• 5-rasm. Markaziy shamollatish sxemasi. 6-rasm. Flangli shamollatish sxemasi.
  • -rasm. Ventilatorlarning birgalikda ishlashi




    Download 2,86 Mb.
    bet6/16
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #153210
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    shaxtani shamollatish

    4-rasm. Ventilatorlarning birgalikda ishlashi:
    a - ikkita havo motor ketma-ket ulangan ventilatorlar bilan shamollatish; b - motor-so‘ruvchi ventilatorlar bilan shamollatish; d - ikkita parallel joylashtirilgan so‘ruvchi ventilatorlar bilan shamollatish; e - so‘rish usulida shamollatishning flangli sxemasi; f - haydash usulida shamollatishning flangli sxemasi.

    Shaxtaga toza havo yuboruvchi va ishlatilgan havoni chiqarib yuboruvchi stvollar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha shaxtani shamollatish yagona va seksiyali bo‘lishi mumkin. Shaxtani yagona shamollatish sxemasida havo yuboruvchi stvol barcha shamollatish stvollari bilan bog‘langan bo‘ladi. Shaxta maydonini (seksiyasini) shamollatish sxemasi havo harakatlanishining yo ‘nalishlari bo‘yicha markaziy, flangli va aralash bo‘lishi mumkin (5, 6 va 8-rasmlar).


    Markaziy shamollatish sxemasida stvollar shaxta maydoni (blok) markaziga joylashtiriladi (5-rasm). Bunda toza havo shaxtaga kletli stvoldan kiradi, tayyorlovchi va qazish joylarini yuvib o ‘tib, shamollatish stvolidan chiqib ketadi.
    Markaziy shamollatish sxemasini shaxta maydoniga nisbatan kichik (chiziqli o‘lchami 6 km gacha) va metan bo‘yicha kategoriyasi II gacha bo‘lgan shaxtalarni shamollatishda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.



    5-rasm. Markaziy shamollatish sxemasi.

    6-rasm. Flangli shamollatish sxemasi.

    Flangli shamollatish sxemasida bitta stvol shaxta maydoni markaziga, ikkita stvol yoki BSHrflar esa shaxta maydoni chegaralariga joylashtirilgan bo‘ladi (6-rasm). Bunda havo faqat bir yo‘nalishda markaziy stvoldan flanglar tomon harakatlanadi.


    Flangli shamollatish sxemasi markaziy shamollatish sxemasiga nisbatan ancha takomillashgan bo‘lib, bunda havoning shaxtadan tashqariga chiqib ketishi kam, depressiya turg‘unligi va ventilatorlarning foydali ish koeffitsiyenti (F.I.K) yuqori bo‘ladi.
    Flangli shamollatish sxemasida bir necha bosh shamollatish ventilatorlarining bo‘lishi tufayli ularni nazorat qilish va struyani reversivlash ishlarining qiyinlashishi ushbu sxemaning kamchiligi hisoblanadi. Flangli shamollatish sxemasining o‘z-o‘zidan yonishga moyil, qatlamlarni qazib oladigan metan bo‘yicha III va undan ham yuqori kategoriyali shaxtalarni shamollatish uchun tavsiya etiladi.
    Aralash shamollatish sxemasida markaziy stvolga yaqin joylashgan shaxta maydoni uchastkalari markaziy, maydon chegaralaridagi uchastkalar esa flangli shamollatish sxemalari bo‘yicha shamollatiladi (7-rasm).


    Download 2,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ventilatorlarning birgalikda ishlashi

    Download 2,86 Mb.