|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 1/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz
www.sadikov.uz
1-dars Sana:
Mavzu: Jismlarning elektrlanishi
Darsning maqsadi: a)
o'quvchilarda elektr zaryadlari haqida tushuncha hosil qilish;
elektrlanishning ikki turi;
zaryadlangan jismlaming o‘zaro ta’siri;
- jismlarning elektrlanishi haqida Beruniy fikrlari bilan tanishtirish
b)Aqliy tarbiya berish
s)Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsning usuli: suhbat, demonstratsion usul
Darsning materiallari va jihozlari:
8-sinf «Fizika» darsligi.
Shtativga ip orqali osilgan yaltiroq qog'ozdan yasalgan gilzalar.
Mo'yna, shoyivaebonit, shisha, kahrabo tayoqchalari.
Asosiy tushuncha va atamalar:
«elektr» so'zining ma’nosi;
elektrlangan jism;
zaryadlanish;
Dars rejasi:
Tashkiliyqism (3 minut).
Fizikadan 7-sinfda o‘tilgan asosiy fizik hodisalar va tushunchalarni eslatish maqsadida o'quvchilar bilan suhbatlashish (15 minut).
Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
O’quvchilarni baholash(4 minut)
Uyga vazifa berish (1 minut)
|
| |