• O’tilgan mavzularni eslash
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet2/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    Darsningborishi:

    1. Tashkiliy qism.

    0‘quvchilar uchun fizikaning yangi «Elektr» kursi boshlanganligi bois, tashkiliy qismga e’tiborni qaratish kerak. Elektr bo'limi bilan bog'liq elektr dvigatellari, dazmol, ventilator, radicpriyomnik, elektr lampochkalari, batareykalar, telefon, kompyuter va h.k. hamda ulardan foydalanish bo'yicha plakatlami tayyorlab qo'yishdan boshlanadi.



    1. O’tilgan mavzularni eslash: 7- sinf materiali bo’yicha suhbat

    2. Yangi mavzu: Kirish suhbatida «elektr»dan kundalik turmushda foydalanish, har bir elektr asbobining bajaradigan vazifasi hamda elektr eneigiyasiz shu kunda inson faoliyat ko‘rsata olmasligi haqida misollar bilan tushuntiriladi. Bundadarsnidavrasuhbatiorqaliolib b1orilsa, harbiro'quvchiningshaxsan o‘zi uyda, ko'chada va maktabda elektrdan qanday foydalanishi haqida gapixib berishlari so'raladi. AQSHda, Rossiyada (2005-yil may, Moskva) bir yoki bir necha kun elektr enetgiyasi bo'lmasligi oqibatida qanchalik zarar ko‘rilganligi aytiladi.

    Shundan so‘ng tajribalar namoyish qilinadi. Tajribalarni oddiylaridan boshlab ko'rsatilib, oxirida sal murakkablari ko‘rsatiladi. Oddiy tajri­balar darslikdagi 1—5-rasmlarda keltirilgan.
    0‘quvchilarga ham taroq, ruchka kabi buyumlami sochga yoki ro'mol- chaga ishqalab yengil qog‘oz parchalarini tortish xususiyati mavjud bo‘lib qolishiga ishonch hosil qildiriladi.
    Shu tajribalar vositasida ishqalash usuli bilan jismlaming zaryadlanishi va uning ikki turda bo'lishi uqtiriladi.
    Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada musbat, mo‘y- naga ishqalangan kahrabo tayoqchasida manfiy zaryad hosil bo'lishi qabul qilinganligi o'quvchilarga tushuntiriladi.
    Tajribalarda shuningdek, bir xil ishorada zaryadlangan jismlaming o'zaro itarishishi, turli ishorada zaryadlangan jismlaming o'zaro tortishishi ko'rsatiladi.
    Ishqalanish vositasida jismlaming elektrlanishi ba’zi hollarda zararli bo'lishi aytib o‘tiladi. Shunga ko‘ra yengil avtomobillar orqasida rezina lenta shak- lida osilib yerga tegib yuradigan elementi bo'lishi aytib o'tiladi. Zaryadlanib qolgan jismlaming zaryadlanishi davrida uchqun chiqishi va buning natija- sida yong'in kelib chiqishi uqdiriladi. Masalan, benzin shlang orqali quyila- yotganda suyuqlik shlangga ishqalanib zaryadlanadi. Shlangning metall uchi, quyuvchi metall apparatga tekganda, uchqun hosil bo‘lib, yong‘in chiqqan holatlar kuzatilgan. Shunga ko'ra ehtiyot choralari ko'riladi.
    Ishqalanib elektrlanish haqida Beruniy ham o‘z asarlarida yozib qoldiganligi aytib o‘tiladi.Beruniy elektrni (forscha) kahrabo — ya’ni suir.on tortuvchi, yunoncha elektron deb izohlaydi.

    1. Mustahkamlash

    1. Jismlarning elektrlanganligini tajribada qanday payqash mumkin?

    2. “Elektr” so’zi qayerdan kelib chiqqan?

    3. Qanday zaryadlangan jismlar o’zaro itariladi?



    Download 3,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.