|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 7/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.
6. Uyga topshiriqlar.Darslikdan mavzuni o‘qib kelish va savollarga javob topish.
4-dars sana: 8-sinf
Mavzu: Zaryadlangan jismlarning o’zaro ta’siri. Kulon qonunlari
Darsning maqsadi:
o'quvchilarga atom tuzilishi haqida tushuncha berish,
zaryad tashuvchi elementar zarralar elektronlar va protonlar haqida ma’lumot berish;
aqliy tarbiya berish, tabiat hodisalariga qiziqish uyg’otish;
ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usuli: suhbat, demonstratsion usul, savol javob
Dars materiallari va jihozlari:
8-sinf «Fizika» darsligi.
Doska, bo‘r va atom tuziiishini ko'rsatuvchi plakat.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
|
| |