• 11.5. Iqtisodiy samaradorlik 11.6. Investitsiyalarning qoplash muddati 11.7. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari
  • Investi ts iyalar
  • 11-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati Reja




    Download 96.27 Kb.
    bet1/15
    Sana29.03.2024
    Hajmi96.27 Kb.
    #181264
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    11 мавзу (1)
    TX - Ishchi dastur Sirtqi, pedagogika va psixologiya kafedrasi, Туйинмаган углеводородлар, 1 amaliy ish, @pdfustabot (1), Domna ishlab chiqarishi - Vikipediya, amaliy-ish-fizika, 1-topshiriq masalalari, Diskret tuzilmalar, Basketbolchilarni mashg‘ulot jarayonida asosiy texnik tayyorgarligi oshirishga qaratilgan mashqlar., 10 мавзу (2), Ilyosov Baxtiyor1, Ilyosov Baxtiyor

    11-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati
    Reja
    11.1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiu mazmuni
    11.2. Korxona investitsiyalarining manbalari
    11.3. Investitsion loyihalarning samaradorligini baholashning uslubiy asoslari
    11.4. Samaradorlikni aniqlovchi ko’rsatkichlar
    11.5. Iqtisodiy samaradorlik
    11.6. Investitsiyalarning qoplash muddati
    11.7. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari

    11.1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiu mazmuni


    Korxonalar xo’jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo’nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to’g’risida” gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.


    Investitsiyalar  korxonalar va xalq xo’jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg’or texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko’paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida ehtiborga ega.
    Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo’yilmalarning ustuvor yo’nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “egasi” sifatida korxonalarning o’zidan tashqari, davlatni, mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko’rsatish mumkin.
    Ko’pincha investitsiya deganda kapital qo’yilmalar ko’zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning mohiyatini noto’g’ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bugungi kunlarda xo’jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o’z o’rnini topmoqda. SHu bilan birga, “kapital qo’yilmalar” atamasining o’z izohlari ham mavjud.

    Download 96.27 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 96.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati Reja

    Download 96.27 Kb.