|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 1/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYA
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentliliktarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
O„quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar
elementlari.
A2, A2+
Kommunikativ kompetensiya:
o‗z fikrini og‗zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi,
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‗g‗ri qo‗ya olish va javob beradi;
ijtimoiy moslasha oladi, o‗zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal
qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‗z pozitsiyasini himoya
qila biladi, uniishontira biladi;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‗z ehtiroslarini boshqaradi, muammo va
kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‗lgan qarorlarni qabul qila
oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud tarix faniga oid axborot manbalaridan (internet, televizor, radio
(audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana
oladi;
media vositalardan zarur bo‗lgan axborotlarni izlab topa olish, saralaydi,
qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta‘minlaydi va foydalanishda
mediamadaniyatga rioya qiladi;
ma‘lumotlar bazasini yarata oladi, asosiylarini tanlay oladi va ularni tahlil
qila biladi.
|
| |