|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 14/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Elektr maydon
Elektr maydonni bevosita ko'ra olmaymiz, sezmaymiz ham. Zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'sirlashishiga qarab, uning mavjudligini bilamiz. Qo'zg'almas zaryadning yoki zaryadlar to'plamining maydoni elektrostatik maydon deb ataladi.
Elektr maydon kuch chiziqlari
Gorizontal holatdagi oyna ustiga doira shaklidagi musbat zaryadlangan metall plastinkani qo'yamiz. Uning atroftga maydalangan soch tolalarini sepib oynani chertsak, tolalar tartibli joylashib qoladi (darslikdagi 16- a rasm).
Ikkita musbat zaryadlangan metall plastinkani qo'yib oyna chertilsa, 16- b rasmdagidek manzara kuzatiladi.Zaryadlarning biri musbat, ikkinchisi manfty bo'lsa, sochtolalari 16- d rasmdagidek joylashib oladi. O'tkazilgan bu tajribalar, birinchidan, haqiqatan ham, elektr maydon mavjudligini, ikkinchidan, elektr maydon kuch chiziqlariga ega ekanligini ko'rsatadi. Elektr maydon kuch chiziqlari musbat zar- yaddan boshlanib, manfiy zaryadda tugaydi yoki cheksizlikka ketadi. Musbat va manfiy zaryadlangan alohida sharcha-larning hamda o'zaro ta'sirda bo'lgan bir xil ishorali va turli ishorali zaryadlangan sharchalarning elektr maydon kuch chiziqlari 17- rasmda tasvirlangan.
Elektr maydon kuchlanganligi
Elektr maydonni miqdor jihatdan baholash uchun elektr maydon kuchlanganligi deb ataluvchi kattalik kiritilgan va u £ bilan belgilanadi.
Musbat q zaryadli sharcha hosil qilgan elektr maydonning A nuqtasiga musbat q() nuqtaviy zaryadni kiritaylik (18- rasm). U holda q zaryadning A nuqtada hosil qilgan elektr maydon kuchlanganligi quyidagicha ifodalanadi:
E=F/q
Elektr maydon kuchlanganligi nuqtaviy zar¬yadga maydon tomonidan ta'sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbatiga teng. E elektr maydon kuchlanganligining yo'nalishi musbat zaryadga ta'sir etadigan F kuchning yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi. Maydon kuchlanganligining asosiy birligi N/C da ifodalanadi. Ikkita A va B parallel metall plastinkalar turli ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan bo'lsin (19- rasm). Plastinkalar orasidagi elektr maydon kuchlan-ganligi E musbat zaryadli plastinkadan manfiy zaryadli plastinkaga yo'nalgan bo'ladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash
1. Faradeyning elektr maydon to'g'risidagi ta'limoti nimalardan iborat?
2. Elektrostatik maydon deb qanday maydonga aytiladi?
3. 16- rasmda tasvirlangan tajriba jarayoni va uning natijalarini tushuntirib bering.
4. Musbat va manfiy zaryadlangan jismlarda elektr maydon kuch chiziqlari qanday yo'nalgan?
5. 16- a va 17- a, 16- b va 17- b hamda 16- d va 17- d rasmlarni taqqoslang va fikr- mulohazalaringizni ayting.
5.O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsga qatnashishlariga qarab baholanadilar.
|
| |