|
-rasm. Ventilatorlar bilan lahimlarning parallel ulanishi
|
bet | 9/16 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #153210 |
Bog'liq shaxtani shamollatish10-rasm. Ventilatorlar bilan lahimlarning parallel ulanishi.
Kapital lahimlarni beton bilan mustahkamlash, yog‘och mustahkamlagichlarni metallga yoki yig‘ma temir-betonga almashtirish natijasida koeffitsiyentining qiymati kichiklashdi va uning lahim depressiyasini h ga kamaytirishdagi qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
bu yerda: a0 - depressiya h0 bo‘lgandagi qarshilikning boshlang‘ich koeffitsiyenti.
Agar lahimning S0 kesim yuzasidagi depressiyasini maydonni kengaytirish hisobiga h0 dan h gacha kamaytirish zarur bo‘lsa, kesimning yangi qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Havo pardasi bilan havo struyasi yo‘nalishlarini boshqarishda ikkita lahimning tarmoqlanish joyiga yassi forsunka (3) o‘rnatiladi va u orqali oqimga qarshi yo‘nalishda a = 45-60° burchak ostida havo struyasi haydaladi (11-rasm).
11-rasm. Havo pardasi orqali sarfni boshqarish.
Ikki havo oqimi struyalarining o‘zaro ta’siri natijasida havo pardasi egilib lahimning BD og‘zini yopadi va havoning katta qismini AB lahimiga yo‘naltiradi.
Havo pardasini hosil qilish uchun forsunka bilan qisqa quvur (2) orqali ulangan mahalliy shamollatish ventilatori (1) dan foydalaniladi. Forsunkaning tirqishi 50-100 mm, balandligi lahim balandligiga teng bo‘ladi.
Havo pardalari lahimga shamollatish eshiklarini o‘rnatmaslikka imkon yaratadi va transport xizmatini yengillashtiradi.
Tirqishda chiqariladigan havo miqdori q0 quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda: Qumum - parallel ulangan lahimlarga kiradigan havoning umumiy miqdori, m3/s; B0 - lahim kengligi, m; b0 - tirqish kengligi, m; Q1 va Q2 - mos ravishda, AD va AB lahimlaridan havo pardasi hosil qilinishidan oldin o‘tadigan havo miqdori (12-rasm ), m3/s; a, b, d - lahimga kiritiladigan struyaning burchagiga bog‘liq bo‘lgan doimiy koeffitsiyentlar; d = 45° da a = 0,276, b=2,97 va d=2,41; d=60° da a=0,385, b=2,37, d=2,38; nd - struyaning foydali ta’sir koeffitsiyenti.
bu yerda: Q - yopiladigan lahimdan parda hosil qilingandan so‘ng oqib o‘tadigan havo miqdori, m 3/s.
Quyidagi ifoda orqali olingan qiymatlarni zaxira koeffitsiyenti 1,3 ga ko‘paytiriladi.
Lahimlarga o‘rnatilgan shamollatish eshiklari buzilganda havoning katta qismi qazish joylariga kirmasdan qisqa yo‘l bo‘yicha harakatlanadi. Bunday hodisani «qisqa oqish» deb ataladi.
«Qisqa oqish» shaxta stvoli og‘zini yopish qurilmalarining germetikligi (zichligi) buzilgan bo‘lsa, ventilator bilan atmosfera o‘rtasida ham hosil bo‘lishi mumkin. «Qisqa oqish» shaxtani shamollatishni qiyinlashtiradi. Chunki bunda, birinchidan, qazish joylariga kiradigan havo miqdori keskin kamayadi, ikkinchidan esa, shaxtaning umumiy qarshiligi oshishi bilan ventilator ham oshib ketadi.
|
| |