|
O„zini o„zi rivojlantirish kompetensiyasi
|
bet | 2/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYA
O„zini o„zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‗z-o‗zini rivojlantirib boradi, jismoniy,
ma‘naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;
o‗z xatti-harakatini adekvat baholaydi, o‗zini nazorat qila biladi,halollik,
to‗g‗rilik kabi sifatlarga ega bo‗ladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‗layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi
va faol ishtirok etadi;
o‗zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy
qadriyatlarga e‘tiqodli bo‗ladi;
badiiy va san‘at asarlarini tushunadi, ta‘sirlana oladi;
orasta kiyinadi, yurish-turishda madaniy me‘yorlarga va sog‗lom turmush
tarziga amal qiladi;
umumbashariy
ahamiyatga
ega
bo‗lgan qadriyatlarni (urf-odatlar,
marosimlar, milliy-madaniy an‘analar va h.k.) biladi, unga hurmat bilan
munosabatda bo‗ladi;
o‗zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‗zgalarning dunyoqarashi,
diniy e‘tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an‘ana va marosimlarini hurmat qiladi;
xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosini avaylab asraydi, ta‘lim
muassasasida va jamiyatda o‗rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo„lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va
qulay shartsharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‗ladi
hamda foydalana oladi.
6. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
|
| |