Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi - bu,
investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara
va boshqa turdagi jamoa
korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo‘yilmalardan foydalanish,
shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari
nuqtai nazaridan muhim
ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kapital qo‘yilmalarning samarali
tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir.
Iqtisodiyotning hamma tarmoqlarini proporsional rivojlanishini ta’minlash
va yetakchi tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish hamda
xududlar iqtisodiyotini
yaxshilash va aholini yashash darajasini oshirish maqsadida investitsiyaviy ustunlik
ba’zasida va to‘liq rivojlanishini iqtisodiy investitsiyani optimal tuzilmasi va
taqsimlanishini maksimal darajada maqsadga muvofiqligiga erishish zarur.