• Bo‘lim boshlig‘i: M.Xujayorov
  • Payariq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi tashkilotlarning yer uchastkalari va bino-inshootlari daxlsizligini ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish




    Download 47.34 Kb.
    Sana07.09.2023
    Hajmi47.34 Kb.
    #80536



    PAYARIQ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI BOSHLIG‘INING BUYRUG‘I


    Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi tashkilotlarning yer uchastkalari va bino-inshootlari daxlsizligini ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer-uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son Qarori ijrosini ta’minlash, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda keyinchalik doimiy ravishda yer uchastkalaridan samarali foydalanilishini o‘rganib borish, yerlarning talon-toroj qilinishini oldini olish, Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi Qonunning 13-moddasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 10-apreldagi 03-03/5-1211-sonli xati va Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 2-iyundagi 01-8B-174-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:


    1. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 2-iyundagi 01-8B-174-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
    2. Ushbu buyruqda berilgan topshiriqlar ijrosini doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha bo‘limning ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Topshiriqlar ijrosini doimiy nazorat qilib borish hamda bajariladigan ishlar natijasi bo‘yicha har haftada bo‘limning ishchi guruhiga axborot berilishini ta’minlash maqsadida barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida sektorlar kesimida ishchi guruhi tarkibi shakllantirilsin.
    4. Yer kodeksining 831-moddasida yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmasligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
    5. Bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni bilan Yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning ijro etib borilishini tashkillashtirsin.
    6. Barcha umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarini Kadastr agentligining hududiy filiallari ishtirokida xatlovdan o‘tkazishga, kadastr pasportini shakllantirishga, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga, huquqiy hujjati mavjud bo‘lmaganlarini aniqlashga, yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash va ularni muhofaza qilishga, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda bino-inshootlar qurib olinishi va yer uchastkalari talon-toroj qilinishining oldini olishga hamda qonun buzilishi holatlarini aniqlashga mas’ul va shaxsan javobgar etib belgilansin.
    7. Barcha umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga:
    - o‘n kun muddatda o‘z tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va bino inshootlarini Kadastr agentligining hududiy filiallari mas’ul xodimlari ishtirokida xatlovdan o‘tkazib, xatlov dalolatnomasini rasmiylashtirish;
    - Davlat Yer kadastri to‘g‘risidagi Qonunning 13-moddasiga asosan mas’ul shaxslar tasarrufidagi yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning keskin choralarini ko‘rish;
    - davlat arxivlari saqloviga berilgan mahalliy boshqaruv organlarining yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlari va buyruqlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning elektron nusxalarini yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun Kadastr agentligining hududiy filiallariga taqdim etish;
    - tizim tashkilotlarining kadastr ma’lumotlar bazasini tahlil qilib, yer uchastkalari hamda bino-inshootlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tmaganlik holatlarini aniqlash;
    - yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lmagan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish;
    - bino-inshootlari yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan tashkilotlarning kadastr pasportlarini shakillantirish hamda yer uchastkalari va bino-inshootlariga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
    - qo‘shimcha bino qurilgan tashkilotlarning kadastr pasportiga o‘zgartirishlar kiritib, qaytadan shakillantirish hamda yer uchastkalari va bino-inshootlariga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
    - yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash;
    - yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
    - yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini muntazam o‘rganib, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish va yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish;
    - foydalanishga yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish to‘g‘risida Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi qarorini chiqartirish hamda obyektlarning buzilishi natijasida olingan va yaroqli deb topilgan qurilish mollarini balansda saqlovchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olish;
    - o‘n besh kun muddatda amalda foydalanilib kelinayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish masalasini Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritib, hal etish chorasini ko‘rish maqsadida ma’lumotlarning asoslantirilgan hujjatlarini ilova qilgan holda boshqarmaga taqdim etish;
    - o‘n besh kun muddatda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi 543-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, foydalanishdagi yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishi belgilangan ma’muriy reglamentga ko‘ra, boshqarma tizim tashkilotlari amalda foydalanib kelayotgan huquqiy hujjati mavjud bo‘lmagan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish masalasini hal etish maqsadida Vazirlar Kengashi va viloyat hokimligiga buyurtma berish uchun ma’lumotlarni asoslangan hujjatlarini ilova qilgan holda boshqarmaga taqdim etish;
    - yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
    - yerdan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish;
    - o‘n besh kun muddatda o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan xatlov natijalari hamda aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni asoslantirilgan hujjatlarini ilova qilgan holda boshqarmaning ishchi guruhiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
    6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari I.Qo‘shmurodov zimmasiga yuklatilsin
    Bo‘lim boshlig‘i: M.Xujayorov
    Download 47.34 Kb.




    Download 47.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payariq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi tashkilotlarning yer uchastkalari va bino-inshootlari daxlsizligini ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish

    Download 47.34 Kb.