Bank tizimini iqtisodiyotga ta’siri
G‘aniyev Ibragim Mamadiyevich
Ta’lim sifatini nazorat qilish
bo‘lim boshlig‘i
Mamirova Gulira’no Ulug‘bek qizi
TDIU Samarqand filiali talabasi
Annotatsiya.Bank tizimi korxonalar va jismoniy shaxslar uchun asosiy kredit manbai hisoblanib,investitsiyalar va is’temolni osonlashtirib,iqtisodiyotda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.Banklarning moliyalashtirish harakati biznes operatsiyalarini kengaytirishni va yangi korxonalarni yaratilishini qo’llab-quvvatlash najidasida iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ladi.Shuningdek pul kredit siyosatidagi o‘zgarishlarga javoban kredit stavkalarini o‘zgartirish orqali banklar iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadi.Masalan: past foiz stavkalari odatda qarz olishni rag‘batlantiradi va bu bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga ta’sir ko‘rsatsa, yuqori stavkalari bilan qarz olishini sekinlashtiradi va bu infyatsiyani nazorat qilishga yordam beradi.]
Kalit so‘zlar: Bank tizimi, pul mablag‘lari, kreditlar, to‘lov, valyuta, moliyaviy muassasa, likvidlik, xususiylashtirish,Adam Smit,hisob-kitob.
Bank- bu aholi va tashkilotlardan pul mablag‘larini qabul qilish,ularni saqlash va himoya qilishni ta‘minlash, shuningdek kreditlar va boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy muassasa. Banklar moliya bozorining asosiy ishtirokchilari bo‘lib,ularning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Banklarning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ularni faoliyati va funksinal vazifasi bo‘yicha quyidagicha tartiblash mumkin:
Chakana banklar- jismoniy shaxslar va kichik biznesga bevosita xizmat ko‘rsatadigan banklar.
Tijorat banklari- korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan va yirik kredit operatsiyalarini amalga oshiradigan banklar.
Banklar mulkchilik shaklida ham farq qilish mumkin:
Davlat banklari-butunlay davlatga tegishli banklar.
Xususiy banklar -jismoniy shaxslar yoki kompaniyalarga tegishli banklar.
Aralash banklar-xususiy va davlat kapitali birlashtirilgan banklar.
Shuningdek bank tizimi- pul mablag‘larini saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan, o‘z mijozlariga kreditlar va boshqa xizmatlarni taqdim etadigan banklar va boshqa moliya institutlari to‘plamidir. Bank tizimi iqtisodiy infratuzilmaning asosiy elementi bo‘lib, moliyaviy operatsiyaning usluksiz ishlashini ta‘minlaydi. Bank tizimi moliyaviy institutlar (banklar) majmuasi hisoblanib, u mamlakatda qabul qilinadigan qonun-qoidalar va tartiblar asosida faoliyat yuritadi. Bank tizimi tijorat banklarning likvidligi, to‘lov qilish qobiliyatini, aktivlar va passivlarning muddatlari bo‘yicha munosibligini o‘rganishga imkon beradi. Banklar moliyaviy tizimning asosiy qismidir. Ular moliyaviy sohada o‘z vazifalarini bajarish bilan mamlakat iqtisodiyotini ta’minlaydilar. Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, kreditlar berish,to‘lovlar qabul qilish,valyuta almashtirish, investitsiyalar va boshqa moliyaviy xizmatlarni taklif qilish bilan shug‘ullanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-may kuni “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining “bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi farmonga imzo chekdi. Bu strategiya bilan birga, bank sohasini o‘zgartirishning konseptual asoslari, tamoyillari va yo‘nalishlari belgilab olindi. Unga ko‘ra, bank sohasida o‘rta muddatli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
1.Sektorni qayta qurish:Banklarni o‘zgartirish va xususiylashtirish.
2.Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi standartlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini va boshqalarni joriy etgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish.
3.Mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, kreditlash mexanizmlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va kengaytirish
4.Kadrlar malakasini oshirish.
Shu o‘rinda banklarni xususiylashtirishni iqtisodiyotga qanchalik foydasi borligini ko‘rib o‘tish mumkin:
kreditlar va moliyaviy resurslar taqsimlanishi: banklar kreditlar orqali iqtisodiyotni kuchaytirishga yordam beradi.
kreditlar, korxonalar va fuqarolar uchun investitsiya imkoniyatlarini oshirishga qo‘llaniladi. Moliyaviy resurslarni jamlaydigan banklar esa iqtisodiyotni barqarorlashtirishda muhim rol o‘yanaydi.
Banklar xususiylashtirish hisob-kitob va to‘lov tizimini ta’minlash elektron to‘lovlar, plastik kredit kartalari, mobil to‘lovlar va boshqa innovatsiyalar orqali to‘lov jarayonlarini soddalashtirishga yordam beradi.
Banklar mijozlarga kreditlar, jamg‘armalar, valyuta almashtirish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda o‘z ichki qonun-qoidalar orqali vazifasini bajaradilar .Bu esa, iqtisodiyotni o‘sishiga yordam beradi.
Banklar investitsiya va innovatsiyalarni yanada ko‘paytirishga, o‘z sektorlarini boyitishga harakat qilishgani sari yangiliklar bilan boyitishga yordam beradi.
Bunday harakatni Adam Smitning “ko‘rinmas qo‘l” nazariyasida ko‘rish mumkin. Ya’ni insonlar o‘z manfaatlari yo‘lida davlatga o‘zlari bilmagan holda foyda keltirishadi.Aynan banklarning ham davlatga qaram bo‘lmasdan, xususiylashtirilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
O‘zbekiston-2030 strategiyasida bank tizimiga oid quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan.1.Zamonaviy bank tizimini shakllantirish: bu maqsad banklar tizmini modernizatsiya qilish, mijoz talabiga javob berish va xalqaro standartlarga to‘liq javob berishga qaratilgan.2.Banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish:Bu maqsad banklar tizimining aktovlarini oshirsh,majburiyatlarining umumiy hajmini kengaytirish va banklar faoliaytini samarali bo‘lishiga qaratilgan. Misol uchun banklar aktivlarrining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15% dan-2025-yilgacha kelib 60% gacha oshirish kabi maqsadlar qo‘yilgan.3.Bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etish: banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2-3 %bandga pasaytirish uchun zarur sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, banklar to‘lovlarni qayta ishlash, savdo va savdoni amalga oshirish imkonini beruvchi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi.Elektron to‘lovlar kabi samarali va innovatsion bank xizmatlarining rivojlanishi biznes va iste’mol operatsiyalarini rivojlantirib,iqtisodiy faollikni yanada kuchaytiradi.Xususa, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi ham bunda o‘z ta’sir o‘tkazadi.Elektron bank texnologiyasi bank xizmatlaridan istalgan joyda va istalgan vaqtda foydalanish imkonini beradi,bu esa ulardan foydalanishni oshiradi,banklar uchun yuqori samaradorlikka olib kelishi mumkin.Umuman olganda,raqamli iqtisodiyot bank tizimini yanada integratsiyalashgan,samarali va mijozlarga yo‘naltirilgan holda rivojlanishga hissa qo‘shishi mumkin. Biroq o‘z navbatida bu banklardan texnologiya,tartibga solish va eng muhimi kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishni talab qiladi.
|