Texnologik jarayon tavsifi




Download 2,86 Mb.
bet1/16
Sana08.02.2024
Hajmi2,86 Mb.
#153210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
shaxtani shamollatish


Mundarija


KIRISH…………………………………………………………………………..
Texnologik jarayon tavsifi………………………………………………….
Shaxtadagi havoni kompleks changsizlantirish tadbirlari..
Shaxtani ventilator bilan shamollatish sxemalari va usullari……………………………………………………………………………….
Shaxtada havo sarfini boshqarish……………………………………….
Asosiy ventilyatsiya o’rnatmasini avtomatlashtirish…………..
Asinxron ventilyator tizimi bo'yicha elektr motorining ulanish sxemasi tavsifi………………………………………………………….
Asosiy shamollatishning shaxta shamollatish qurilmalarini nazorat qilish va boshqarish tizimlari…………………………………
Avtomatik boshqaruv vazifalari uchun shaxtalar shamollatish tarmog'ini modellashtirish……………………………
Xulosa……………………………………………………………………………………
Adabiyotlar……………………………………………………………………………

KIRISH

Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har tomonlama tezlashtirish uchun, birinchi navbatda, mamlakatning butun xalq xo‘jaligini yanada yuksaltirishni ta’minlaydigan og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. Og‘ir sanoatning ana BSHnday tarmoqlaridan biri konchilik sanoati hisoblanadi.


Hozirgi vaqtda O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. BSH bilan bir qatorda mamlakatimizda hali sanoat ishlab chiqarishga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral xom ashyo resurslari mavjud.
Hozirgi vaqtda ishlab turgan va yaqin kelajakda ishga tushiriladigan konchilik korxonalari samaradorligini oshirishda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda konlarni ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Chunki konlarni ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli hisoblanadi. Biroq shaxtalarda ishlab chiqarish jarayonlari jadalligi va shaxta chuqurlashish tezligining oshishi natijasida ish joylarida normal aerologik sharoitlarni yaratish muammosi yanada keskinlashmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun ko‘p sonli ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: shaxtalarni sun’iy shamollatish vositalarini yaratish; shaxtalarni tabiiy va sun’iy shamollatishda havo harakati nazariyasini o‘rganish; shaxta atmosferasiga zararli moddalar ajralib chiqishining oldini olish va mashinalar kabinasida mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga to‘la javob beradigan sharoitlarni ta’minlash.
Avtomatik boshqarish sistemalarini tadbiq etish va rivojlantirishning zarurligi o`z ichiga elementar bazani, tahlil va sintezning nazariy masalalarini, loyihalashtirish va talab etilgan ishonchlilikni ta`minlovchi alohida ilmiy – texnik yo`nalishning yaratilishiga sabab bo`ldi. Shu bilan birga bu alohida yo`nalish elektronika, matematika shuningdek fan va texnikaning boshqa bo`limlari bilan uzviy bog’liqdir. Tahlil etilayotgan masalalar eng umumiy bo`lib avtomatik boshqarish va rostlash sistemalarida kechayotgan jarayonlarni yagona nuqtai nazardan xarakteristikalaydi.
Sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish texnik progressning ishlab chiqarish madaniyatining yuksalishiga, mahsulot sifatini oshishiga uskuna unumdorligiga, mahsulotni ishlab chiqarishda xom ashyoning umumiy sarfini,energiya va mehnat sarfini kamaytirishga, atrof muhit himoyasini yaxshilashga, insonni ishlab chiqarishning zararli sharoitlaridan ozod qilishga shu bilan birga qator sotsial, iqtisodiy va texnik ko`rsatgichlarni yaxshilashga qaratilgan asoslaridan biridir.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi asosiy urunishlar boshqaruvchi hisoblash mashinalari va mikroprotsessorlarni qo`llash asosida texnologik jarayonlarni optimallashtiruvchi avtomatik sistemalarini yaratishga qaratilgan.



  1. Download 2,86 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 2,86 Mb.