|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 15/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 6. Uy vazifalari. Darslikdagi 5- mavzuni o’qish mavzu oxirida keltirilgan masala va savollarga javob topish
7-dars sana: 8-sinf
Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) I bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlash
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.
Masalalar yechish - 25 minut.
O’quvchilarni baholash-5 minut
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida I bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «I bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
|
| |