|
Texnologik jarayon tavsifi
|
bet | 2/16 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #153210 |
Bog'liq shaxtani shamollatishTexnologik jarayon tavsifi.
Atmosfera havosi gaz va bug‘lar aralashmasidan tashkil topgan. Dengiz sathi bo‘yicha atmosfera havosining taxminiy tarkibi quyidagicha (foizlarda): azot — 77; kislorod — 21; argon — 0,9; suv bug‘lari — 1; karbonat angidridi, vodorod va boshqa gazlar — 0,1. Harorat 00C bo‘lib, bosim 101,3 kPa (760 mm simob ustuni) ga teng bo‘lganda havoning normal zichligi 1,29 kg/m3 ni tashkil qiladi.
Shaxta havosi — bu shaxta lahimlariga yer yuzidan kirib keladigan atmosfera havosi bo‘lsada, lahimlardagi kon jinslarining oksidlanishi natijasida ulardan ajralib chiqadigan karbonat angidridi va boshqa zaharli gazlar qo‘shilishi natijasida uning tarkibi o‘zgaradi. BSHningdek, shaxta havosi tarkibida ko‘mir va boshqa jinslar changlari ham mavjud bo‘ladi.
Yerosti kon lahimlaridagi havoning fizikaviy parametrlari o‘zgaradi, BSHnga ko‘ra shaxta havosini 3 qismga bo‘lish mumkin: atmosfera havosi + faol gazlar + o‘lik havo.
Kon lahimlaridan ajralib chiqadigan zaharli va portlovchi gazlar (uglerod oksidi, vodorod sulfidi, oltingugurt gazi, azot dioksidi, metan, vodorod va boshqalar) faol gazlar hisoblanadi.
Xavfsizlik qoidalari (XQ) bo‘yicha odamlar ishlaydigan lahimlardagi havo tarkibida kislorodning miqdori 20% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu miqdor 17% gacha kamayganda odamlarning nafas olishi qiyinlashadi va yurak urishi tezlashadi.
Shaxta havosi tarkibidagi kislorodning kam ayishi kon lahimlaridagi jinslardan ajralib chiqadigan metan, karbonat oksidi va boshqa gazlarning qo‘shilishi tufayli sodir bo‘ladi.
Shaxta havosidagi kislorodning keskin kamayib ketishiga shaxtada sodir bo‘ladigan yong‘inlar, metan va boshqa portlovchi gazlar hamda ko‘mir changining portlashi sabab bo‘ladi.
Shaxtalarda burg‘ilash va portlatish ishlarini olib borish, organik moddalarning chirish, ayrim hollarda ko‘mir qatlami va kon jinslaridan ajralib chiqishi natijasida azot gazi hosil bo‘lib, shaxta havosiga qo‘shiladi.
Shaxta havosi tarkibida CO2 gazi miqdori 3 % ni tashkil qilsa, odamlarning nafas olishi ikki barobar, 5% bo‘lganda uch barobar tezlashadi, 6 % ni tashkil qilsa odam larda nafas q isish i va b o ‘sha sh ish h o la ti sodir b o ‘ladi, 10 % b o ‘lganda hushdan ketish ro‘y beradi, 20 —25% bo‘lganda esa o‘limga olib keladi. Karbonat angidrid gazi havodan og‘ir bo‘lganligi uchun u lahimlarning zaminida yig‘iladi. CO2 shaxtalarda yog‘och, ko‘mir, kon jinslari oksidlanishi natijasida hamda portlatish ishlari, yong‘in, metan va ko‘mir changning portlashi va odamlarning nafas olish tufayli paydo bo‘ladi.
Kompressor gazlari — yuqori haroratda kompressor moylarining parchalanishidan hosil bo‘lib, portlash xavfiga ega bo‘ladi. Kompressor gazlari hosil bo‘lishining oldini olish uchun kompressorlarni moylashda faqat yuqori alangalanish va parchalanish haroratiga ega bo‘lgan mineral moylardan foydalanish tavsiya etiladi. BSH bilan bir qatorda siqilgan havoni transportirovka qilishda moy tutqich qurilma va filtrlardan foydalaniladi. Shaxta havosi zaharliligi va portlovchanligini nazorat qilish uchun kimyoviy gaz aniqlagich qo‘llaniladi.
Shaxta havosi tezligi yer yuzidagi havo tezligi va shaxta harorati rejimi bo‘yicha aniqlanadi. Yer yuzi havo tezligi 2 m/s dan katta bo‘lsa, shaxta havosi tezligi shamol oqimi energiyasi asosida aniqlanadi. Agar yer yuzi havosi tezligi kichik (<2 m/s) bo‘lsa, shaxta havosi tezlik omili bo‘yicha aniqlanadi. Havoning isishi yoki sovishi natijasida hosil bo‘lgan termik kuchlar shaxta havosi tezligini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin.
Shamol tezligi kichikroq bo‘lgan sharoitlarda termik kuchlar shaxtada tezligi 1-1,5 m/s bo‘lgan havo oqimlarini shakllantirishi mumkin. Shaxta havosining harorati yer yuzi havosining harorati bo‘yicha aniqlanadi va uning o‘zgarish qadami sutka hamda yil davomida o‘zgarib turadi (1-rasm).
Shaxta havosi namligining yuqori bo‘lishi shaxtada obyektlarni ko‘rish imkoniyatini kam aytiruvchi tuman hosil bo‘lishiga olib keladi.
2>
|
| |