• 1-savol. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
  • Raqobat va narxning shakllanishi Reja




    Download 66.97 Kb.
    bet1/11
    Sana26.03.2024
    Hajmi66.97 Kb.
    #177741
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Raqobat va narxning shakllanishi
    obuna-2022, Matluba opaga tadbir, 6-amaliy dars, 5-ma’ruza Tipik kirish signallari, Amir Temur Ssenariy, MTMIChJA sirqi 5kur 308, 3-Mavzu Tuproqning suv va havo rejimlari hamda ularni boshqaris, 5-Ma\'ruza, 8-мавзу strees omillar(1), кружок 130820233912, UZBEK TIILI 4, TAT, 2-silayd elektiz energetikasi, My day., BUYUK BRITANIYA IQTISODIYOTIDA SUG\'URTANING TUTGAN O\'RNI

    Raqobat va narxning shakllanishi


    Reja:


    1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
    2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari
    3. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
    4. Narxning mazmuni, vazifalari va turlari
    5. Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirilishi xususiyatlari

    1-savol. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
    Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo’llaniladi. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
    Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.
    Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
    1. Tartibga solish vazifasi;
    2. Resurslarni joylashtirish vazifasi;
    3. Innovatsion vazifa;
    4. Moslashtirish vazifasi;
    5. Taqsimlash vazifasi;
    6. Nazorat qilish vazifasi.
    Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‘ektlardan iborat bo’ladi:
    1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida;
    2. Iste‘molchi va xaridorlar o’rtasidа.
    Ularning asosiy maqsadlari ko’proq foyda olish va ko’proq naflilikka erishishdir. Buni chizma ko’rinishda ham tasvirlash mumkin.

    Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa, taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.


    Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
    Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi.
    Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi.
    Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.

    Download 66.97 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqobat va narxning shakllanishi Reja

    Download 66.97 Kb.