Ahmadjonov Muzaffarning Kiberxavfszilik asoslari fanidan mustaqil ishi




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.01.2024
Hajmi0,55 Mb.
#135941
  1   2
Bog'liq
ahmadjonov(referat)



Ahmadjonov Muzaffarning Kiberxavfszilik asoslari fanidan 
mustaqil ishi 
Mavzu: Risklarni boshqarish 
Reja: 
1. Risk darajasi, risk chastotasi, risk matritsasi 
2. Risklarni boshqarish
3. Risklarni boshqarish bosqichlari 
4. Risklarni boshqarishning axborot tizimlari 
Kalit so’zlar: risk, risk darajasi, risk chastotasi, risk matritsasi, risklarni 
boshqarish, muhim risk ko’rsatkichlari, risklarni boshqarish bosqichlari, 
tashkilotda risklarni boshqarishning freymvorki, risklarni boshqarishning 
axborot tizimlari (Risk Management Information Systems, RMIS). 
Risklarni boshqarish 
Risk bu – belgilangan sharoitlarda tahdidning manbalarga potensial zarar 
yetkazilishini kutish. Bundan tashqari, riskni quyidagicha tushunish mumkin: 
- Risk bu – ichki yoki tashqi majburiyatlar natijasida tahdid yoki 
hodisalarni yuzaga kelishi, yo’qotilishi yoki boshqa salbiy ta’sir ko’rsatishi 
mumkin bo’lgan voqyea. 
- Risk bu – manbaga zarar keltiradigan ichki yoki tashqi zaiflik ta’sirida 
tahdid bo’lishi ehtimoli. 
- Risk bu – voqyea sodir bo’lishi ehtimoli va ushbu hodisaning axborot 
texnologiyalari aktivlariga ta’siri. 
Risk, tahdid, zaiflik va ta’sir tushunchalari o’rtasida o’zaro bog’lanish 
mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin: RISK = Tahdid × Zaiflik 
× Ta’sir. 
Boshqa tomondan, hodisaning axborot aktiviga ta’siri bu – aktivdagi yoki 
manfaatdor tomonlar uchun aktivning qiymatidagi zaiflikning natijasi ekanligini 
inobatga olgan holda, riskni quyidagicha ifodalash mumkin: RISK = Tahdid × 
Zaiflik × Aktiv qiymati. 
Risk o’zida quyidagi ikkita faktorni mujassamlashtiradi: 
- zararli hodisani yuzaga kelish ehtimoli; 
- va zararli hodisaning oqibatlari. 


Riskning ta’siri. Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha narxiga 
yoki kutilgan qiymatga ta’sir yetadi. Risk ta’siri tashkilot, jarayon yoki tizimga 
zararli muhit sababli yuzaga keladi. Ta’sir riskni kuzatilish ehtimoli jiddiyligini 
ko’rsatadi. 
Riskning chastotasi. Riskni aniqlash va baholashga bog’liq holda, risklarni 
tasniflashda ularning takrorlanish chastotatasiga va ko’p sonli ketma-ketliklarga 
asoslanadi. Chastota va ko’p sonlilik risklarni monitoring qilishda muhim 
hususiyat hisoblanib, shu nuqtai nazaridan risklar ikki guruhga: minor risklar – 
e’tibor talab qilmaydigan va major risklar – alohida e’tibor va kuzatuv talab 
qiluvchilarga ajratiladi. Risklar chastotasi va ko’p sonligiga asoslangan holda 
ularni ikki o’lchamli matrisa usuli yordamida guruhlarga ajratish mumkin. 
Riskning darajalari. Risk darajasi tarmoqda (yoki tizimga) natijaviy 
ta’sirning bahosi bo’lib, risk chastotasi va uning ko’p sonligiga ko’ra risklarni 
darajaga ajratishning ko’plab usullari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgan 
usullaridan biri bu – ikki o’lchamli matrisa usulidir. 
Risklarni tahlil qilishda, chastota yoki mojaro kuzatilishi va natijasining 
ehtimoli bilan ishlash talab etiladi. Bu esa risk darajasini ifodalaydi. Risk 
quyidagi tenglik bilan ifodalanadi: Risk darajasi=natija ×ehtimollik. 
Risk darajalari 4 ta: ekstirmal yuqori, yuqori, o’rta va past, bo’lishi 
mumkin. 
Ekstrimal yuqori yoki yuqori risk paydo bo’lishini va salbiy ta’sirini 
kamaytirish uchun maxsus yo’naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu 
darajadagi risklar yuqori yoki o’rtacha ta’sirning yuqori ehtimolligiga ega 
bo’ladi. Mazkur darajadagi risklar jiddiy xavfni olib keladi va shuning uchun, 
zudlik bilan aniqlash hamda qarshi chora ko’rishni talab qiladi. 
O’rta darajali risklar yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa yoki past 
ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo’lishi mumkin. Alohida qaralganda 
yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisalar loyiha narxiga yoki kutilgan 
natijaga kam ta’sir qiladi. Past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisalar doimiy 
monitoringni talab etadi. O’rta darajali risklarga zudlik bilan chora ko’rish talab 
etilmasada, himoyani dastlabki vaqtda o’rnatish talab etiladi. 
Past darajali risklar odatda e’tibor bermasa bo’ladigan yoki keyingi 
baholashlarda e’tibor bersa bo’ladigan risklar toifasi bo’lib, ularni bartaraf etish 
qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki ortiqcha sarf xarajatni 
keltirib chiqarmaydi. 
Risk matrisasi risklarni paydo bo’lish ehtimolini ularning natijasi va ta’siri 
orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi sathini 
grafik taqdim etadi. Risk matrisasi riskning ortib boruvchi ko’rinishi uchun 
foydalaniluvchi sodda jarayon bo’lib, qarshi choralarni ko’rishda yordam 
beradi. Risk matrisasi risklarni turli darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai 


nazaridan guruhlash imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tashkilot 
tomonidan amalga oshiriladigan risklarni o’lchash usullari ham mavjud (17.1-
rasm). 
17.1-rasm. Risk matrisasi 
Yuqorida taqdim etilgan risk matrisasi risklarni vizual taqdim etish va 
o’zaro taqqoslash imkonini berib, undagi har bir yacheyka ehtimollik va oqibat 
kattaliklarining kombinasiyasidan iborat bo’ladi. Riskning jiddiyligi uning 
ehtimoli va ta’sir darajasiga bog’liq bo’ladi. Keltirilgan risk matrisasida paydo 
bo’lish ehtimoli bo’yicha ular 5 ta guruhga ajratilgan. Shunga mos ravishda, 
risk oqibati ham 5 ta darajaga ajratilgan. 
Risklarni boshqarish. Risklarni boshqarish bu – risklarni aniqlash, 
baholash, javob berish va potensial ta’sirga tashkilot tomonidan qanday javob 
berilishini amalga oshirish jarayoni. Risklarni boshqarish xavfsizlikning hayotiy 
siklida o’zining muhim o’rniga ega bo’lib, u davomiy va hattoki 
murakkablashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Risklar turli tashkilotlar uchun 
turlicha bo’lsada, risklarni boshqarishga tayyorgarlik ko’rish barcha tashkilotlar 
uchun umumiy bo’ladi. Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad quyidagilar: 
- potensial risklarni aniqlash; 
- risk ta’sirini aniqlash va tashkilotlarga yaxshiroq risklarni boshqarish 
strategiyasi va rejasini ishlab chiqishga yordam berish; 
- jiddiylik darajasiga asoslangan holda risklarni tasniflash va yordam 
berish uchun risklarni boshqarish usullari, vositalari va texnologiyalaridan 
foydalanish; 
- risklarni tushunish, tahlil qilish va aniqlangan risk hodisalarini qayd etish; 
- risklarni nazorat qilish va risk ta’siriga qarshi kurashish; 
- xavfsizlik xodimlarini ogohlantirish va risklarni boshqarish strategiyasini 
ishlab chiqish. 


Risklarni boshqarish risklarni aniqlashda tizimlashgan yondashuvni 
ta’minlaydi va quyidagi afzalliklarga ega: 
- potensial risk ta’siri sohasiga e’tibor qaratadi; 
- risklarni darajalari bo’yicha manzillaydi; 
- risklarni tutish jarayonini yaxshilaydi; 
- kutilmagan holatlarda xavfsizlik xodimini samarali harakat qilishiga 
ko’mak beradi; 
- resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. 
Risklarni boshqarishda muhim rollar va javobgarliklar. Risklarni 
boshqarishda rollar va javobgarliklar bajaruvchilar o’rtasida quyidagicha 
taqsimlangan: 
− Bosh boshqaruvchi. Bosh boshqaruvchi tashkilotda risklarni boshqarish 
jarayonini olib borishga rahbar hisoblanib, u risk paydo bo’lganga ularni 
aniqlash uchun talab qilinadigan siyosat va usullarni ishlab chiqadi. Bundan 
tashqari, kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni tutib olish uchun zarur 
bo’lgan ishlarni amalga oshirish ham uning vazifasi hisoblanadi. 
− Axborot texnologiyalari bo’yicha direktor. Mazkur lavozim egasi 
tashkilot axborot va kompyuter texnologiyalarini madadlash uchun zarur 
bo’lgan siyosat va rejalarni amalga oshirishga javobgar bo’lib, risklarni 
boshqarishdagi asosiy reja va siyosatlarda muhim rol o’ynaydi. Ushbu lavozim 
egasi uchun asosiy javobgarliklar bu – xodimlarni xavfsizlik bo’yicha o’qitish 
hamda axborot texnologiyalarida bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ularni 
biznes jarayonlariga ta’sirini boshqarishdan iborat. 
− Tizim va axborot egalari. Tizim va axborot egalarining vazifasi asosan 
axborot tizimlari uchun ishlab chiqilgan rejalar va siyosatlarni monitoring qilib 
borish bo’lib, quyidagi javobgarliklarni o’z ichiga oladi: 

sozlanishlarni boshqarish jarayoniga bog’liq barcha muzokaralarda 
ishtirok etish; 

axborot texnologiyalari komponentlari qaydlarini saqlash; 

axborot tizimlarida barcha o’zgarishlarni va ularni ta’sirlarini tadqiq 
qilish; 

barcha tizimlar uchun xavfsizlik holati bo’yicha hisobotlarni tayyorlash; 

axborot tizimlarini himoyalash uchun zarur bo’lgan xavfsizlik 
nazoratlarini yangilab borish; 

doimiy ravishda xavfsizlikka oid hujjatlarni yangilab borish; 

mavjud xavfsizlik nazoratini o’zining samaradorligini ta’minlashi 
bo’yicha tekshirish va baholash. 
− Biznes va funksional menedjerlar. Mazkur lavozim egalari tashkilotdagi 
barcha boshqaruv jarayonlarini madadlash uchun javobgar bo’lib, bu vazifani 


bajarishida tashkilot rahbariyati tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Funksional 
menedjeri quyidagilarni anglatadi: 

rivojlantirish jamoasi menedjeri; 

savdo menedjeri; 

mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi menedjer. 
− AT xavfsizlik dasturi menedjerlari va kompyuter xavfsizligi bo’limi 
direktori. Ushbu lavozim egalari tizimni himoyalashda xavfsizlik nazoratlarini 
tanlash orqali axborot tizimi egalarini qo’llab quvvatlaydi. Ushbu lavozim 
egalari tashkilotda xavfsizlik nazoratini tanlashda va tuzatishda muhim ro’l 
o’ynaydi. 
− AT xavfsizlik amaliyotchilari. AT xavfsizlik amaliyotchilari tashkilotda 
shaxsiy, fizik va axborot xavfsizligini amalga oshiradilar va ular quyidagilarga 
javobgar: 

tashkilotda yaxshiroq xavfsizlik usullarini yaratish; 

tashkilot standartlariga to’liq mos keluvchi usullarni ishlab chiqish; 

risklarni boshqarish va biznesni rejalashtirish uchun tashkilot xavfsizlik 
yondashuvlarini tekshirish; 

xavfsizlik insidentlarini tutish va qayd qilish; 

tashkilotda xavfsizlik uchun rol va javobgarliklarni belgilash; 

tashkilotdagi barcha xavfsizlik o’lchovlarini nazorat qilish. 
− Xavfsizlik bo’yicha murabbiy. Xavfsizlik bo’yicha murabbiy 
tashkilotdagi tayyorgarlik va o’quv kurslarini amalga oshiradi. Bu vazifani 
odatda soha mutaxassislari tomonidan bajarilishi tavsiya etiladi. 
Muhim risk ko’rsatkichlari. Muhim risk ko’rsatkichlari risklarni samarali 
boshqarish jarayonida muhim tashkil etuvchi bo’lib, dastlabki bosqichlarda 
harakatlarning xavflilik darajasini ko’rsatadi. Muhim risk ko’rsatkichlarini 
to’g’ri aniqlash tashkilot maqsadini tushunishni talab etadi. U tashkilotdagi risk 
ehtimolini ko’rsatuvchi o’lchov bo’lib, quyidagilarni amalga oshirishda yordam 
beradi: 
- hodisa ta’sirini aniqlash; 
- chegara qiymatda ogohlantirish; 
- risk hodisalarini qayta ko’rish. 
Muhim risk ko’rsatkichi aniqlik bilan hisoblanishi va tashkilotning muhim 
amalga oshirish ko’rsatkichlariga salbiy ta’sirlarni aks ettirishi kerak. Bu yerda, 
tashkilotning muhim amalga oshirish ko’rsatkichi tashkilotni o’zining 
maqsadalariga erishish jarayonini baholash ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Risklarni boshqarish bosqichlari. Risklarni boshqarish uzluksiz jarayon 
bo’lib, har bir bosqichda muvaffaqqiyatli amalga oshirilishni talab etadi. U 
aniqlangan va faol ishlaydigan xavfsizlik dasturidan foydalangan holda xavfni 


maqbul darajada oldini oladi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy to’rtta 
bosqichga bo’linadi: 
1. Risklarni aniqlash. 
2. Risklarni baholash. 
3. Risklarni bartaraf etish. 
4. Risk monitoringi va qayta ko’rib chiqish. 
Har bir tashkilot risklarni boshqarish jarayonida yuqorida keltirilgan 
bosqichlarni bosib o’tadi. Quyida ushbu bosqichlar bilan yaqindan tanishib 
chiqiladi. 
Risklarni aniqlash. Risklarni boshqarishdagi dastlabki qadam bo’lib, uning 
asosiy maqsadi riskni tashkilotga zarar yetkazmasdan oldin aniqlash 
hisoblanadi. Risklarni aniqlash jarayoni mas’ul mutaxassislar qobiliyatiga 
bog’liq bo’lganligi sabab, ular turli tashkilotlar uchun farq qiladi. Risklarni 
aniqlash o’zida tashkilot xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarning 
manbasini, sabablarini, natijasini va boshqalarni aniqlashni mujassamlashtirgan. 
Risklar odatda quyidagi 4 ta muhim sohalardan kelib chiqadi: 
- Muhit.Muhitga aloqador bo’lgan risklar o’zida ish joyidagi kamchiliklar, 
turli xalaqitlar, issiq/ sovuq muhit, tutun, past yoritilganlik va elektr xavflari 
kabilarni birlashtiradi. 
- Jixoz. Jixozga aloqador risklar sifatida jixozlarning past ta’mirlash 
muhiti, ishlamaslik, mavjud bo’lmaslik va vazifaga nomutanosibligini keltirish 
mumkin. 
- Mijoz. Mijozlar bilan bog’liq risklar odatda muhim o’zgarishlar, 
kutilmagan ko’chishlar va zaif aloqa natijasida yuzaga keladi. 
- Vazifalar. Vazifalarga aloqador bo’lgan risklarga yetarli bo’lmagan 
bajarish vaqti, takroriy vazifalar, ishni loyihalash va xodimlar sonini yetarli 
bo’lmasiligi orqali paydo bo’luvchi risklar misol bo’ladi. 
Risklarni aniqlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
- kontekstni belgilash: xodim ichki va tashqi muhitni va tashkilot 
faoliyatidagi joriy holatni aniqlaydi; 
- risklarni sanash: bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ular sababli 
kutilayotgan natijalar aniqlanadi. 
Riskni aniqlash risklarni boshqarish jarayonidagi turli og’ishlarni 
kamaytiradi va bu o’z navbatida kelajakda ta’sir qiluvchi omillar ehtimolini 
kamaytiradi. Risklarni aniqlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib, ular asosida 
turli dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Ko’plab risklarni aniqlash jarayonlari 
maxsus shakllantirilgan jamoa tomonidan amalga oshiriladi. Risklarni aniqlash 
jarayoni bir qancha faktorlarga, masalan, tarmoqning holati va jamoa a’zolarini 
risklarni boshqarishdagi qobiliyatlariga asoslanadi. 


Riskni baholash. Risklarni baholash bosqichida tashkilotdagi risklarga 
baho beriladi va bu risklarning ta’siri yoki yuzaga kelish ehtimoli hisoblanadi. 
Risklarni baholash uzluksiz davom etuvchi jarayon bo’lib, riskka qarshi 
kurashish va rejalarni amalga oshirish uchun imtiyozlarni belgilaydi. Risklarni 
baholash ularning miqdor va sifat qiymatini aniqlaydi. Har bir tashkilot risklarni 
aniqlash, darajalarga ajratish va yo’q qilish uchun o’zida riskni baholash 
jarayonini qabul qilishi kerak. 
Riskni baholash taqdim etilgan risk turini, riskning ehtimoli va miqdorini, 
uning darajasini hamda uni nazoratlash uchun rejani aniqlaydi. Tashkilotlar 
risklarni baholash jarayonini odatda xavf aniqlanganda va uni zudlik bilan 
nazoratlay olmaganlarida amalga oshiradilar. Riskni baholashdan so’ng ma’lum 
vaqt oralig’i bilan barcha axborot vositalarini yangilash talab etiladi. 
Risklar baholangandan so’ng, ular miqdor va tashkilotga keltiradigan 
zarariga ko’ra darajalanadi. Darajalarga ajratish risklarga qarshi kurashishga va 
resurslarni joylashtirishga yordam beradi. Taqdim etilgan risklarning darajalari 
ularning miqdoriga bog’liq bo’ladi: 
1-2: darajasi 1-2 ga teng bo’lgan risklarni zudlik bilan bartaraf etish talab 
etiladi yoki bartaraf etish imkoni bo’lmasa, nazorat harakatlari orqali uning 
xavflilik darajasini tushirish talab etiladi. 
3-4: darajasi 3-4 ga teng bo’lgan risklarni o’ylangan biror vaqt oralig’ida 
bartaraf etish yoki xavfni nazoratga olish zarur hisoblanadi. 
5-6: mazkur darajaga ega risklarni imkoni bor bo’lgan vaqtda bartaraf etish 
yoki imkoni bo’lsa xavfni nazoratga olish zarur. 
Risklarni baholash quyidagi ikki bosqichdan iborat: 
Riskni tahlil qilish: risk tabiatini aniqlash va uni paydo bo’lish darajasini 
hisoblash bosqichi bo’lib, u risklarni nazoratlashga yordam beradi. 
Riskni darajalarga ajratish: risklarni tahlil qilish jarayonida ularning 
miqdoriy jixatdan reytingini aniqlash va qarshi choralarni loyihalash bosqichi 
hisoblanadi. 
Risklarni bartaraf etish. Risklarni bartaraf etish jarayoni aniqlangan 
risklarni modifikasiyalash maqsadida mos nazoratni tanlash va amalga 
oshirishni ta’minlab, bunda miqdoriy darajasi yuqori bo’lganlariga birinchi 
murojaat qilinadi. Ushbu bosqichda qaror qabul qilish riskni baholash natijasiga 
asoslanadi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi jiddiy hisoblangan risklarni 
nazoratlash uchun qarshi choralarni aniqlash bo’lib, bunda risklarni individual 
ravishda yo’q qilish, monitoring qilish va qayta ko’rib chiqish uchun ularni 
darajalarga ajratish amalga oshiriladi. Risklarni yo’q qilishdan oldin quyidagi 
axborotni to’plash talab etiladi: 
- mos himoya usulini tanlash; 
- himoya usuli uchun javobgar shaxsni tayinlash; 


- himoya narxini inobatga olish; 
- himoya usulini afzalligini asoslash; 
- muvaffaqqiyatga erishish ehtimolini aniqlash; 
- himoya usulini o’lchash va baholash usulini aniqlash. 
Agar aniqlangan risklarni bartaraf etish talab etilsa, risklarni boshqarish 
rejasini doimiy qayta ko’rib chiqish va ishlab chiqish zarur bo’ladi. Turli 
himoya usullaridan foydalanish riskdan qochish, ularni kamaytirish va ular 
uchun javobgarliklarni boshqaga o’tkazish kabi imkoniyatlar taqdim qiladi. 
Xodimlar risklarni kamaytirish yoki minimallashtirish uchun quyidagilarni 
amalga oshirishi talab etiladi: 
- riskni nazoratlash rejasini ishlab chiqish; 
- ko’rsatilayotgan xizmatga riskni ta’sirini aniqlash; 
- riskni nazoratlash rejasini tamomlash uchun qat’iy cheklovlarni qo’yish; 
- risklarni nazoratlash strategiyasini amalga oshirish; 
- risklarni nazoratlashda mijoz harakatini aniqlash; 
- risklarni nazoratlash daravomida madadlovchi xodimlar/ ishchilar bilan 
aloqani o’rnatish; 
- risklarni nazoratlash jarayonining bir qismi sifatida risklarni nazoratlash 
rejasini to’liq hujjatlashtirish. 
Tashkilotda risklarni boshqarish freymvorki (Enterprise Risk Management 
Framework, ERM Framework). Risklarni boshqarish freymvorki tashkilotning 
risklarni boshqarish usuliga xos bo’lgan amalga oshirish tadbirlarini belgilaydi 
va tashkilotda axborot xavfsizligi va risklarni boshqarish bo’yicha faoliyatni 
birlashtiruvchi tarkibiy jarayonni ta’minlaydi. Tashkilotda risklarni boshqarish 
freymvorki quyidagi harakatlarni aniqlaydi, tahlil qiladi va amalga oshiradi: 
- riskka olib keluvchi harakatlarni bekor qilish orqali riskdan qochish; 
- risk ta’siri yoki ehtimolini minimallashtirish orqali riskni kamaytirish; 
- risklarni boshqarish jarayoni standartlarini taqdim qilish. 
Tashkilotda risklarni boshqarish freymvorkining asosiy maqsadlari 
quyidagilardan iborat: 
- tashkilotda risklarni boshqarishni tashkilot faoliyatini boshqarish bilan 
birlashtirish; 
- risklarni boshqarishning afzalliklarini o’zaro bog’lash; 
- risklarni boshqarish uchun tashkilotda rollarni va vazifalarni aniqlash; 

risklar to’g’risida hisobot berish va rivojlanish jarayonini 
standartlashtirish; 
- tashkilotda risklarni boshqarish uchun standart yondashuvlarni o’rnatish; 
- risklarni boshqarishda resurslarga ko’maklashish; 
- tashkilotda risklarni boshqarishning doirasi va ilovalarini o’rnatish; 


- tashkilotda risklarni boshqarishni takomillashtirish uchun vaqti-vaqti 
bilan tekshirishni amalga oshirish. 
Amalda tashkilotda risklarni boshqarish freymvorklari sifatida NIST ERM, 
COSO ERM va COBIT ERM kabilardan keng qo’llaniladi. 
Risklarni boshqarishning axborot tizimlari (Risk Management Information 
Systems, RMIS). RMIS bu – boshqaruv axborot tizimi bo’lib, axborotni 
saqlashni boshqarish, tahlil qilish va tashkilot tarmog’i uchun risk to’g’risida 
ma’lumot olish imkoniyatini taqdim qiladi. Tashkilotlar risklarni boshqarish 
jarayonini optimallashtirish uchun RMIS bilan risklarni boshqarish 
freymvorkini birlashtiradi. RMIS tizimlari quyidagi afzalliklarga ega: 
- ma’lumot ortiqchaligi va xatoligini kamaytirish orqali ma’lumot 
ishonchligini yaxshilaydi; 
- RMIS orqali xabarlar boshqaruvining yaxshilanishi natijasida 
tashkilotdagi xarajatlarni kamaytiradi; 
- RMIS tashkilotning standartlariga muvofiq ravishda, ularga risklarni 
boshqarish siyosatidan samarali foydalanishda yordam beradi. 
RMIS turli omillar bo’yicha hisobotlarni hosil qiladi va ushbu hisobotlar 
tashkilotda tarmoq risklari to’g’risida yaxlit tasavvurga ega bo’lishga hamda 
ularni boshqarishga imkon beradi. Hosil qilingan RMIS hisoboti turlari unga 
yuborilgan so’rov turiga bog’liq bo’ladi. RMIS quyidagi turdagi hisobotlarni 
hosil qiladi: 
- Standart hisobotlar: yuborilgan umumiy so’rovlarga javob sifatida RMIS 
standart hisobotlarni hosil qiladi. Ushbu hisobot guruhga ajratilgan 
ma’lumotlardan tashkil topmaydi. 
- Maxsus hisobotlar: bundan tashqari RMIS tizimi maxsus so’rovlarga 
nisbatan maxsus javoblarni generasiya qiladi va ular turli guruhga tegishli 
ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi. 
Amalda RMIS tizimining turli ko’rishdagi vositalaridan keng 
foydalaniladi. Ularga misol sifatida, Aon Enterprise Risk Management, Stars 
RMIS, RiskEnvision, RiskonnectRMIS, INFORM, Traveler’s e-CARMA 
vositalarini keltirish mumkin. 

Download 0,55 Mb.
  1   2




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ahmadjonov Muzaffarning Kiberxavfszilik asoslari fanidan mustaqil ishi

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish