakli amallarni bajarish uchun tashkil qilingan jarayomnlarga aytiladi. Bu jarayonlarga axborotni saqlash, yig‘ish, qayta ishlash, saralash, uzatish va hokazolarni misol qilish mumkin.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarga: kompyuter texnologiyalari, tarmoqlar, Internet, multimedia tizimlari kiradi.
    Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqariqa tor yangi tushunchalar ham kiradi.
    Yangi o‘quv fani bo‘lgan «Axborot texnologiyalari» fanida axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, ax­borotlarni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o ‘rgatiladi. «Axborot texnologiyalari» fani matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bogliq.
    Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuyidir. Axborot texnologiyalarining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo lib , ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
    «Axborot texnologiyalari» fani axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o ‘rgatuvchi fan.
    Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat.
    XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatning har bir a ’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
    Raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa 
    innovatsion ishlanmalarni joriy qilishdan tezroqdir: bor-yo‘g‘i yigirma yil ichida 
    raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini 
    qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o‘zgartirishga muvaffaq 
    bo‘ldi.

    Download 1,34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari

    Download 1,34 Mb.