|
Shaxtani ventilator bilan shamollatish sxemalari va usullari
|
bet | 5/16 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #153210 |
Bog'liq shaxtani shamollatishShaxtani ventilator bilan shamollatish sxemalari va usullari
Bajaradigan vazifalari bo‘yicha ventilatorlar bosh, mahalliy va yordamchi shamollatish ventilatorlari bo‘lishi mumkin. Bosh shamollatish ventilatorlari butunlay shaxtani, blokni yoki qanotni shamollatishga xizmat qiladi; yordamchi ventilatorlar bitta yoki bir necha uchastkalarni, mahalliy ventilatorlar esa o‘tilayotgan kon lahimlari joylarini shamollatishga xizmat qiladi.
3-rasm. Ventilator individual xarakteristikasi (1) va shaxta xarakteristikasi (2).
Shaxtani shamollatish uchun ventilator tipini tanlashda uning ishonchliligi va ekspluatatsiya qilishda tejamkorlik xususiyatlari hisobga olinadi. Ventilator depressiyasi h6 bilan undan o‘tadigan havo miqdori Q6 o‘rtasidagi bog‘liqlik, ventilatsiya tarmog‘ining turli qarshiliklarida ventilator xarakteristikasi deb ataluvchi egri chiziq (1) ko‘rinishiga ega bo‘ladi (3-rasm).
Ventilator individual xarakteristkasi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Ventilator ishchi parraklarning aylanish chastotasi o‘zgarmas bo‘lganda tarmoq qarshiligi o‘zgaradi, unga mos ravishda Q6 va h6 qiymatlari o‘lchanadi va olingan natijalar bo‘yicha ventilator xarakteristikasi quriladi.
Ventilator xarakteristkasi bo‘yicha ventilator bilan shaxtadagi R qarshilikka ega bo‘lgan havo miqdorini aniqlash mumkin.
Buning uchun bitta grafikda, bir xil masshtabda ventilator xarakteristikasi (1) va shaxta xarakteristikasi (2) quriladi.
Xarakteristika egri chiziqlari kesishgan nuqtasi A ventilator unumdorligi va depressiyasini aniqlaydi.
Ko‘pincha shaxtalarni shamollatish bir necha ventilatorlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda ventilatorlar o‘zaro ketma-ket, parallel va kombinatsion usullarda ulangan bo‘lishi mumkin (4-rasm). Ventilatorlarning birgalikda ishlashdagi masalalarni yechish uchun ularning to‘liq xarakteristikasi va bir-biriga ta’sirini bilish kerak. Quyidagi hollarda ventilatorning ketma-ket ishlashi qo‘llanadi:
- ikkita ventilator boshqa-boshqa stvolga joylashtirilib, ularning bittasi havoni haydash, ikkinchisi esa so‘rish usulida ishlaganda;
- yer yuziga o‘rnatilgan bosh ventilator bilan yer ostiga o ‘rnatilgan yordamchi ventilatorlar birgalikda ishlaganda;
- uzun lahimlarning o‘tish vaqtida ularni shamollatish uchun bitta quvurga bir necha ventilatorlar o‘rnatilganda.
Ventilatorlarning birgalikda ishlash masalalarini hal qilish ularning umumiy debiti va depressiyalar yig‘indisini aniqlashdan iborat bo‘lib, masalalar grafik yoki elektrik modellash asosida yechiladi. Bunda, eng avvalo, ventilatorlarning xarakteristikasi yig‘indisi deb ataluvchi umumiy xarakteristika quriladi.
|
| |